{"id":7855,"date":"2024-10-18T10:06:02","date_gmt":"2024-10-18T05:06:02","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7855"},"modified":"2024-10-25T10:11:04","modified_gmt":"2024-10-25T05:11:04","slug":"ozbekiston-respublikasi-jinoyat-protsessual-kodeksiga-kiritilgan-ozgaritish-va-qoshimchalar-odil-sudlov-samaradorligini-oshirishga-xizmat-qiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7855","title":{"rendered":"O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSIGA KIRITILGAN O\u2018ZGARITISH VA QO\u2018SHIMCHALAR ODIL SUDLOV SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI"},"content":{"rendered":"<p><strong>Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta&#8217;minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro\u2018yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko\u2018lamli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirildi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Huquqni qo\u2018llash amaliyotini tahlil qilish natijalariga ko\u2018ra sud ishlarini yuritish jarayoniga yangi institutlar joriy etildi, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta&#8217;minlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, mediatsiya, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga sudlarda ishning hajmi keskin ortganligi ishlarni qonunda belgilangan muddatda ko\u2018rib chiqish imkoniyatining yo\u2018qolishiga olib kelib, bu fuqarolarning o\u2018rinli e\u2019tirozlari ko\u2018payishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari uzil-kesil qaror qabul qilishda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini uch bosqichli tizim vositasida tekshirish imkoniyatlari cheklanganligi sababi mazkur tizimni o\u2018rta bo\u2018g&#8217;inning \u2014 viloyat sudlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.<\/p>\n<p>2023 yil 27 sentyabrda qabul qilingan &laquo;Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g&#8217;risida&raquo;gi 869-sonli O\u2018RQ Qonuni bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar, odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim tadbirlarni o\u2018z ichiga oladi. Bu o\u2018zgartishlar jinoyat protsessini yanada demokratik, shaffof va inson huquqlariga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud qarorlarining qayta ko\u2018rib chiqilishi imkonini beradigan yangi mexanizmlar joriy etildi. Bu, odil sudlovni ta&#8217;minlashda muhim ahamiyatga ega, chunki u sud faoliyatining samaradorligini oshiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan, mazkur Qonun bilan O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlarini shikoyat (protest) asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko\u2018rilgan sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko\u2018rishga, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko\u2018rish bo\u2018yicha vakolatlarni viloyat sudlariga va ularga tenglashtirilgan sudlarga o\u2018tkazishga hamda yuqori sudlar tomonidan sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan ko\u2018rish uchun quyi instantsiya sudlariga yuborish amaliyotini tugatishga doir protsessual normalarni nazarda tutuvchi o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritildi. Bu esa o\u2018z navbatida, sudyalarning mas\u2019uliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va o\u2018z vaqtida ko\u2018rilishiga, sud qarorlarini qayta ko\u2018rishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqcha sarsongarchiliklarga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jinoyat protsessual kodeksini takomillashtirish, mamlakatimizda odil sudlov samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ushbu o\u2018zgartishlar, sud tizimining ishlashini yaxshilash, inson huquqlarini himoya qilish va jamiyatdagi huquqiy adolatni ta&#8217;minlashda muhim rol o\u2018ynaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Agzam USPANOV,<\/strong><br \/>\n<strong>jinoyat ishlari bo\u2018yicha Chimboy tumani sudining raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta&#8217;minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro\u2018yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko\u2018lamli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirildi. &nbsp; Huquqni qo\u2018llash amaliyotini tahlil qilish natijalariga ko\u2018ra sud ishlarini yuritish jarayoniga yangi institutlar joriy etildi, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta&#8217;minlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7856,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7855","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7855","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7855"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7855\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7857,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7855\/revisions\/7857"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7856"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7855"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7855"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7855"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}