{"id":7716,"date":"2024-09-30T10:33:59","date_gmt":"2024-09-30T05:33:59","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7716"},"modified":"2024-10-02T10:38:34","modified_gmt":"2024-10-02T05:38:34","slug":"ijtimoiy-tarmoqlarning-birida-elon-qilingan-hokim-bizga-bosim-qilyapti-qoraqalpogistondan-prezidentga-murojaat-nomli-videomurojaat-yuzasidan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7716","title":{"rendered":"IJTIMOIY TARMOQLARNING BIRIDA E\u2019LON QILINGAN \u201cHOKIM BIZGA BOSIM QILYAPTI&#8230; QORAQALPOG&#8217;ISTONDAN PREZIDENTGA MUROJAAT\u201d NOMLI VIDEOMUROJAAT YUZASIDAN"},"content":{"rendered":"<p><strong>Da&#8217;vogar Taxtako\u2018pir tuman hokimligi Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudiga da&#8217;vo arizalari bilan murojaat qilib, javobgarlar \u201cBIBSARO-SHODYA-TAXTA\u201d, \u201cDAUIT-TAXTA\u201d va \u201cAGRO MAKS FOOD\u201d fermer xo\u2018jaliklari bilan tuzilgan er maydonlarini ijaraga berish to\u2018g&#8217;risidagi shartnomalarni bekor qilishni so\u2018ragan.<\/strong><\/p>\n<p>\u201cBIBSARO-SHODYA-TAXTA\u201d va \u201cAGRO MAKS FOOD\u201d fermer xo\u2018jaliklarining iltimosnomalariga binoan, shuningdek, \u201cDAUIT-TAXTA\u201d fermer xo\u2018jaligidan vakil kelmaganligi sababli sud muhokamalari 2024 yil 12 avgustdan 22 avgustga qoldirilgan.<\/p>\n<p>Ishlarni ko\u2018rayotgan Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi mehnat ta&#8217;tiliga chiqqanligi sababli ushbu ishlar Qo\u2018ng&#8217;irot tumanlararo iqtisodiy sudiga o\u2018tkazilgan.<br \/>\nQo\u2018ng&#8217;irot tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi tomonidan 2024 yil 22 avgust kuni o\u2018tkazilgan sud majlisida ishdagi mavjud dalillar etarli emasligi sababli da&#8217;vogarga qo\u2018shimcha dalillarni taqdim etish taklif qilingan va sud muhokamasi 2024 yil 30 avgust kuniga qoldirilgan.<\/p>\n<p>2024 yil 30 avgustdagi sud majlisida ham ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash uchun dalillar etarli emasligi sababli sud tomonidan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni jalb qilish va ularga qo\u2018shimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilish lozim topilib, sud muhokamasi 2024 yil<br \/>\n9 sentyabrga qoldirilgan.<\/p>\n<p>Murojaatchilar sudyaning aynan ushbu xatti-harakatlaridan norozilik bildirishib, \u201csud muhokamasi 9 sentyabrga uchinchi marotaba qoldirilganligini, hokimlik vakiliga hujjatlarni to\u2018liq taqdim etishni aytganligini hamda soliq organi va Fermerlar kengashini ishga jalb qilgani\u201dni bildirishgan.<\/p>\n<p>Iqtisodiy protsessual kodeksi 69-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga ko\u2018ra, dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.<\/p>\n<p>Agar sud mavjud dalillar etarli emas deb hisoblasa, ishning ob\u2019ektiv holatlarini aniqlash va nizoni to\u2018g&#8217;ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo\u2018lgan qo\u2018shimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Oliy sud Plenumining 2023 yil20 noyabrdagi \u201cSudlarda erga oid nizolarni ko\u2018rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo\u2018llashning ayrim masalalari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi 28-sonli qarorining 26-bandida sudlar fermer xo\u2018jaliklari bilan er uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish to\u2018g&#8217;risidagi ishlarni ko\u2018rishda Fuqarolik kodeksining 384-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan \u201cFermer xo\u2018jaligining er maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Nizom talablariga rioya qilinganligini tekshirishlari lozimligi haqida tushuntirish berilgan.<\/p>\n<p>Ishdagi hujjatlarda yuqoridagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar etarli emasligi sababli sud o\u2018z tashabbusi bilan da&#8217;vogar va uchinchi shaxslar vakillariga qo\u2018shimcha dalillar taqdim etishni taklif etishni lozim topgan.<\/p>\n<p>Mazkur Kodeks 171-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisiga ko\u2018ra, sud tarafning qo\u2018shimcha dalillar taqdim etish yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarurati bilan bog&#8217;liq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to\u2018g&#8217;risidagi iltimosnomasi bo\u2018yicha sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.<\/p>\n<p>Oliy sud Plenumining 2019 yil 24 maydagi \u201cBirinchi instantsiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo\u2018llashning ayrim masalalari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi 13-sonli qarori 37-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilarida sudlarning e\u2019tibori sud muhokamasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 171-moddasining birinchi qismida sanab o\u2018tilgan kutilmagan va favqulodda holatlarda keyinga qoldirilishi mumkinligiga qaratilishi lozimligi, ko\u2018rsatib o\u2018tilgan holatlar mavjud bo\u2018lganda, sud muhokamasi sudning tashabbusi bilan ham, ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko\u2018ra ham keyinga qoldirilishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.<\/p>\n<p>Shuningdek, ushbu Kodeks 48-moddasining birinchi qismiga binoan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instantsiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga ta&#8217;sir ko\u2018rsatishi mumkin bo\u2018lsa, da&#8217;vogar yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga ko\u2018ra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.<\/p>\n<p>Mazkur vaziyatda ishning holatlari Taxtako\u2018pir tumani qishloq xo\u2018jaligi bo\u2018limi, Kadastrlar palatasi Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi boshqarmasi, O\u2018zagroinspektsiyaning Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi boshqarmasi, Taxtako\u2018pir tumani \u201cSuv etkizib berish xizmati\u201d davlat muassasasi, Taxtako\u2018pir tumani fermer, dehqon xo\u2018jaliklari va tomorqa er egalari kengashi va Taxtako\u2018pir tumani soliq inspektsiyasining huquq yoki majburiyatlariga ta&#8217;sir ko\u2018rsatishi mumkinligi sababli sud ushbu shaxslarni o\u2018z tashabbusi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida jalb qilishni lozim topgan.<\/p>\n<p>Qo\u2018ng&#8217;irot tumanlararo iqtisodiy sudi da&#8217;vogar tomonidan aynan Fuqarolik kodeksining 384-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan \u201cFermer xo\u2018jaligining er maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Nizom talablariga rioya qilinmaganligini inobatga olib, 2024 yil 9 sentyabrdagi ajrimlar bilan da&#8217;vo arizalarini ko\u2018rmasdan qoldirgan.<\/p>\n<p>Mazkur vaziyatda Qo\u2018ng&#8217;irot tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi tomonidan sud muhokamalari protsessual qonunchilik normalariga amal qilingan holda keyinga qoldirilganligi ma&#8217;lum qilinadi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Da&#8217;vogar Taxtako\u2018pir tuman hokimligi Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudiga da&#8217;vo arizalari bilan murojaat qilib, javobgarlar \u201cBIBSARO-SHODYA-TAXTA\u201d, \u201cDAUIT-TAXTA\u201d va \u201cAGRO MAKS FOOD\u201d fermer xo\u2018jaliklari bilan tuzilgan er maydonlarini ijaraga berish to\u2018g&#8217;risidagi shartnomalarni bekor qilishni so\u2018ragan. \u201cBIBSARO-SHODYA-TAXTA\u201d va \u201cAGRO MAKS FOOD\u201d fermer xo\u2018jaliklarining iltimosnomalariga binoan, shuningdek, \u201cDAUIT-TAXTA\u201d fermer xo\u2018jaligidan vakil kelmaganligi sababli sud muhokamalari 2024 yil 12 avgustdan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7718,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7716","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7716","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7716"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7716\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7717,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7716\/revisions\/7717"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7718"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7716"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7716"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7716"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}