{"id":8048,"date":"2024-11-27T11:01:23","date_gmt":"2024-11-27T06:01:23","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8048"},"modified":"2024-11-27T17:06:57","modified_gmt":"2024-11-27T12:06:57","slug":"tuman-sudi-sudyasi-maktabda-dars-mashguloti-otkazdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8048","title":{"rendered":"SUDYA MAKTABDA DARS MASHG&#8217;ULOTINI  O\u2018TDI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Yangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning Yangi O\u2018zbekistonni bunyod etish yo\u2018lidagi orzu-intilishlari o\u2018z aksini topgan muhim hujjatdir. Shu sababli \u201cYangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi Farmonida ta&#8217;limni rivojlantirish ilmiy-metodik Markazi, Maktabgacha va maktab ta&#8217;limi Vazirligi, Fan va innovatsiyalar Vazirligi, Adliya Vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023-2024 o\u2018quv yilidan boshlab barcha ta&#8217;lim turlari va bosqichlaridagi o\u2018quv rejalari va dasturlari qayta ko\u2018rib chiqilishi, konstitutsiyaviy norma va qoidalarga moslashtirilishi belgilangan edi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shunga ko\u2018ra, umumta&#8217;lim maktablari o\u2018quvchilariga yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani o\u2018rgatish bo\u2018yicha ham metodik asosda yangilangan darsliklar, o\u2018quv qo\u2018llanmalari, maxsus adabiyotlar yaratilib, ta&#8217;lim tizimiga keng joriy etildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018sib kelayotgan yosh avlodning konstitutsiyaviy bilimini oshirishga qaratilgan bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ham ishtiroki ta&#8217;minlanayotgani esa o\u2018zining ijobiy natijasini bermoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cSudyalar tomonidan umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim muassasalarida amaliy dars-mashg&#8217;ulotlarini o\u2018tkazish bo\u2018yicha reja\u201d asosida Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Amudaryo tuman sudi tomonidan amalga oshirilayotgan ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy o\u2018quv mashg&#8217;ulotlari o\u2018quvchi-yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday dars mashg&#8217;ulotlaridan biri tuman Maktabgacha va maktab ta&#8217;limi bo\u2018limi tasarrufidagi 6-sonli maktabda ham o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Amudaryo tuman sudi sudyasi Zebo Bazarbaeva tomonidan \u201cHuquqbuzarlik va javobgarlik\u201d mavzusida tashkillashtirilgan mazkur dars mashg&#8217;ulotida maktab o\u2018qituvchilari va yuqori sinflar o\u2018quvchilari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Dars mashg&#8217;uloti jarayonida Zebo Bazarbaeva o\u2018quvchilarga \u201cYangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan keng tushunchalar berib, har bir insonning, xususan, o\u2018quvchilarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari bo\u2018yicha hayotiy misollar orqali ma&#8217;lumotlar taqdim etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Dars jarayonida Konstitutsiyada belgilangan yangi normalar, sudlarning erkinligi, jinoiy javobgarlikni belgilash, qamoqqa olish va fuqarolarning advokatlik xizmatlaridan foydalanish bo\u2018yicha haq-huquqlari haqidagi moddalar bo\u2018yicha batafsil tushuntirish bilan birga o\u2018quvchi-yoshlar zimmasidagi burch va majburiyatlariga ham alohida to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ayniqsa, huquqbuzarlik holatlari va ularni shaffof malakalash, javobgarlik belgilash, javobgar shaxsga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarlik bo\u2018yicha tegishli jazo choralarini qo\u2018llashda adolat tamoyillariga rioya etish, odil sudlovni amalga oshirish bo\u2018yicha o\u2018quvchilar ishtirokida shartli sud jarayonlari o\u2018tkazilgani o\u2018quvchilarning konstitutsiyaviy va huquqiy bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudya tomonidan o\u2018tkazilgan dars mashg&#8217;uloti o\u2018quvchilar uchun biri-biridan qiziqarli savol-javoblarga boy bo\u2018ldi va Amudaryo tuman fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudi sudyasi Zebo Bazarbaevaga amalga oshirilgan qiziqarli dars mashg&#8217;uloti uchun maktab ma&#8217;muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Yangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning Yangi O\u2018zbekistonni bunyod etish yo\u2018lidagi orzu-intilishlari o\u2018z aksini topgan muhim hujjatdir. Shu sababli \u201cYangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi Farmonida ta&#8217;limni rivojlantirish ilmiy-metodik Markazi, Maktabgacha va maktab ta&#8217;limi Vazirligi, Fan va innovatsiyalar Vazirligi, Adliya Vazirligi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8049,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8048","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8048","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8048"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8048\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8056,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8048\/revisions\/8056"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8049"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8048"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8048"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8048"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}