{"id":7600,"date":"2024-09-10T15:40:31","date_gmt":"2024-09-10T10:40:31","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7600"},"modified":"2024-09-19T15:41:47","modified_gmt":"2024-09-19T10:41:47","slug":"inson-qadri-va-manfaatlari-uchun","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7600","title":{"rendered":"INSON QADRI VA MANFAATLARI UCHUN"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tarixiy nutq so\u2018zladi. Unda BMT ning hozirgi sessiyasi jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilayotgan, global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me\u2019yorlaridan chekinish kuchayayotgan va bularning barchasi keng ko\u2018lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo\u2018layotganligi ta&#8217;kidlandi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Buning natijasida dunyo davlatlari o\u2018rtasida savdo, investitsiya va innovatsiya sohalarida erkin almashish yo\u2018lida yangi to\u2018siqlar vujudga kelayotganligi, hatto iqlim o\u2018zgarishlari, ochlik va tengsizlikka qarshi kurash singari butun bashariyat taqdiriga daxldor bo\u2018lgan masalalarda ham o\u2018zaro muloqot izdan chiqqani sezilayotganligi e\u2019tirof etildi. Ana shunday murakkab sharoitda amaliy hamjihatlik va hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo\u2018ygan holda, mamlakatlarni jipslashtirish g&#8217;oyasi har qachongidan ham dolzarb bo\u2018lib borayotganligini O\u2018zbekiston rahbari ushbu yuksak minbardan turib dunyo ahliga yuzlandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bo\u2018lmish Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish siyosatini qat\u2019iy davom ettirishini, mamlakatimiz \u201cInson qadri va manfaatlari uchun\u201d degan ezgu g&#8217;oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo\u2018lidan dadil ilgarilab borayotganligiga dunyo ahli guvoh bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Joriy yil aprel oyida yangilangan Konstitutsiya bo\u2018yicha O\u2018zbekiston tarixida birinchi marta umumxalq referendumi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda xalqimiz yangilangan Konstitutsiyasini qo\u2018llab-quvvatladi va islohotlarimizning ortga qaytmaydigan muqarrar tus olishi ta&#8217;minlandi. Mana shunday huquqiy asosda \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d taraqqiyot strategiyasi qabul qilinib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining \u201cBarqaror rivojlanish maqsadlari\u201dga uyg&#8217;un maqsadlar qo\u2018yib, O\u2018zbekiston o\u2018z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to\u2018la va qat\u2019iy bajarmoqda.<\/p>\n<p>Izchil davom etayotgan islohotlar natijasida va xalqning turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat tufayli mamlakatimizda 2017 yildan buyon kambag&#8217;allik ikki barobarga kamayib, bu ko\u2018rsatkich 2030 yilgacha yana 7 foizga tushirilishi rejalashtirilgan. Aholini ichimlik suvi, sog&#8217;liqni saqlash, ta&#8217;lim va boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan ta&#8217;minlash ko\u2018lamini bir necha bor oshirishni belgilagan.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo\u2018yicha e\u2019tiborga loyiq natijalarga erishilganligi, mamlakatimizda majburiy va bolalar mehnatiga to\u2018liq barham berilganligi Prezidentimiz nutqida faxr bilan tilga olindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bir asr mobaynida O\u2018zbekistonda millionlab insonlar paxta terimiga majburiy ravishda jalb etib kelinganligi, har yili sentyabr oyidan dekabrgacha aholining asosiy qismi \u2013 o\u2018qituvchi va shifokorlar, tadbirkorlar, ishchi va xizmatchilar, eng achinarlisi, maktab o\u2018quvchilari va talabalar paxta terimiga safarbar qilinganligi, buning natijasida o\u2018zbek paxtasiga boykotlar e\u2019lon qilinganligi, mamlakat esa yillar davomida \u201cqora ro\u2018yxat\u201dlarga kiritilganligi ham ayni haqiqat. Mamlakat rahbarining qat\u2019iy irodasi tufayli endi bularning barchasi o\u2018tmishga aylandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yangi Konstitutsiyamizda majburiy mehnat ta&#8217;qiqlanishi kafolatlab qo\u2018yildi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni butun dunyo miqyosida kuchaytirish zarurligini ta&#8217;kidlab, bunga chek qo\u2018yish imkoni borligini O\u2018zbekiston tajribasi ko\u2018rsatganligi shunday illatga davlatlar uchun namuna maktabi bo\u2018lib hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Har bir davlatning eng katta boyligi \u2013 Inson kapitalidir. \u201cInson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash \u2013 O\u2018zbekiston o\u2018z oldiga qo\u2018ygan strategik vazifalardan biridir\u201d, \u2013deya ta&#8217;kidladi Prezidentimiz. \u201cBiz hamma uchun ochiq va sifatli ta&#8217;limni kambag&#8217;allikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o\u2018sishga erishishning eng samarali omili, deb bilamiz. Mamlakatimiz oxirgi yillarda bu borada katta tajriba to\u2018pladi \u2013 ta&#8217;lim tizimi tubdan o\u2018zgarmoqda. O\u2018tgan olti yilda maktabgacha ta&#8217;limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta&#8217;limda esa 9 foizdan 38 foizga etdi. 2030 yilga qadar har bir bolaning bog&#8217;chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o\u2018quvchining biri esa\u00a0oliygohda o\u2018qishi uchun imkoniyat yaratiladi\u201d.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishini ta&#8217;minlash borasida ulkan islohotlar amalga oshirilganligi, milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad \u2013 oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta&#8217;minlashdan iborat ekanligi ham Prezident nutqidan alohida o\u2018rin olgan. Ayollar va voyaga etmaganlarni zo\u2018ravonlikdan himoya qilish maqsadida alohida qonun qabul qilinganligi, \u201cBirlashgan Millatlar Tashkiloti \u2013 xotin-qizlar\u201d tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan O\u2018zbekiston manfaatdor ekanligi ta&#8217;kidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o\u2018z nutqida bugun dunyo ahlini qattiq tashvishga solgan, dunyoda vujudga kelgan keskin ekologik vaziyat haqida ham to\u2018xtalib o\u2018tdi. Sayyoramiz miqyosida uchta inqiroz, ya\u2019ni iqlim o\u2018zgarishi, bioxilma-xillik yo\u2018qolishi va atrof-muhit ifloslanishi kuchayayotgan murakkab sharoitda Orol dengizi fojiasiga qarshi kurashni davom ettirayotgan Markaziy Osiyo iqlim o\u2018zgarishlari oldida eng zaif mintaqalardan biriga aylanayotganligiga yana bir karra dunyo davlatlarining e\u2019tibori qaratildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prezidentimizning tarixiy nutqlarida yana bir global muammo \u2013 radikalizm va diniy ekstremizm muammosiga alohida e\u2019tibor qaratilgan. \u201c&#8230; ekstremizm balosi tarqalishiga, yoshlarning radikallashuviga yo\u2018l qo\u2018ymaslik uchun birgalikdagi harakatlarimizni kuchaytirishimiz zarur\u201d, deya ta&#8217;kidladi Prezident.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda ushbu yo\u2018nalishda ko\u2018plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo\u2018yicha Milliy strategiyamiz doirasida ilgari ekstremizm g&#8217;oyalari ta&#8217;sirida bo\u2018lgan shaxslarni sog&#8217;lom hayotga qaytarish va jamiyatga moslashtirish masalasi kun tartibida doimo dolzarb turibdi. Bu bu borada O\u2018zbekiston o\u2018ziga xos tajriba orttirgani, besh marta \u201cMehr\u201d insonparvarlik missiyasi o\u2018tkazilgani, uning doirasida 530 nafardan ziyod fuqarolar, avvalo, ayollar va bolalarni Yaqin Sharq va Afg&#8217;onistondagi qurolli nizolar hududlaridan yurtimizga qaytarilganligi ham ushbu sohadagi insonparvarlik siyosatining yorqin ifodasi ekanligini dunyo davlatlariga namoyish etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a&#8217;zo davlatlar xalqaro terrorizm kabi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda yanada birlashib, harakat qilishlari zarurligini ushbu yuksak minbardan turib alohida e\u2019tirof etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Gulistan ESHNAZAROVA,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tarixiy nutq so\u2018zladi. Unda BMT ning hozirgi sessiyasi jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilayotgan, global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq me\u2019yorlaridan chekinish kuchayayotgan va bularning barchasi keng ko\u2018lamdagi keskinlik ortishiga sabab bo\u2018layotganligi ta&#8217;kidlandi. &nbsp; Buning natijasida dunyo davlatlari o\u2018rtasida savdo, investitsiya va innovatsiya sohalarida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7601,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7602,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7600\/revisions\/7602"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7601"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}