{"id":7948,"date":"2024-11-07T15:45:08","date_gmt":"2024-11-07T10:45:08","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7948"},"modified":"2024-11-07T15:45:08","modified_gmt":"2024-11-07T10:45:08","slug":"hadya-shartnomasi-tushunchasi-uni-bekor-qilish-va-haqiqiy-emas-deb-topish-tartibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7948","title":{"rendered":"HADYA SHARTNOMASI TUSHUNCHASI, UNI BEKOR QILISH VA HAQIQIY EMAS DEB TOPISH TARTIBI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Bugungi kunda sudlardagi statistik ma&#8217;lumotlardan\u00a0 fuqarolar o\u2018rtasida hadya shartnomasini bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish to\u2018g&#8217;risidagi nizolar ham bor ekanligi ko\u2018rinadi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Avvalombor hadya shartnomasi \u2013 bu qanday shartnoma degan savol tug&#8217;ilishi bejiz emas, albatta.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu shartnomaga O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasida qo\u2018yidagicha tushuntirish berilgan bo\u2018lib, unga ko\u2018ra, \u00a0hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o\u2018ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o\u2018zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo bo\u2018lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo\u2018lganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi. Bunday holda bu \u00a0shartnomaga nisbatan ushbu Kodeks 124-moddasining ikkinchi qismi qoidalari, ya\u2019ni \u00a0qalbaki va ko\u2018zbo\u2018yamachilik uchun tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi haqidagi norma qo\u2018llaniladi. Demak, yuridik oqibatlar tug&#8217;dirish niyati bo\u2018lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim) o\u2018z-o\u2018zidan haqiqiy emasdir. Agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan bo\u2018lsa (ko\u2018zbo\u2018yamachilik bitimi), taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga doir qoidalar qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113-moddasiga ko\u2018ra,\u00a0 haqiqiy bo\u2018lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog&#8217;liq bo\u2018lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bitim haqiqiy bo\u2018lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo\u2018yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko\u2018rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo\u2018lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo\u2018lmasa, uning qiymatini pul bilan to\u2018lashi shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a&#8217;zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog&#8217;lig&#8217;iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o\u2018ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo\u2018lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo\u2018q bo\u2018lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to\u2018g&#8217;risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb e\u2019lon qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog&#8217;liq mablag&#8217;lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo\u2018yilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hadya bekor qilingan taqdirda hadya oluvchi hadya qilingan ashyoni, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatda saqlanib qolgan bo\u2018lsa, qaytarishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Demak shartnomani bekor qilish bilan haqiqiy emas deb topishning farqi quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; shartnomani haqiqiy emasligiga asos uning noqonuniyligidir.\u00a0 Bekor qilishga esa \u2013 uning qonuniyligi nizolashilmasdan\u00a0 shartnomani bekor qilishga sabab bo\u2018ladigan holatlarning yuzaga kelishi sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&#8211; shartnomani bekor qilish u amalda bo\u2018lgan vaqtdagi o\u2018zaro huquq va majburiyatlarga ta&#8217;sir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga taalluqlidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qayd qilish lozimki, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan bitimlar bilan bog&#8217;liq nizolarni sudda ko\u2018rish amaliyoti tez-tez umumlashtirilib boriladi va\u00a0 sudlarda bitimlarga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini to\u2018g&#8217;ri tatbiq qilish, shu bilan birga sud amaliyotida nizoli huquqiy munosabatlarga nisbatan qo\u2018llanishi lozim bo\u2018lgan moddiy qonun normalarini aniqlash va ishni to\u2018g&#8217;ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo\u2018lgan holatlarni har tomonlama tekshirish bo\u2018yicha yo\u2018l-yo\u2018riqlar berilib kelinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 2006 yil 22 dekabrda \u201cSud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi 17-sonli qarori qabul qilingan bo\u2018lib, Qarorda aynan yuqorida qayd qilinganidek hadya shartnomasi bo\u2018yicha nizolarni ko\u2018rib chiqishda qanday moddiy huquq normalari qo\u2018llanilishi va nizoni hal etish bo\u2018yicha tavsiyalar berilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Zulfiya BABADJANOVA,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Bugungi kunda sudlardagi statistik ma&#8217;lumotlardan\u00a0 fuqarolar o\u2018rtasida hadya shartnomasini bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish to\u2018g&#8217;risidagi nizolar ham bor ekanligi ko\u2018rinadi. &nbsp; Avvalombor hadya shartnomasi \u2013 bu qanday shartnoma degan savol tug&#8217;ilishi bejiz emas, albatta. &nbsp; Ushbu shartnomaga O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasida qo\u2018yidagicha tushuntirish berilgan bo\u2018lib, unga ko\u2018ra, \u00a0hadya shartnomasiga muvofiq bir [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7949,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7948","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7948","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7948"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7950,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7948\/revisions\/7950"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7949"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7948"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7948"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}