{"id":8247,"date":"2025-02-03T11:58:47","date_gmt":"2025-02-03T06:58:47","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8247"},"modified":"2025-02-03T11:59:34","modified_gmt":"2025-02-03T06:59:34","slug":"ozbekiston-respublikasi-iqtisodiy-protsessual-kodeksining-kelishuv-bitimi-va-mediativ-kelishuvning-farqli-jihatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8247","title":{"rendered":"O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY PROTSESSUAL KODEKSINING KELISHUV BITIMI VA MEDIATIV KELISHUVNING FARQLI JIHATLARI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Kelishuv bitimi &#8211; o\u2018zaro kelishishga asoslangan va va nizoni hal qilish yuzasidan taraflarning yozma kelishuvi tushuniladi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Mediatsiya \u2013 kelib chiqqan nizoni taraflar o\u2018zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko\u2018magida hal qilish usulidir.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Mediativ kelishuv \u2013 mediatsiyani qo\u2018llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv hisoblanadi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo\u2018lida, nizolarni o\u2018zaro tinch (diplomatik) yo\u2018l bilan hal qilish orqali sudlarda ish hajmini maqbullashtirishda kelishuv bitimi va mediativ kelishuv institutlari muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy xo\u2018jalik sudi Plenumining 2009 yil 18 dekabrdagi \u201cIqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo\u2018llanilishiga oid ayrim masalalar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi 204-son qarori 2-bandida berilgan tushuntirishga ko\u2018ra, kelishuv bitimi deganda, o\u2018zaro kelishishga asoslangan, da&#8217;vo talabi (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal qilish to\u2018g&#8217;risidagi taraflarning yozma kelishuvi tushuniladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cMediatsiya to\u2018g&#8217;risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasining Qonuni 4-moddasiga ko\u2018ra, mediatsiya \u2014 kelib chiqqan nizoni taraflar o\u2018zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko\u2018magida hal qilish usulidir. Mediativ kelishuv esa \u2014 mediatsiyani qo\u2018llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ularning umumiy jihati shundaki, ikkisi ham nizolarni tinchlik va murosa (diplomatik) yo\u2018l bilan hal qilishga qaratilgan nizolarni muqobil hal qilish usulidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 131-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da&#8217;vo tartibidagi har qanday ish bo\u2018yicha tuzilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farqli jihatlari shundaki, kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida (hattoki, ishlarni apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasida ko\u2018rish bosqichlarida ham) va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instantsiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>ikkinchidan, kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi, mediativ kelishuvni esa tasdiqlash talab etilmaydi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>uchinchidan, sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi ish yuritishni tugatishga asos bo\u2018ladi, shu sababli ayni bir shaxslar o\u2018rtasidagi, ayni bir predmet to\u2018g&#8217;risidagi va ayni bir asoslar bo\u2018yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Taraflar o\u2018rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo\u2018lsa, da&#8217;vo arizasi ko\u2018rmasdan qoldiriladi, bunday holatda da&#8217;vogar sudga da&#8217;vo arizasi bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>to\u2018rtinchidan, taraflar o\u2018rtasida kelishuv bitimi bo\u2018yicha shartlashilgan majburiyatlarni bajarmaslik huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, kelishuv bitimida majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari ko\u2018rsatilishi kerak, shuningdek kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo\u2018lib-bo\u2018lib ijro etish to\u2018g&#8217;risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan (neustoyka)dan to\u2018liq yoki qisman voz kechish yoxud qarzni tan olish to\u2018g&#8217;risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid bo\u2018lmagan boshqa shartlar ko\u2018rsatilishi mumkin. Kelishuv bitimining unda belgilangan tartib va muddatlarda ijro etilmasligi sud tomonidan manfaatdor tarafning arizasi bo\u2018yicha ijro varaqasi berish uchun asos bo\u2018ladi. Mediativ kelishuvda esa, garchi taraflar ma&#8217;lum majburiyatlarni bajarish haqida kelishgan bo\u2018lsalar-da, hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Shunga ko\u2018ra, mediativ kelishuv shartlari bajarilmagan taqdirda, taraflar takroran sudga murojaat etishga haqli;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>beshinchidan, agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud bo\u2018lmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog&#8217;ida, umumiy tartibda hal etadi. Taraflar o\u2018rtasida mediativ kelishuv tuzilib, da&#8217;vo arizasi ko\u2018rmasdan qoldirilgan taqdirda esa, da&#8217;vo arizasi taqdim etishda oldindan to\u2018langan davlat boji da&#8217;vogarga qaytariladi (\u201cDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasining Qonuni, 18-modda).<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Taraflar iqtisodiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to\u2018liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy xo\u2018jalik sudi Plenumining 2009 yil 18 dekabrdagi \u201cIqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo\u2018llanilishiga oid ayrim masalalar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi 204-son qarori 17,18 va 19-bandlarida kelishuv bitimini tasdiqlash to\u2018g&#8217;risidagi sud ajrimining xulosa qismida uning barcha shartlari bayon etilishi lozim. Bunda taraflarning sud xarajatlarini taqsimlash bo\u2018yicha kelishuvning mavjud emasligi kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etishga asos bo\u2018lmasligini inobatga olishi kerak. Bunday holda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasini sud Iqtisodiy protsessual kodeksi 118-moddasining qoidalari asosida hal qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kelishuv bitimini tasdiqlash va ish yuritishni tugatish to\u2018g&#8217;risidagi sud hujjati ustidan Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan umumiy tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar kelishuv bitimining tarafi, kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangandan so\u2018ng kelishuv bitimi shartlarini qayta ko\u2018rib chiqishga va (yoki) kelishuv bitimini ijro etishdan bosh tortishga qaratilgan da&#8217;vo bilan murojaat qilsa, sud Iqtisodiy protsessual kodeksi 173-moddasining ikkinchi qismini qo\u2018llab, bunday talablarni qanoatlantirishni rad etishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimini taraflar o\u2018zaro bekor qilib yoki uni shartlarini o\u2018zgartirib, sudga yangi tahrirdagi kelishuv bitimini tasdiqlash uchun taqdim etsa, sud bunday arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi va bunday ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Muxtasar qilib aytganda, kelishuv bitimi va mediativ kelishuv institutlari taraflarga o\u2018rtalarida yuzaga kelgan nizoli masalalarni o\u2018zaro kelishuv, diplomatik yo\u2018l bilan hal qilish usullari bo\u2018lib, alal oqibat nizoli vaziyatning murosai-madora yo\u2018li bilan barham topilishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Bayrambek BEKMURATOV,<\/strong><br \/>\n<strong>Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Kelishuv bitimi &#8211; o\u2018zaro kelishishga asoslangan va va nizoni hal qilish yuzasidan taraflarning yozma kelishuvi tushuniladi. &nbsp; Mediatsiya \u2013 kelib chiqqan nizoni taraflar o\u2018zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko\u2018magida hal qilish usulidir. &nbsp; Mediativ kelishuv \u2013 mediatsiyani qo\u2018llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv hisoblanadi. &nbsp; Jismoniy va yuridik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8108,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8247","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8247","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8247"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8247\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8249,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8247\/revisions\/8249"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8108"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8247"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8247"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8247"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}