{"id":8259,"date":"2025-02-03T16:20:47","date_gmt":"2025-02-03T11:20:47","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8259"},"modified":"2025-02-03T16:20:47","modified_gmt":"2025-02-03T11:20:47","slug":"ozbekiston-respublikasi-oliy-sudi-plenumi-qarorining-mazmuni-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8259","title":{"rendered":"O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMI QARORINING MAZMUNI HAQIDA \u00a0"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud harajatlari davlat boji va ishni ko\u2018rish bilan bog&#8217;liq chiqimlardan iborat.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonunining \u00a03-moddasiga muvofiq, davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to\u2018lov hisoblanadi.<\/p>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha davlat bojini undirish bilan bog&#8217;liq masalalar \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonun, ushbu Qonun bilan tasdiqlangan \u00abDavlat boji stavkalarining miqdorlari\u00bb va O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining \u00a013-bobiga muvofiq tartibga solinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonuniga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, sudlar tomonidan qonun normalarini bir xilda va to\u2018g&#8217;ri qo\u2018llanilishini ta&#8217;minlash, fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, \u00a0O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 2024 yil 16 dekabrdagi 37-son qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu Plenum qarorida fuqarolik ishlari bo\u2018yicha davlat boji qanday arizalardan undirilishi aniq belgilab ko\u2018rsatib o\u2018tildi, ya\u2019ni:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>sudlarga beriladigan da&#8217;vo arizalardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sud buyrug&#8217;ini berish to\u2018g&#8217;risidagi arizalardan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to\u2018g&#8217;risidagi arizalardan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>4) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma&#8217;muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan da&#8217;vo arizalaridan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlaridan:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>a) sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>b) ish yuritishni tugatish to\u2018g&#8217;risidagi, da&#8217;voni ko\u2018rmasdan qoldirish to\u2018g&#8217;risidagi, sud jarimalarini solish to\u2018g&#8217;risidagi ajrimlar ustidan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>v) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar bo\u2018yicha ajrimlar ustidan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>g) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to\u2018g&#8217;risidagi arizalar bo\u2018yicha ajrimlar ustidan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>d) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to\u2018g&#8217;risidagi arizalar bo\u2018yicha ajrimlar ustidan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>hujjatlarning dublikatlarini va ko\u2018chirma nusxalarini (shu jumladan, takroriy ravishda beriladigan sud hujjatlarining ko\u2018chirma nusxalarini) berganlik uchun.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, \u00a0Plenum qarorida FPKning 396, 416 va 41927-moddalariga asosan apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudlari sud hujjatlarini to\u2018liq hajmda tekshirib chiqishi shartligidan kelib chiqib, sud qarorlarining sud xarajatlari qismidan norozi bo\u2018lib berilgan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari bo\u2018yicha davlat boji umumiy asoslarda to\u2018lanadi, davlat boji bilan bog&#8217;liq masalalar bo\u2018yicha chiqarilgan ajrimlarga nisbatan berilgan xususiy shikoyatlar bundan mustasnoligi haqida tushuntirish berilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qoidaga ko\u2018ra, davlat boji va pochta xarajati ariza, da&#8217;vo arizasi, shikoyat (bundan buyon \u2014 ariza) sudga berilgunga qadar to\u2018lanadi, qonun bilan davlat boji to\u2018lovi bo\u2018yicha boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno (masalan, arizachi qonun bilan davlat bojini to\u2018lashdan ozod qilingan, sud tomonidan davlat boji to\u2018lovi kechiktirilgan yoki bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash belgilangan hollar).<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat boji to\u2018langanligi fakti:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>bank tomonidan to\u2018lovchiga berilgan belgilangan shakldagi to\u2018lov hujjati (kvitantsiya, to\u2018lov topshiriqnomasi va boshqalar);<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>belgilangan shaklda to\u2018lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan to\u2018lovchiga berilgan to\u2018lov hujjati;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>elektron to\u2018lov tizimidan olingan ma&#8217;lumotlar bilan tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonunning 19-moddasiga ko\u2018ra, davlat boji quyidagi hollarda umumiy asoslarda undiriladi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>qarshi da&#8217;vo arizalardan;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da&#8217;vo talablar bilan kirishganligi to\u2018g&#8217;risidagi arizalardan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ishga kirishgan da&#8217;vogarning huquqiy vorisidan davlat boji, agar u da&#8217;vogar tomonidan to\u2018lanmagan bo\u2018lsa, umumiy asoslarda undiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bunda \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonun 7-moddasining ikkinchi qismi va 8-moddasi qoidalari inobatga olinishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Plenum qaroriga ko\u2018ra, sudga ariza davlat boji to\u2018lovisiz kelib tushganda, sudya arizachi qonun bilan uni to\u2018lashdan ozod qilingan-qilinmaganligini tekshirishi shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha davlat boji to\u2018lashdan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar ro\u2018yxati \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonun \u00a0\u00a0\u00a08-moddasining birinchi qismida belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bunda \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonunning 7-moddasiga ko\u2018ra, \u00a0\u00a0\u00a02020 yil 1 yanvarga qadar qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan davlat bojini to\u2018lashdan ozod qilish ushbu hujjatlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchda qolishi inobatga olinishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar arizachi qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga ko\u2018ra davlat bojini to\u2018lashdan ozod qilinmagan va arizada uni to\u2018lashni kechiktirish, kamaytirish, bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash haqida iltimosnoma mavjud bo\u2018lmasa, shuningdek pochta xarajatlari to\u2018lanmagan bo\u2018lsa, sudya arizani qaytarish haqida ajrim chiqaradi (FPK 195-moddasi birinchi qismining 7-bandi). Ajrimda to\u2018lanishi lozim bo\u2018lgan davlat boji, pochta xarajatlari summasi ko\u2018rsatilishi va ushbu kamchilik bartaraf qilinganidan so\u2018ng takroran murojaat qilish imkoniyati mavjudligi tushuntirilishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>\u00a0Zulfiya\u00a0BABADJANOVA,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi\u00a0sudining sudyasi \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Ma&#8217;lumki, fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud harajatlari davlat boji va ishni ko\u2018rish bilan bog&#8217;liq chiqimlardan iborat. &nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi \u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonunining \u00a03-moddasiga muvofiq, davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to\u2018lov hisoblanadi. Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8260,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8259","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8259","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8259"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8259\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8261,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8259\/revisions\/8261"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8260"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8259"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8259"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8259"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}