{"id":7867,"date":"2024-10-14T10:42:29","date_gmt":"2024-10-14T05:42:29","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7867"},"modified":"2024-10-25T10:43:10","modified_gmt":"2024-10-25T05:43:10","slug":"voyaga-etmaganlar-huquqlari-himoyasi-kafolati-bu-boradagi-qonunchilik-yanada-takomillashtirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7867","title":{"rendered":"VOYAGA ETMAGANLAR HUQUQLARI HIMOYASI KAFOLATI BU BORADAGI QONUNCHILIK YANADA TAKOMILLASHTIRILDI \u00a0"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 42-moddasida Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to\u2018lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo\u2018lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi, 44-moddasida Bolalar mehnatining bolaning sog&#8217;lig&#8217;iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta&#8217;lim olishiga to\u2018sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi mustahkamlab qo\u2018yilgan. Xalqaro mehnat tashkilotining inson huquqlari bo\u2018yicha xalqaro shartnomalari va boshqa hujjatlarda ko\u2018zda tutilgan har bir fuqaroning mehnat huquqlari himoya\u00adsining Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo\u2018yilishi, Konstitutsiyamizning muqaddimasida ta&#8217;kidlanganidek, xalqaro huquqning umume\u2019tirof etilgan qoidalarining ustunligi tan olinganligidan dalolat beradi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan tashqari mamlakatimizda voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarning ustuvorligini ta&#8217;minlash maqsadida 2008 yil 4 aprelda \u201cIshga qabul qilish uchun eng kichik yosh to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Konventsiya (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda 2008 yil 8 aprelda \u201cBolalar mehnatining og&#8217;ir shakllarini taqiqlash va yo\u2018q qilishga doir shoshilinch choralar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Konventsiya (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ratifikatsiya qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash joizki, qonunchiligimizda mehnat sohasida voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilish, bu borada ularga alohida g&#8217;amxo\u2018rlik ko\u2018rsatilishini nazarda tutuvchi bir qator me\u2019yorlar mustahkamlab qo\u2018yilgan. Mehnat kodeksining 412-moddasida O\u2018n sakkiz yoshgacha bo\u2018lgan shaxslarning mehnatini qo\u2018llash taqiqlanadigan ishlar O\u2018n sakkiz yoshgacha bo\u2018lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo\u2018lgan ishlarda, er osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sog&#8217;lig&#8217;iga, xavfsizligiga va ma&#8217;naviy jihatdan kamol topishiga ziyon etkazishi mumkin bo\u2018lgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qo\u2018llash taqiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018n sakkiz yoshgacha bo\u2018lgan xodimlarning ular uchun belgilangan yo\u2018l qo\u2018yiladigan eng ko\u2018p normalardan ortiq bo\u2018lgan og&#8217;irlikdagi yuklarni ko\u2018tarishi va tashishi taqiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018n sakkiz yoshgacha bo\u2018lgan xodimlar mehnatining qo\u2018llanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga etmaganlarning sog&#8217;lig&#8217;iga va ma&#8217;naviy jihatdan kamol topishiga ziyon etkazishi mumkin bo\u2018lgan ishlar ro\u2018yxati, shuningdek ularning og&#8217;ir yuklarni ko\u2018tarishi va tashishi chog&#8217;ida yo\u2018l qo\u2018yiladigan eng ko\u2018p normalar O\u2018zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Sog&#8217;liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnat kodeksining 415-moddasida Ish vaqtining davomiyligi o\u2018n oltidan o\u2018n sakkiz yoshgacha bo\u2018lgan xodimlar uchun haftasiga o\u2018ttiz olti soatdan oshmaydigan, o\u2018n beshdan o\u2018n olti yoshgacha bo\u2018lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to\u2018rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu esa, o\u2018z navbatida, mamlakatimiz ratifikatsiya qilgan \u201cIshga qabul qilish uchun eng kichik yosh to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Konventsiyaning 3-moddasi talablariga mos keladi. Unga ko\u2018ra, o\u2018z xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga ko\u2018ra, o\u2018smir sog&#8217;lig&#8217;i, xavfsizligi yoki ma&#8217;naviyatiga ziyon etkazishi mumkin bo\u2018lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh o\u2018n sakkiz yoshdan kam bo\u2018lmasligi kerakligi nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnat kodeksining 422-moddasida Ota-onadan biri (ota-ona o\u2018rnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda bolalar masalalari bo\u2018yicha komissiyalar, agar ishni davom ettirish o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan shaxslarning hayotiga va sog&#8217;lig&#8217;iga, xavfsizligiga hamda ma&#8217;naviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan bo\u2018lsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon etkazishi mumkin bo\u2018lsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli ekanliklari belgilab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yuqorida zikr qilingan Konventsiyaning 7-moddasida milliy qonun hujjatlarida agar o\u2018n uch yoshdan o\u2018n besh yoshgacha bo\u2018lgan shaxslarga ularning sog&#8217;lig&#8217;i va rivojlanishi uchun zararli bo\u2018lmasa, ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yo\u2018naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga yoki ularning olgan bilimlaridan foydalanish layoqatiga zarar etkazmaydigan bo\u2018lsa, engil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkinligi belgilab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu maqsadda bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar davom ettirilib, voyaga etmagan shaxslarga nisbatan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to\u2018g&#8217;risidagi qonun hujjatlarining buzilishi hamda voyaga etmagan shaxsni mehnatga biron-bir shaklda ma&#8217;muriy tarzda majburlaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi \u201cVoyaga etmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g&#8217;risidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu yangi qonunning muhim jihatlaridan biri Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g&#8217;risidagi kodeks \u201cVoyaga etmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo\u2018l qo\u2018ymaslik to\u2018g&#8217;risidagi talablarni buzish\u201d deb nomlangan yangi 49<sup>1<\/sup>-modda bilan to\u2018ldirildi. Unga ko\u2018ra, voyaga etmagan shaxs mehnatidan uning sog&#8217;lig&#8217;i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo\u2018lgan ishlarda foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o\u2018n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek Jinoyat kodeksining 148<sup>1<\/sup>-moddasida Voyaga etmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi to\u2018g&#8217;risidagi talablarni buzish, ya\u2019ni voyaga etmagan shaxs mehnatidan uning sog&#8217;lig&#8217;iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo\u2018lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma&#8217;muriy jazo qo\u2018llanilganidan keyin sodir etilgan bo\u2018lsa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa o\u2018rnida shuni alohida ta&#8217;kidlash joizki, O\u2018zbekiston xalqaro huquqning umume\u2019tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda ushbu qoidalarga og&#8217;ishmay rioya qilib kelmoqda. Qolaversa, milliy qonunchiligimizda bola huquqlari va manfaatlari, shuningdek, ularning himoyasiga alohida o\u2018rin berilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Joldasbay KEWNIMJAEV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Beruniy tumanlararo sudining raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 42-moddasida Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to\u2018lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo\u2018lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi, 44-moddasida Bolalar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7868,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7867","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7867","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7867"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7867\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7869,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7867\/revisions\/7869"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7868"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7867"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7867"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7867"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}