{"id":8309,"date":"2025-02-10T15:51:26","date_gmt":"2025-02-10T10:51:26","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8309"},"modified":"2025-02-21T17:26:49","modified_gmt":"2025-02-21T12:26:49","slug":"kelishuv-bitimi-va-mediativ-bitimning-xususiyatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8309","title":{"rendered":"KELISHUV BITIMI VA MEDIATIV BITIMNING XUSUSIYATLARI  \u00a0"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo\u2018lida, nizolarni o\u2018zaro muzokaralar yo\u2018li bilan hal etish orqali sudlarda ish hajmini optimallashtirishda kelishuv bitimi va mediativ kelishuv institutlari muhim ahamiyatga ega.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy xo\u2018jalik sudi Plenumining 2009 yil 18 dekabrdagi &laquo;Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo\u2018llanilishiga oid ayrim masalalar to\u2018g\u2018risida&raquo;gi 204-sonli qarorining 2-bandida berilgan tushuntirishga ko\u2018ra, kelishuv bitimi deganda o\u2018zaro murosaga asoslangan, da\u2019vo talabi (talablari) ga oid aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal etish to\u2018g\u2018risidagi taraflarning yozma kelishuvlari tushuniladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&laquo;Mediatsiya to\u2018g\u2018risida&raquo;gi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, mediatsiya &#8211; yuzaga kelgan nizoni taraflar o\u2018zaro maqbul yechimga erishishi uchun ularning ixtiyoriy kelishuviga asosan mediator yordamida hal etish usulidir. Mediativ kelishuv esa mediatsiyani qo\u2018llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ularning umumiy jihati shundaki, ikkalasida ham nizolarni muzokaralar va kelishuv yo\u2018li bilan hal etishga qaratilgan nizolarni hal etishning muqobil usuli hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 131-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da\u2019vo tartibidagi har qanday ish bo\u2018yicha tuzilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ularning farqli jihatlari shundaki, kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning istalgan bosqichida (hatto, ishlarni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida ko\u2018rish bosqichlarida ham) va sud hujjatini ijro etish jarayonida ham tuzilishi mumkin, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud maslahatxonaga sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi, ya\u2019ni sudning kelishuv bitimini tasdiqlash to\u2018g\u2018risidagi ajrimi chiqarilishi bilan tuzilgan hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mediativ kelishuvni esa sud tomonidan tasdiqlash talab etilmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi ish yuritishni tugatishga asos bo\u2018ladi, shu sababli ayni bir shaxslar o\u2018rtasidagi, ayni bir predmet va asoslar bo\u2018yicha sudga takroran da\u2019vo arizasi bilan murojaat qilishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Taraflar o\u2018rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo\u2018lsa, da\u2019vo arizasi ko\u2018rmasdan qoldiriladi, bunday holda aynan bir shaxslar o\u2018rtasidagi, aynan bir predmet va asoslar bo\u2018yicha da\u2019vogar sudga da\u2019vo arizasi bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga to\u2018sqinlik qilmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tomonlar o\u2018rtasida tuzilgan bitim bo\u2018yicha kelishilgan majburiyatlarni bajarmaslik huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, kelishuv bitimida majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari ko\u2018rsatilishi kerak, shuningdek, kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo\u2018lib-bo\u2018lib ijro etish to\u2018g\u2018risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish to\u2018g\u2018risidagi, qarzdan (neustoykadan) to\u2018liq yoki qisman voz kechish yoki qarzni tan olish to\u2018g\u2018risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash to\u2018g\u2018risidagi va qonunga zid bo\u2018lmagan boshqa shartlar ko\u2018rsatilishi mumkin. Kelishuv bitimining unda belgilangan tartib va muddatlarda bajarilmasligi sud tomonidan manfaatdor tarafning arizasi bo\u2018yicha ijro varaqasi berish uchun asos bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mediativ kelishuvda esa, taraflar muayyan majburiyatlarni bajarish to\u2018g\u2018risida kelishgan bo\u2018lsalar da, kelishilgan shartni bajarmaslik huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Shunga ko\u2018ra, mediativ kelishuv shartlari bajarilmagan taqdirda, taraflar takroran sudga murojaat qilishga haqli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Taraflar o\u2018rtasida mediativ kelishuv tuzilib, da\u2019vo arizasi ko\u2018rmasdan qoldirilgan taqdirda, da\u2019vo arizasi taqdim etilganda oldindan to\u2018langan davlat boji da\u2019vogarga qaytariladi, agar da\u2019vo arizasi berishda davlat bojidan ozod qilingan, davlat bojini to\u2018lash kechiktirilgan bo\u2018lsa taraflardan davlat boji undirilmaydi. (&laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuni, 18-modda).<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yuqorida qayd etilgan Plenum qarorining 17, 18 va 19-bandlariga ko\u2018ra, kelishuv bitimini tasdiqlash to\u2018g\u2018risidagi sud ajrimining xulosa qismida uning barcha shartlari bayon etilishi lozim. Bunda taraflarning sud xarajatlarini taqsimlash bo\u2018yicha kelishuvning mavjud emasligi kelishuv bitimini tasdiqlashni rad qilishga asos bo\u2018lmasligini inobatga olishi lozim. Bunday holatda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasi sud tomonidan IPKning 118-moddasi qoidalari asosida hal qilinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kelishuv bitimini tasdiqlash va ish yuritishni tugatish to\u2018g\u2018risidagi sud hujjati ustidan Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan umumiy tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar kelishuv bitimi tarafi kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin kelishuv bitimi shartlarini qayta ko\u2018rib chiqishga va (yoki) kelishuv bitimini bajarishni rad etishga qaratilgan da\u2019vo bilan murojaat qilsa, sud bunday talablarni qanoatlantirshni rad qiladi.<\/p>\n<p>Agar sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimini taraflar o\u2018zaro bekor qilib yoki uning shartlarini o\u2018zgartirib, sudga tasdiqlash uchun yangi tahrirdagi kelishuv bitimini taqdim etsa, sud bunday arizani qanoatlantirishni rad qilish to\u2018g\u2018risida ajrim chiqaradi va bunday ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Har qanday kelishuv bitimining sudga taqdim etilishi u sud tomonidan tasdiqlanadi degani emas. Chunki, Iqtisodiy protsessual kodeksning 134-moddasiga muvofiq, sud kelishuv bitimi uning shartlari qonunchilikka zid bo\u2018lsa, uning shartlari uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxldor bo\u2018lsa, u shart asosida tuzilgan bo\u2018lsa tasdiqlashni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Masalan, Iqtisodiy protsessual kodeksining 221-moddasi to\u2018rtinchi qismiga muvofiq, huquqiy ta\u2019sir chorasini qo\u2018llash to\u2018g\u2018risidagi ishlar bo\u2018yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksining 203-9 (prim)-moddasi oltinchi qismiga muvofiq, o\u2018zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo\u2018lgan yer uchastkasini qaytarish, o\u2018zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzish to\u2018g\u2018risidagi ishlar bo\u2018yicha kelishuv bitim yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kelishuv bitimini tasdiqlash masalasida kelishuv bitimi tarafi aksiyadorlik jamiyati yoki mas\u2019uliyati cheklangan jamiyati bo\u2018lsa, ushbu bitim yirik bitim talablariga javob berish bermasligi &laquo;Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi, &laquo;Mas\u2019uliyati cheklangan va qo\u2018shimcha mas&#8217;uliyatli jamiyatlar to\u2018g\u2018risida&raquo;gi O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilganligi, shuningdek kelishuv bitimlarini tasdiqlashda kelishuv bitimi ko\u2018char yoki ko\u2018chmas mulkni berish to\u2018g\u2018risidagi shartni o\u2018z ichiga olgan bo\u2018lsa, ushbu mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari mavjudligi, ya\u2019ni xatlanganligi, garovga qo\u2018yilganligi kabi holatlar tekshirilishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kelishuv bitimini tuzish, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to\u2018g\u2018risida kelishuv yoki mediativ kelishuvni tuzishda yana bir e\u2019tibor qaratilishi lozim bo\u2018lgan jihat u mazkur kelishuv va bitimlarni imzolayotgan shaxslarning Iqtisodiy protsessual kodeksining 63-moddasida belgilanganidek vakolatlari mavjudligiga e\u2019tibor qaratilishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, mediativ kelishuv orqali da\u2019vodan voz kechilmasligiga, mediativ kelishuv tuzish uchun mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to\u2018g\u2018risida kelishuvning mavjud bo\u2018lishi lozimligiga, mediativ kelishuv faksimil imzo bilan imzolanishi mumkin emasligiga e\u2019tibor qaratilishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Endi, iqtisodiy sudlarda ishlarning mediativ kelishuvlar tuzilishi bilan da\u2019vo arizalarining ko\u2018rmasdan qoldirilishi bo\u2018yicha sud statistikasiga to\u2018xtalib o\u2018tsak.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan 2023 yil davomida &#8211; 132 ta, 2024 yilda &#8211; 70 ta, 2025 yilning 1 oyi davomida 3 ta ish bo\u2018yicha taraflar mediativ kelishuvga kelganligi sababli da\u2019vo arizalar ko\u2018rmasdan qoldirildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan, Nukus tumanlararo iqtisodiy sudida &#8211; 98 ta ish bo\u2018yicha 42,8 milliard so\u2018mlik, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudida &#8211; 58 ta ish bo\u2018yicha 179,7 milliard so\u2018mlik, Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudida &#8211; 13 ta ish bo\u2018yicha 122,9 milliard so\u2018mlik, Qo\u2018ng\u2018irot tumanlararo iqtisodiy sudida &#8211; 36 ta ish bo\u2018yicha 31,7 million so\u2018mlik da\u2019vo talablari yuzasidan mediativ kelishuvlar tuzilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu ishlarning toifalari bo\u2018yicha tahlil qilinganda 71 ta ish (34,6 foizi) kredit shartnomasi, 30 ta ish (14,6 foizi) pudrat shartnomasi, 29 ta ish (14,1 foizi) mahsulot yetkazib berish shartnomasi, 15 ta ish (7,3 foizi) kontraktatsiya shartnomasi, shuningdek oldi-sotdi, lizing, fyuchers, haq evaziga xizmat ko\u2018rsatish, ijara, kommunal, qarz, sug\u2018urta, yuk tashish va boshqa shartnomalar bo\u2018yicha kelib chiqqan da\u2019volarga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, kelishuv bitimi va mediativ kelishuv institutlari taraflarga o\u2018zaro kelishuv, muzokaralar yo\u2018li bilan yuzaga kelgan nizoli masalalarni hal etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Spartak NIYAZOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi raisi<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo\u2018lida, nizolarni o\u2018zaro muzokaralar yo\u2018li bilan hal etish orqali sudlarda ish hajmini optimallashtirishda kelishuv bitimi va mediativ kelishuv institutlari muhim ahamiyatga ega. &nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy xo\u2018jalik sudi Plenumining 2009 yil 18 dekabrdagi &laquo;Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo\u2018llanilishiga oid [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8310,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8309","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8309","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8309"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8309\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8393,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8309\/revisions\/8393"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8310"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8309"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8309"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8309"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}