{"id":8201,"date":"2025-01-22T15:46:15","date_gmt":"2025-01-22T10:46:15","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8201"},"modified":"2025-01-22T15:48:29","modified_gmt":"2025-01-22T10:48:29","slug":"tergov-sudyasi-instituti-va-uning-ozbekiston-respublikasi-sud-tizimida-joriy-etilishiga-oid-masalalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8201","title":{"rendered":"TERGOV SUDYASI INSTITUTI VA UNING O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUD TIZIMIDA JORIY ETILISHIGA OID MASALALAR"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, shubhasiz sud-tergov faoliyatini isloh qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, sud-tergov amaliyoti inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha samarali mexanizmlar to\u2018liq ishga solinmaganligi, shuningdek, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta&#8217;minlash choralarini kuchaytirish zarurati mavjudligini ko\u2018rsatmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu sohadagi islohotlarga zarurat 2023 yil 30 aprelda qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi normalariga ham borib taqaladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 27-moddasida:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emasligi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko\u2018ra yo\u2018l qo\u2018yilishi, shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi kabi normalar belgilandi. Demak, Bosh qomusimizdagi ushbu normalarni hayotga to\u2018liq joriy etish uchun bizga yangi islohotlarni o\u2018tkazish hayotiy zaruratdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2024 yilning 10 iyun kuni imzolangan \u201cTezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Prezident Farmoni sudlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflikni ta&#8217;minlash bilan bir qatorda, fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Ushbu farmonga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan jinoyat ishlari bo\u2018yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudya lavozimi kiritildi. Ularga jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish va ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to\u2018g&#8217;risidagi ishlarni ko\u2018rib chiqish vakolati berildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xo\u2018sh, tergov sudyasi qanday lavozim? Qaysi vazifalarni bajaradi? Ushbu savollarga javob topish uchun bir qator huquqshunos olimlarning bu boradagi fikrlariga murojaat etamiz. Xususan, B.Mo\u2018minov tergov sudyasiga quyidagicha ta&#8217;rif bergan: \u201ctergov sudyasi \u2013 ishni sudga qadar yuritish bosqichida, ishni sudga qadar yuritish uchun mas\u2019ul organlarning iltimosnomalari va manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini ko\u2018rib chiqish va hal qilish orqali shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari ta&#8217;minlanishi ustidan sud nazoratini amalga oshirishga vakolatli sudyadir\u201d .<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>S.Adilovga ko\u2018ra, tergov sudyasi ishni sudga qadar yuritish jarayonida kelib chiqadigan masalalar yuzasidan xolis va mustaqil hakam bo\u2018lishi mumkinligini, chunki u keyingi sud instantsiyalarida odil sudlovni amalga oshirishdan chetlatilgan bo\u2018lishini e\u2019tirof etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>D.Chorieva o\u2018z maqolasida ushbu institutning mazmun-mohiyatiga to\u2018xtalib, \u201ctergov sudyasi \u2013 jinoyat ishlarini yuritishning sudga qadar bo\u2018lgan bosqichlarida faoliyat olib boruvchi, ayblov va himoya tarafining harakatlarini muvofiqlashtirib va nazorat qilib turuvchi hamda ularning o\u2018z huquq va vakolatlarini amalga oshirishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratib beruvchi mas\u2019ul mansabdor shaxs hisoblanishi\u201d ni ta&#8217;kidlagan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qo\u2018shni Qozog&#8217;iston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 54-moddasiga ko\u2018ra, tergov sudyasi \u2013 bu jinoiy sudlovda shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari ta&#8217;minlanishi ustidan ushbu kodeksda belgilangan tartibda sud nazoratini amalga oshirishga vakolatli birinchi instantsiya sudining sudyasidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yuqorida keltirilgan ta&#8217;riflardan tergov sudyasi lavozimi haqida tushunchaga ega bo\u2018ldik. Endi mazkur institutning tarixiga qisqacha nazar tashlashga harakat qilamiz. Mavjud ma&#8217;lumotlarga ko\u2018ra, tergov sudyasi instituti ayniqsa Frantsiyada o\u2018z tarixiy ildizlariga ega. Mazkur institut haqidagi XIV-XV asrlardagi dastlabki eslatmalar ushbu mamlakatga borib taqaladi. Institut normativ hujjatlarda ilk bor 1808 yildagi Napoleon jinoyat-tergov kodeksida aks ettirilgan. Rossiyada 1860 yildan \u201csud tergovchilari\u201d nomi bilan tanila boshlagan. Ularning paydo bo\u2018lishi bilan tergov funktsiyasi politsiya va prokurorlik faoliyatidan ajratilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu institut xorijiy mamlakatlarda, jumladan 2002 yilda Litvada , 2003 yilda Moldaviya va Estoniyada, 2005 yilda Latviyada, 2013 yilda Ukrainada, 2015 yilda esa Qozog&#8217;iston, Gruziya va Qirg&#8217;izistonda joriy etilgan. Bundan tashqari, Belgiya, Gretsiya, Iroq, Ispaniya, Niderlandiya va Xorvatiya davlatlarida ham o\u2018z faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuni ham ta&#8217;kidlash joizki, sud-tergov sohasidagi ushbu islohotning ob\u2019ektiv zarurati to\u2018g&#8217;risida maqola avvalida keltirilgan fikrlarimizdan tashqari, bir qator huquqshunos amaliyotchi va olimlar tomonidan ham tergov sudyasi lavozimi yaratilishi maqbul deb topilgan mulohazalar ko\u2018p uchraydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan, ularning fikrlariga ko\u2018ra, bugungi kunda jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlarga ma&#8217;muriy huquqbuzarlikka oid ishlar, jinoyat ishlari, mansabdor shaxslarning chiqarilgan qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar hamda sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish bilan bog&#8217;liq ishlarni ko\u2018rib chiqish vakolati berilgan. Bu o\u2018z o\u2018rnida jinoyat ishlari bo\u2018yicha tuman (shahar) sudlarida yakka tartibda faoliyat yuritayotgan bir nafar sudyaning o\u2018ziga juda ko\u2018p ishlarni ko\u2018rib chiqish vazifasini yuklamoqda va bu fuqarolar tomonidan o\u2018rinli e\u2019tirozlarga sabab bo\u2018lmoqda. Joriy etilayotgan yangi tartib orqali jinoyat ishlari bo\u2018yicha birinchi instantsiya sudlari sudyalari o\u2018rtasida ish hajmi mutanosibligini to\u2018liq ta&#8217;minlashga erishiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201c&#8230;institutining joriy etilishi jinoyat ishini sudga qadar yuritishda ayblov tarafi vakolatlari va himoyachi huquqlarining tengligi ta&#8217;minlanishiga imkon berish bilan bir qatorda advokatura institutini rivojlantirish va advokatlar maqomini tubdan oshirishga qaratilgan islohotlarni yangi bosqichga ko\u2018tarishga xizmat qilgan bo\u2018lar edi\u201d .<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cSud-huquq tizimidagi bu muhim o\u2018zgartirishlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta&#8217;minlash, jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlarning ish yuklamasini kamaytirish hamda sudyalarning jinoyat ishlarini ko\u2018rib chiqish jarayonlarida qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi\u201d.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cBugungi kunda fuqarolar tomonidan eng ko\u2018p shikoyat aynan tergov idoralari ustidan berilmoqda va ushbu organ ustidan doimiy nazorat o\u2018rnatilishiga, katta e\u2019tibor qaratilishi lozim. Chunki tergov va surishtiruvda bo\u2018ladigan qonunbuzilishlar nafaqat sud-huquq sohasidagi kamchilik, balki &#8230; jamiyatga-da jiddiy salbiy ta&#8217;sir etishi muqarrar holdir. Tergov sudyasi esa, yuqoridagi kabi salbiy holatlar, qonunbuzilishlarning oldini oladi\u201d.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201c&#8230;faqat tergov sudyalarigina dastlabki tergov bosqichida jinoyat sudlovi taraflarining teng imkoniyatlarini ta&#8217;minlay oladi\u201d. \u201cRossiya imperiyasida (1917 yil oktyabriga qadar) dastlabki tergov konstruktsiyasi barpo etilgan sxemaga ko\u2018ra, aynan tergov sudyasi sudgacha bo\u2018lgan jarayon markazida bo\u2018lgan\u201d.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yuqoridagi ijobiy fikrlar bilan birga, Rossiyalik ayrim huquqshunos olimlarning mazkur institutning joriy etilishiga qarshi fikrlari ham mavjud. Xususan, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining jinoyat protsessi, odil sudlov va prokuror nazorati kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor L.V.Golovkoning fikriga ko\u2018ra, ushbu institutning amalda joriy etilishi G&#8217;arb, xususan AQSh tomonidan olib borilayotgan navbatdagi \u201camerikalashtirish\u201d bo\u2018yicha manipulyatsiyalarning biridir. U tergovchilarning faoliyatini yanada qiyinlashtiradi, himoya tomonga ham foydasi yo\u2018q va ayrim tadqiqotchilar ta&#8217;kidlaganidek mamlakat iqtisodiyotining rivojlanib ketishiga ham olib kelmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yangi islohotlarni hayotga joriy etish ko\u2018p hollarda bahs-munozaralar orqali kechishi ma&#8217;lum. Shu bois, bir qator olimlar ushbu holatda har ikki taraf fikrlarining naqadar asosliligini o\u2018rganish va shu asosda yakuniy qaror qabul qilish maqsadga muvofiqligini ta&#8217;kidlashadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu borada mamlakatimiz huquqshunos olimlari tomonidan tegishli tadiqotlar olib borilgan, chunki, barchamizga ma&#8217;lumki O\u2018zbekistonda sud-tergov faoliyatidagi eng muhim islohotlarning boshlanishi 2008 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi sudlar vakolatiga o\u2018tkazilishi bilan boshlangan. Bu \u201cXabeas korpus\u201d institutining amaliyotga tatbiq etilishidagi ilk yirik qadamlardan bo\u2018lib xizmat qildi. Ushbu davrdan boshlab 2023 yilga qadar sudlar tomonidan 227 445 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olishga sanktsiya berish yuzasidan iltimosnomalar ko\u2018rilib, ularning 224 494 tasi (98,7 foizi) qanoatlantirilgan, 2 951 tasi (1,3 foizi) rad qilingan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur islohotdan e\u2019tiboran bosqichma-bosqich ravishda uy qamog&#8217;i tarzidagi ehtiyot chorasini qo\u2018llash, pasportning amal qilishini to\u2018xtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochta-telegraf jo\u2018natmalarini xatlash kabi sanktsiya turlari, shuningdek ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo\u2018lishi muddatini uzaytirish, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish kabi majburlov choralari sudlarning vakolatiga o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Albatta olimlarimizning sud-huquq islohotlari borasidagi tidqiqotlari davom etishi va aynan tergov sudyasi institutining 2025 yil 1 yanvardan joriy etilganligini inobatga olgan holda, xorijiy tajriba asosida ijobiy natijalarni qonunchilikka kiritiladigan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalarda qo\u2018llash bo\u2018yicha takliflar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda ta&#8217;kidlash joizki, odil sudlov jarayonida fuqarolarning shaxsiy daxlsizligi va himoyaga oid huquqlarini ta&#8217;minlash nuqtai nazaridan amalga oshirilgan ushbu islohotlarga qaramasdan, sud-tergov foliyatiga nisbatan ayrim noroziliklar hali-hanuz mavjud. Misol uchun, prokuror dastlabki tergov va surishtiruvda protsessual rahbar bo\u2018lish bilan birga, ushbu jarayonlarda qonunlarga rioya etilishini nazorat etuvchi mansabdor ham sanaladi. Bunday holda, ya\u2019ni o\u2018zi tergovga rahbarlik qiladigan mansabdor qanday qilib uning ob\u2019ektiv, ya\u2019ni xolisona olib borilishini nazorat qilishi mumkinligi haqida mutaxassislar va jamoatchilik tomonidan hamisha e\u2019tirozlar mavjud.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugungi kunga qadar, yurtimizda shaxsni qamoqqa olishga ruxsat, ya\u2019ni sanktsiyalar sudlar tomonidan berilmoqda. Va sir emaski, aksariyat hollarda prokurorlar tomonidan kiritilgan iltimosnomalar qanoatlantiriladi va bu o\u2018ylaymizki, tergov ustidan sud nazoratining pastligini ko\u2018rsatadi . Umuman olganda, jinoyat ishi bo\u2018yicha qamoqqa olishga ruxsat bergan sudya keyinchalik ushbu ishni ko\u2018rganda qamoqdagi shaxsning aybdorligiga alohida urg&#8217;u beradi. Chunki sudya qamoqqa olishga ruxsat berish jarayonida shaxsning jinoyat sodir etganligiga va uning aybdorligiga ichki ishonch hosil qilgan bo\u2018ladi. Bu jarayon zamonaviy psixologiya tomonidan isbot etilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hozirgi kunda Respublika bo\u2018yicha jami 205 ta jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlar mavjud bo\u2018lib, shundan 78 tasi (38 foizi) bir tarkibli sudlar hisoblanadi. Shu sababli, mazkur sudlar aksariyat holatlarda o\u2018zlari tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki boshqa turdagi majburlov chorasi qo\u2018llangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarni ham ko\u2018rishga majbur.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Fuqarolar tomonidan jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlarga nisbatan bildirlayotgan asosiy e\u2019tirozlaridan yana biri bu ishlarning, ayniqsa ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to\u2018g&#8217;risidagi ishlarning o\u2018z vaqtida va sifatli ko\u2018rilmasligidir. Buning eng asosiy sababi esa ish hajmi masalasidir. Statistik raqamlarga e\u2019tibor qaratsak, birgina 2023 yilda bir sudyaga bir oyda o\u2018rtacha 14,8 ta jinoyat ishi, 31,1 ta sanktsiya va materiallar hamda 177,6 ta ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to\u2018g&#8217;risidagi ish va materiallar to\u2018g&#8217;ri kelgan . Bu esa albatta juda ko\u2018p va ish sifatiga o\u2018z ta&#8217;sirini ko\u2018rsatmay qolmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yuqorida ko\u2018rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda \u201cXabeas korpus\u201d institutini yanada kengaytirish maqsadida, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u00abO\u2018zbekiston \u2013 2030\u00bb strategiyasining qonun ustuvorligini ta&#8217;minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo\u2018nalishi hamda ushbu strategiyani 2023 yilda sifatli va o\u2018z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to\u2018g&#8217;risidagi Prezident qarorida 2024 yil yakuniga qadar qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanktsiya berish masalasini alohida sudyalar \u2013 tergov sudyalari tomonidan ko\u2018rib chiqish tartibi joriy etilishi belgilandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu Strategiya va Qaror ijrosini ta&#8217;minlash yuzasidan \u201cTezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Farmoni qabul qilinib, unda tergov sudyasiga tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanktsiya berish masalasidan tashqari, ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to\u2018g&#8217;risidagi ishlarni ko\u2018rib chiqish vakolati ham taqdim etilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018ylaymizki tergov sudyasi tomonidan sud nazoratining amalga oshirilishi, ishni sudga qadar yuritishda haqiqiy tortishuvchanlik muhitini yaratib, jinoyat protsessida himoyachining mavqei oshishiga, uning isbotlash jarayonida qatnashish huquqini real ta&#8217;minlanishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Aytish joizki, hozirgi kunda sudlar tomonidan tergov sudyalari faoliyatini tashkillashtirish borasida xalqaro tajribalar o\u2018rganilib, dunyoning ilg&#8217;or mamlakatlari mutaxassislari jalb etilgan holda sudyalar ishtirokida o\u2018quv-seminar mashg&#8217;ulotlari o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, 2024 yilning sentyabr oyida Germaniya Federativ Respublikasidan kelgan prokuror Gerald Ryubzam, sudya Xelmut Laytxozerlar tomonidan tergov sudyalari faoliyatiga bag&#8217;ishlab \u201cSudgacha ish yurituvida fuqarolik huquqlarining himoyasi\u201d mavzusida o\u2018quv-seminar o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Umuman olganda, yurtimizda odil sudlovni amalga oshirish va sudyalar mustaqilligini ta&#8217;minlash borasida izchil islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Tergov sudyasi institutining amalga joriy etilishi ham ushbu jarayonning uzviy davomi hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur tergov sudyasi institutining joriy etilishi sudlar faoliyatida:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>birinchidan, yuqoridagi kabi fuqarolarning e\u2019tirozlari o\u2018z-o\u2018zidan barham topishiga;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>ikkinchidan, ishni sudga qadar yuritishda taraflar tengligi va tortishuv printsipining ta&#8217;minlanishiga, himoyachi huquqlarining kengayishiga hamda ayblov va himoya tarafi faoliyati ustidan xolis sud nazoratining amalga oshirilishiga yanada qulay sharoit yaratadi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>uchinchidan, jinoyat va ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to\u2018g&#8217;risidagi ishlarning o\u2018z vaqtida va sifatli ko\u2018rilishiga;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>to\u2018rtinchidan, \u00abXabeas korpus\u00bb institutini amaliyotga yanada kengroq joriy etish imkoniyatlarini yaratadi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>beshinchidan, O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o\u2018rnini yaxshilashga, shu jumladan Huquq ustuvorligi indeksining Jinoiy odil sudlov tarkibiy indikatorlaridagi mavqeini yaxshilashga zamin yaratilishi kabi o\u2018zgarishlarga olib keladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Eliwbay ABIBULLAEV,<\/strong><br \/>\n<strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo\u2018yicha <\/strong><strong>sudyasi<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, shubhasiz sud-tergov faoliyatini isloh qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, sud-tergov amaliyoti inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha samarali mexanizmlar to\u2018liq ishga solinmaganligi, shuningdek, jinoyat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8202,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8201","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8201","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8201"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8205,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8201\/revisions\/8205"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8202"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}