{"id":8318,"date":"2025-02-12T17:15:25","date_gmt":"2025-02-12T12:15:25","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8318"},"modified":"2025-02-12T17:15:25","modified_gmt":"2025-02-12T12:15:25","slug":"plenum-qarorlari-konstitutsiyaviy-huquqlarning-amalga-oshirilishiga-xizmat-qiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8318","title":{"rendered":"PLENUM QARORLARI &#8211; KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARNING AMALGA OSHIRILISHIGA XIZMAT QILADI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024 yil 16 dekabrdagi &laquo;O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining iqtisodiy va ma\u2019muriy ishlar bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g\u2018risidagi qarorlariga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish haqida&raquo;gi qarori bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi &laquo;Iqtisodiy ishlar bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qaroriga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu o\u2018zgarishlarga ko\u2018ra ishni ko\u2018rish uchun bir iqtisodiy suddan boshqa iqtisodiy sudga o\u2018tkazishda Iqtisodiy protsessual kodeksning 39-moddasiga asosan, avval to\u2018langan davlat boji va pochta xarajatlari ishni ko\u2018rish yakuni bo\u2018yicha hisobga olinishi lozimligi belgilandi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Iqtisodiy protsessual kodeksning 152-moddasi uchinchi qismi mazmuniga ko\u2018ra, sudga taalluqliligiga ko\u2018ra fuqarolik ishlari bo\u2018yicha suddan yoki ma\u2019muriy suddan da\u2019vo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda davlat bojining kam to\u2018langanligi aniqlansa, sudya da\u2019vo arizasi (ariza) yoki ish materiallari sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay da\u2019vogarni (ariza beruvchini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to\u2018g\u2018risida ajrim bilan xabardor qiladi va unga buning uchun o\u2018n kundan ortiq bo\u2018lmagan muddat beradi. Ushbu ko\u2018rsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sudya da\u2019vo arizasi (ariza) va unga ilova qilingan hujjatlarni Iqtisodiy protsessual kodeksining 155-moddasi birinchi qismi 1<sup>1<\/sup>-bandiga asoslanib qaytaradi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Bundan tashqari, &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonunning 17-moddasi sakkizinchi qismi mazmuniga ko\u2018ra, agar mulkiy nizo bo\u2018yicha sudga da\u2019vo arizasi berilganda, da\u2019vo bahosi chet el valyutasida belgilangan bo\u2018lsa, davlat bojining miqdori da\u2019vo arizasi berilgan sanada O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo\u2018yicha milliy valyutada belgilanishi va undirilishiga qaratilishi belgilandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, da\u2019vogar tomonidan da\u2019vo talablari kamaytirilgan taqdirda, davlat boji qayta hisoblab chiqilmasligi va to\u2018langan davlat boji qaytarilmasligi belgilandi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Neustoyka miqdori iqtisodiy sud tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga asosan kamaytirilganda, da\u2019vogarning davlat boji bo\u2018yicha xarajatlari, neustoykani kamaytirmasdan undirilishi lozim bo\u2018lgan summadan kelib chiqqan holda javobgar tomonidan qoplanishi, agar da\u2019vogar davlat bojini to\u2018lashdan ozod etilgan bo\u2018lsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini to\u2018lashdan ozod etilmagan bo\u2018lsa) yuqorida belgilangan miqdorda davlat daromadiga undirilishi ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Shuningdek, iqtisodiy sudga murojaat qilishda kichik tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to\u2018langan bo\u2018lib, da\u2019vo talablari qanoatlantirilganda, agar javobgar davlat bojini to\u2018lashdan ozod etilmagan bo\u2018lsa, ishni ko\u2018rish natijasi bo\u2018yicha undan undiriladigan davlat bojining miqdori da\u2019vogar tomonidan to\u2018langan summa bilan cheklanishi, davlat bojini to\u2018lashdan ozod etilgan davlat tashkilotlari va boshqa shaxslar tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko\u2018zlab taqdim etilgan da\u2019vo talablari qanoatlantirilgan yoki qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda davlat bojining taraflardan umumiy asoslarda undirilishi belgilandi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Bundan tashqari, agar iqtisodiy sudga murojaat qilishda kichik tadbirkorlik subyektiga davlat bojini to\u2018lashni kechiktirish yoki bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash huquqi berilgan bo\u2018lsa, davlat boji ishni ko\u2018rish natijasi bo\u2018yicha tegishli tarafdan qonunda belgilangan stavkada undirilishi belgilandi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Mulk huquqi, mol-mulkni talab qilib olish bilan bog\u2018liq nizolar bo\u2018yicha mol-mulkning qiymati aniq bo\u2018lmagan taqdirda sud ishni ko\u2018rish davomida davlat bojining to\u2018g\u2018ri undirilishini ta\u2019minlash maqsadida mavjud hujjatlar asosida mol-mulkning qiymatini aniqlash choralarini ko\u2018rishi, agar mavjud hujjatlar asosida mol-mulkning qiymatini aniqlash imkoniyati bo\u2018lmasa, uni aniqlash sudning ajrimiga asosan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshirilishi va baholash xarajatlari da\u2019vogarga yuklatilishi belgilandi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi &laquo;Fermer, dehqon xo\u2018jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo\u2018yicha tashkiliy chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qarori 3-bandining to\u2018rtinchi xatboshisida fermer, dehqon xo\u2018jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga fermer, dehqon xo\u2018jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko\u2018zlab sudga davlat boji to\u2018lamasdan da\u2019vo arizalari, davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar berish huquqi berilgan bo\u2018lib, unda da\u2019vo arizasini qanoatlantirmasdan qoldirilganda manfaatini ko\u2018zlab da\u2019vo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xo\u2018jaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmasligi ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>Yuqoridagi Plenum qarori bilan ushbu qoida da\u2019vo arizasi ko\u2018rmasdan qoldirilgan yoki ish yurituvidan qisqartirilgan holatda ham qo\u2018llanilishi lozimligi belgilandi. Shulardan kelib chiqib, Plenum qaroriga kiritilgan qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar jismoniy va yuridik shaxslarning sudga murojaat qilish tarzidagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong><b>Zulfiya HASANOVA,<\/b><\/strong><\/p>\n<p><strong><b>Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi<\/b><\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; &nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024 yil 16 dekabrdagi &laquo;O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining iqtisodiy va ma\u2019muriy ishlar bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g\u2018risidagi qarorlariga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish haqida&raquo;gi qarori bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi &laquo;Iqtisodiy ishlar bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qaroriga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8108,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8318","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8318","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8318"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8318\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8320,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8318\/revisions\/8320"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8108"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8318"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8318"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8318"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}