{"id":8002,"date":"2024-11-20T12:03:19","date_gmt":"2024-11-20T07:03:19","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8002"},"modified":"2024-11-21T18:19:43","modified_gmt":"2024-11-21T13:19:43","slug":"miranda-qoidasi-fuqarolarning-oz-huquqlarini-himoya-qilishning-zamonaviy-usuli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8002","title":{"rendered":"\u201cMIRANDA QOIDASI\u201d-FUQAROLARNING O\u2018Z HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING ZAMONAVIY USULI"},"content":{"rendered":"<p><strong>Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti, xalqimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolatidir. Bosh qomusimizda ijtimoiy adolat va birdamlik printsiplari joriy etilib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, inson manfaati har narsadan ustun qo\u2018yilishi e\u2019tirof etildi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilandi. Bular, inson sha&#8217;ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo\u2018lishi mumkin emasligi, inson va davlat organlari o\u2018rtasida yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta&#8217;sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun etarli va mutanosib bo\u2018lishi kerakligi va boshqalarda o\u2018z aksini topdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg&#8217;or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirildi. Jumladan, Konstitutsiyamizda hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emasligi, hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko\u2018ra yo\u2018l qo\u2018yilishi hamda shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi qat\u2019iy belgilandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, shaxsni ushlash chog&#8217;ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi konstitutsiya doirasida mustahkamlandi.<\/p>\n<p>Bu kabi normalar shaxsning erkinligini cheklash bilan bog&#8217;liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shartligini bildirib, tergov va surishtiruv organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish yoki qamoqda saqlashga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka qaratilgandir.<\/p>\n<p>Konstitutsiyada shaxsni ushlash chog&#8217;ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi kerakligi ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o\u2018ziga qarshi ko\u2018rsatma bermaslik, sukut saqlash huquqi berildi. Ya\u2019ni, xalqaro e\u2019tirof etilgan \u201cMiranda qoidasi\u201d fuqarolarning o\u2018z huquqlarini himoya qilishning zamonaviy usuli sifatida Asosiy qonunda o\u2018z ifodasini topdi.<br \/>\nAybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo\u2018lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerakligi qayd etilgan. Mazkur norma to\u2018g&#8217;ridan-to\u2018g&#8217;ri amal qiluvchi qoida bo\u2018lib, tergov va sud jarayonida faqat ishonchli va qonuniy dalillardan foydalanishni ta&#8217;minlaydi hamda shaxsni asossiz ravishda javobgarlikka tortilishdan himoya qiladi.<\/p>\n<p>Qolaversa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o\u2018zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi mustahkamlanib, hech kim o\u2018ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi belgilandi. Bu qoidalar jinoiy ta&#8217;qib ostidagi har qanday shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga ruhiy bosim va turli tahdidlar o\u2018tkazish, uning sha&#8217;ni va qadr-qimmatni kamsitish kabi boshqa noqonuniy usullar qo\u2018llanishining oldini oladi.<\/p>\n<p>Yana bir muhim norma \u2014 agar shaxsning o\u2018z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo\u2018lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi kafolatlandi. Bu hol jinoyat bo\u2018yicha haqiqatni aniqlash, shuningdek, aybsiz insonlarning javobgarlikka tortilishini oldini olishga, ayni paytda, jinoyat sodir etgan haqiqiy aybdor shaxs yoki shaxslarni aniqlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, insonning ajralmas huquqlardan biri \u2013 o\u2018z huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqidir. Bu huquq umume\u2019tirof etilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarda ham o\u2018z aksini topgan. Shu norma Konstitutsiyamizning 55-moddasida ham belgilanib, har kim o\u2018z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi e\u2019tirof etildi.<br \/>\nUshbu qoidaning mazmun-mohiyati shundaki, fuqaro o\u2018z buzilgan huquq va erkinliklarini, o\u2018zgalar huquqlarini buzmagan holda, mustaqil himoya qilish huquqiga ega. Bunda fuqaro tomonidan o\u2018zini himoya qilishda qo\u2018llaniladigan usullar yoki choralar qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<p>Shuningdek, fuqaro O\u2018zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo\u2018lingan bo\u2018lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqliligi belgilangan. Bu fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini nafaqat milliy qonunchilikda belgilangan normalar, balki xalqaro huquq asosida ham himoyalanishini ta&#8217;minlashning huquqiy kafolatidir.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, shaxsga davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo\u2018lganidan so\u2018ng, xalqaro organlarga murojaat etish huquqining berilayotganligi O\u2018zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Umuman olganda, ushbu qoidalar inson huquqlari ustuvorligini ta&#8217;minlaydi, davlat idoralarining o\u2018z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>Jasur Urazbaev,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti, xalqimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolatidir. Bosh qomusimizda ijtimoiy adolat va birdamlik printsiplari joriy etilib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi. &nbsp; Xususan, inson manfaati har narsadan ustun qo\u2018yilishi e\u2019tirof etildi hamda fuqarolarning huquq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8003,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8002","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8002","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8002"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8005,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8002\/revisions\/8005"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8003"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}