{"id":7850,"date":"2024-10-23T15:46:23","date_gmt":"2024-10-23T10:46:23","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7850"},"modified":"2024-10-24T15:48:22","modified_gmt":"2024-10-24T10:48:22","slug":"voyaga-etmaganlarning-mehnat-huquqlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7850","title":{"rendered":"VOYAGA ETMAGANLARNING MEHNAT HUQUQLARI"},"content":{"rendered":"<p><strong>Bizning xalqimiz bolajon xalq, yurtimizda mustaqillik yillarida ko\u2018plab sohalarda keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirildi. Bevosita, qonunchilikni takomillashtirishga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, voyaga etmaganlarning huquqlariga doir munosabatlar buning yaqqol namunasidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sobiq ittifoq davlatining yuritgan siyosatiga nazar tashlaydigan bo\u2018lsak, o\u2018sha davrda voyaga etmaganlarning huquqlariga xech kim e\u2019tibor qaratmagan. Ularning huquqlari inobatga olinmagan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugungi kunda esa uning aksini ko\u2018ramiz. Voyaga etmaganlar uchun ularning ota-onalari, vasiy yoki homiylari g&#8217;amxo\u2018rlik qiladilar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bevosita, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 44-moddasida. sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bolalar mehnatining bolaning sog&#8217;lig&#8217;iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta&#8217;lim olishiga to\u2018sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Konstttutsiyamizning 50-moddasida, har kim ta&#8217;lim olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat uzluksiz ta&#8217;lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta&#8217;lim tashkilotlari rivojlanishini ta&#8217;minlaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat maktabgacha ta&#8217;lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat bepul umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim va boshlang&#8217;ich professional ta&#8217;lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim majburiydir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Maktabgacha ta&#8217;lim va tarbiya, umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim davlat nazoratidadir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ta&#8217;lim tashkilotlarida alohida ta&#8217;lim ehtiyojlariga ega bo\u2018lgan bolalar uchun inklyuziv ta&#8217;lim va tarbiya ta&#8217;minlanadi deb belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Voyaga etmaganlar \u2013 amaldagi qonunchiligimizga ko\u2018ra, 18 yoshga to\u2018lmagan fuqarolardir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yurtboshimiz ta&#8217;biri bilan aytganda, voyaga etmaganlarni tarbiyalash vazifasi \u2013 davlat burchi, fuqarolarning esa konstitutsiyaviy majburiyati hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Konstitutsiyamizda voyaga etmaganlarning bilim olish, mehnat qilish, dam olish, mulkdor bo\u2018lish kabi huquqlari ta&#8217;minlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bevosita, Fuqarolik kodeksimizda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo\u2018lgan voyaga etmaganlarning muomala layoqati belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va homiyligi roziligisiz mustaqil ravishda, o\u2018z ish haqi va boshka daromadlarni tasarruf etish, qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo\u2018yish va ularni tasarruf etish, mayda maishiy bitimlarni tuzishlari mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Voyaga etmaganlar o\u2018rtasida jinoyatchilikni oldini olishga doir katta tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Voyaga etmaganlarning jinoiy ishlarini yuritishda maxsus qonun me\u2019yorlari orqali ko\u2018shimcha huquqlar kafolatlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzurida voyaga etmaganlar ishlari bo\u2018yicha komissiyalar tuzilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlatimiz tomonidan voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishga oid bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan. Xususan:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u2013 \u201cYoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u2013 \u201cBola huquqlarining kafolatlari to\u2018g&#8217;risida\u201d gi Qonun;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u2013 \u201cTa&#8217;lim to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u2013 \u201cVoyaga etmaganlar o\u2018rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun shular jumlasidan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki inson dunyoga kelishi bilanoq u bilan birga tabiiy ehtiyojlari ham yuzaga keladi. O\u2018sish davrida esa ehtiyojlar yanada kengayib, shakllanib boradi va qaysidir bosqichda shaxs mustaqil ravishda o\u2018z ehtiyojlarini o\u2018zi qondira boshlaydi. Mazkur jarayon shaxsning huquqlari va asosiy erkinliklari bilan bevosita bog&#8217;liq bo\u2018lib, shaxslar ushbu huquqlardan ulg&#8217;ayishning har bir bosqichida muntazam foydalanadi. Insonlar qanday huquqlarga va erkinliklarga ega ekanligi xalqaro darajada aniq qilib belgilangan bo\u2018lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201dda o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Deklaratsiyaning 23-moddasiga ko\u2018ra, insonlar mehnatga oid quyidagi huquqlarga ega ekanligi keltirib o\u2018tilgan:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1.Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga ega bo\u2018lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2.Harbir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga ega;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>3.Har bir ishlovchi kishi o\u2018zi va oilasi uchun insonga munosib yashashni ta&#8217;minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur bo\u2018lganda ijtimoiy ta&#8217;minotning boshqa vositalari bilan to\u2018ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>4.Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o\u2018z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega, ushbu huquqqa boshqalar kabi voyaga etmaganlar ham ega bo\u2018lib, ular ham o\u2018z navbatida ma&#8217;lum sharoitda va ma&#8217;lum vaqtlarda mehnat qilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shaxs mehnati orqali ijtimoiylashadi, jamiyatda o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018ladi, jamiyat a&#8217;zolari bilan munosabatga kirishadi va mehnat bozori ishtirokchisiga aylanadi. Bu esa davlatdan mehnatga layoqatli shaxslarni ish bilan ta&#8217;minlash, mehnat qilgan har bir shaxsni farovon hayot kechirishi, erkin kasbtanlashi, munosib sharoitlarda ishlashi va kamsitilishlarga yo\u2018l qo\u2018yilmasligini oldini olish borasida aniq chora-tadbirlar belgilashni taqozo etadi. Chunki, mehnat orqali shaxs farovon hayotga erishsa davlatda iqtisodiy yuksalish bo\u2018ladi, taraqqiyotning rivojlanishi yanada tezlashadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xalqaro mehnat tashkilotiga ko\u2018ra, \u201cMehnatga layoqatli aholi sonining o\u2018zgarishi mehnat bozori va iqtisodiyotga sezilarli ta&#8217;sir ko\u2018rsatishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnatga layoqatli aholining o\u2018sib borayotgani iqtisodiy o\u2018sish imkoniyatlarini beradi, shu bilan birga ish o\u2018rinlarini yaratish va mehnat bozoriga yangi ishtirokchilarni integratsiyalashuvi uchun qiyinchiliklar tug&#8217;diradi. Aksincha, mehnatga layoqatli aholining qisqarishi iqtisodiy o\u2018sish, raqobatbardoshlik, aholining qaramligi va boshqalar uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnatga layoqatli aholi deganda ma&#8217;lum yoshdagi mehnat qilishi mumkin bo\u2018lgan shaxslar tushuniladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnat qilish mumkin bo\u2018lgan shaxslarning yoshi bo\u2018yicha Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 1973 yilda \u201cEng kichik yosh to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Konventsiya qabul qilingan bo\u2018lib, mazkur konventsiyani ratifikatsiya qilgan 176 ta davlatlarning 32 foizida 14 yoshdan, 43 foizida 15 yoshdan va 25 foizida 16 yoshdan boshlab voyaga etmaganlar engil ishlarda, sog&#8217;lig&#8217;i va axloqiy rivojlanishiga hamda ta&#8217;lim olish jarayonini buzmaydigan o\u2018qishdan bo\u2018sh vaqtlarda ishlash huquqiga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur konventsiyaning 3-moddasi 1-bandiga asosan \u201cO\u2018z xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga ko\u2018ra o\u2018smir sog&#8217;ligi, xavfsizligi yoki ma&#8217;naviyatiga ziyon etkazishi mumkin bo\u2018lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh o\u2018n sakkiz yoshdan kam bo\u2018lmasligi kerak\u201dligi, 3-bandiga asosan ushbu modda 1-bandi qoidalaridan qat\u2019iy nazar,\u201cMilliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud bo\u2018lsa, maslahatlashilgandan so\u2018ng o\u2018n olti yoshdan kichik bo\u2018lmagan shaxslarga ishlashga yoki yollanib ishlashga, ularning sog&#8217;ligi, xavfsizligi va ma&#8217;naviyati to\u2018la muhofaza etilishi va ular etarlicha maxsus ta&#8217;lim hamda faoliyatning tegishli sohasi bo\u2018yicha kasbiy tayyorgarlik olishlari sharti bilan ruxsat berishlari mumkin\u201dligi keltirib o\u2018tilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Konventsiyaning 7-moddasi 1-bandida \u201cMilliy qonun hujjatlari o\u2018n uch yoshdan o\u2018n besh yoshgacha bo\u2018lgan shaxslarga engil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu ularning sog&#8217;lig&#8217;i va rivojlanishi uchun zararli bo\u2018lmasa; ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yo\u2018naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan o\u2018quvlaridan foydalanish layoqatiga zarar etkazmaydigan bo\u2018lsa\u201d.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda mazkur konventsiyalar ratifikatsiya qilingan va to\u2018laqonli a&#8217;zosi sifatida konventsiya qoidalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilingan bo\u2018lib, 18 yoshga to\u2018lmagan shaxslarni ishlashi bilan bog&#8217;liq bo\u2018lgan huquqiy tartib qoidalar belgilagan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cBola huquqlar kafolatlari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonunining 20-moddasiga asosan \u201cHar bir bola o\u2018zining yoshi, sog&#8217;lig&#8217;ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ishga qabul qilishga o\u2018n olti yoshdan boshlab yo\u2018l qo\u2018yiladi. Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta&#8217;lim maktablari, o\u2018rta maxsus, kasb-hunar o\u2018quv yurtlarining o\u2018quvchilarini ularning sog&#8217;lig&#8217;iga hamda ma&#8217;naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta&#8217;lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o\u2018qishdan bo\u2018sh vaqtida bajarishi uchun \u2014ular o\u2018n besh yoshga to\u2018lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o\u2018rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta&#8217;lim bilan qo\u2018shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko\u2018rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta&#8217;minlanishini kafolatlaydi\u201d deb ko\u2018rsatib o\u2018tilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, mazkur qoidalar O\u2018zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida ham keltirib o\u2018tilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan tashqari, mehnat kodeksining 118-moddasi 3-bandida \u201cMadaniy-tomosha tashkilotlarida, televidenie, radio eshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona o\u2018rnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sog&#8217;lig&#8217;iga va ma&#8217;naviy kamol topishiga ziyon etkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (ko\u2018rgazmaga qo\u2018yishda) ishtirok etish uchun o\u2018n besh yoshga to\u2018lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ko\u2018rsatilgan yoshga to\u2018lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin bo\u2018lgan ishlar, kasblar, lavozimlar ro\u2018yxatlari O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha uch tomonlama Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bunday holda xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining o\u2018rnini bosuvchi shaxs) imzolaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko\u2018p yo\u2018l qo\u2018yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo\u2018lgan boshqa shartlar ko\u2018rsatiladi\u201d deb keltirib o\u2018tilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Statistik ma&#8217;lumotlarga ko\u2018ra, 2024 yil boshiga nisbatan 15 yoshgacha bo\u2018lgan bolalar O\u2018zbekistonda 9.342.159. nafarni (aholisiga nisbatan 26,5 foizni) tashkil etgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Birinchidan, voyaga etmaganlarni 14 yoshdan boshlab ularning sog&#8217;lig&#8217;iga zarar etkazmaydigan va ta&#8217;limini buzmaydigan ishlarga ota-onaning ruxsati bilan chegaralangan sharoitlarda ishlashini joriy etish orqali ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish yanada tezlashadi, bo\u2018sh vaqtlaridan unumli foydalanishga erishiladi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ikkinchidan, voyaga etmaganlar o\u2018rsatida nazoratsizlikni oldi olinadi va ular o\u2018rtasida huquqbuzarliklarni sodir etish bir muncha qisqaradi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Uchinchidan, mehnatga layoqatli har bir shaxs farovon hayot kechira boshlaydi, mamlakat iqtisodiyoti va ertangi hayoti esa yanada taraqqiy etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Ra&#8217;no KAMALOVA,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Beruniy tumani sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bizning xalqimiz bolajon xalq, yurtimizda mustaqillik yillarida ko\u2018plab sohalarda keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirildi. Bevosita, qonunchilikni takomillashtirishga alohida e\u2019tibor qaratildi. &nbsp; Xususan, voyaga etmaganlarning huquqlariga doir munosabatlar buning yaqqol namunasidir. &nbsp; Sobiq ittifoq davlatining yuritgan siyosatiga nazar tashlaydigan bo\u2018lsak, o\u2018sha davrda voyaga etmaganlarning huquqlariga xech kim e\u2019tibor qaratmagan. Ularning huquqlari inobatga olinmagan. &nbsp; Bugungi kunda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7851,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7850","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7850","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7850"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7850\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7852,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7850\/revisions\/7852"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7851"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7850"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7850"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7850"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}