{"id":7486,"date":"2024-09-13T16:17:20","date_gmt":"2024-09-13T11:17:20","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7486"},"modified":"2024-09-13T16:17:20","modified_gmt":"2024-09-13T11:17:20","slug":"sudyaning-faoliyati-qonun-ustuvorligida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7486","title":{"rendered":"SUDYANING FAOLIYATI &#8211; QONUN USTUVORLIGIDA"},"content":{"rendered":"<p><strong>Sudya faoliyatining qonuniy asosini 2000 yil 14 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan \u201cSudlar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun bilan birga Sudyalar oliy kengashining 2024 yil 15 maydagi qarori bilan qabul qilingan \u201cSudyalar odobi kodeksi\u201d tashkil etadi. Mazkur Kodeks har bir sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bog&#8217;liq kasbiy faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda majburiy bo\u2018lgan yuksak odob-ahloq talablariga, O\u2018zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari qoidalariga, odil sudlov va sudyalar odob ahloqi sohasidagi xalqaro standartlarga asoslangan xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cSudyalar odobi kodeksi\u201dning 5-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, sudya o\u2018z kasbiy faoliyatini amalga oshirishida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlarga so\u2018zsiz rioya etishi, har qanday tashqi ta&#8217;sirlarning oldini olishi, tahdidlar, bosim va g&#8217;ayriqonuniy ta&#8217;sir o\u2018tkazishga, sud jarayoniga bevosita yoki bilvosita aralashishga qarshilik ko\u2018rsatishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha&#8217;ni, qadr-qimmati va mulkiy manfaatlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo\u2018riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta&#8217;minlashi shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudya odil sudlovni amalga oshirayotganda sud protsessi barcha ishtirokchilarining protsessual huquqlarini hurmat qilgan holda, har qanday bevosita yoki bilvosita tashqi ta&#8217;sirlar, niyatlar, bosim yoki aralashishlardan qat\u2019i nazar mustaqil harakat qilishi, faqat faktlarni baholashdan kelib chiqishi va ichki ishonchiga asoslanib, qonunga va huquqiy ongiga amal qilishi shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu holatlarga bilib yoki bilmagan holda tushib qolishdan saqlanish va odini olish uchun sudyaning mustaqilligi tushunchasiga alohida to\u2018xtalib o\u2018tishimiz joiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Chunki sudyaning mustiqilligi odil sudlovni amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudya fikr erkinligi huquqini amalga oshirishda odil sudlovning obro\u2018siga putur etkazmasligi kerak.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudya jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko\u2018rib chiqishida adolatlilik va xolislikni ko\u2018rsatib, sansolarlikka yo\u2018l qo\u2018ymasligi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudya O\u2018zbekiston Respublikasida sud O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to\u2018g&#8217;risidagi xalqaro hujjatlarda e\u2019lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning huquqlari hamda qonun bilan qo\u2018riqlanadigan manfaatlarini sud tomonidan himoya qilinishi lozimligini, shuningdek sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta&#8217;minlashga qaratilganligini doimo yodda tutishi kerak.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agarda sudya o\u2018ziga yuklatilgan yuqorida qayd etilgan majburiyatlarga rioya qilmasa, shuningdek sudyaning xatti-harakatida uning obro\u2018-e\u2019tiboriga putur etkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beg&#8217;arazligiga shubha tug&#8217;diradigan holatlar kuzatilsa, o\u2018z-o\u2018zidan ayonki jamoatchilikda sud hokimiyatiga bo\u2018lgan ishonch yo\u2018qoladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Barchamizga ma&#8217;lumki, O\u2018zbekiston Respublikasida sud O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari tug&#8217;risidagi xalqaro hujjatlarda e\u2019lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan quriqlanadigan manfaatlarini sud yo\u2018li bilan himoya qilishga da&#8217;vat qilingan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta&#8217;minlashga qaratilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan kelib chiqib, sudya o\u2018z faoliyati davomida sudning faoliyati nimaga qaratilganlingini doimo yodda tutishi hamda qonunga ko\u2018ra shug&#8217;ullanishga ruxsat berilgan boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirishi sudyalik faoliyatiga xalaqit bermasligi lozimligini unutmasligi kerak.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cSudyalar odob-axloqiga oid Bangalor printsiplari\u201d oltita asosiy printsipidan biri bu mustaqillik printsipidir. Bunda \u201cSud organlarining mustaqilligi huquq-tartibotni ta&#8217;minlashning muhim omili hamda sudda ishning odil hal etilishining asosiy kafolatidir. Demak sudya sud organlarining mustaqilligi printsipini uning yakka tartibdagi va institutsional jihatlarida himoya qilishi va ruyobga chiqarishi lozim\u201dligi qayd etilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud hokimiyati mustaqilligi bu \u2013 sudya uchun imtiyoz yoki ustuvorlik emas. Bu sudyalar ishni mavjud qonun va dalillar, tashqi bosimda yoki ta&#8217;sirdan xoli kimningdir aralashuvidan qo\u2018rqmasdan ishni halol va xolis ko\u2018rish uchun har bir sudyaga yuklatiladigan mas\u2019uliyat hisoblanadi. Sud hokimiyati mustaqilligi printsipining asosini sudya ko\u2018rib chiqishi uchun taqdim qilingan ishlarni to\u2018liq mustaqil ko\u2018rish va ishlar bo\u2018yicha qarorlar qarorlar qabul qilish tashkil etadi. Sudya tomonidan ishni ko\u2018rib chiqish va ubo\u2018yicha qaror qabul qilish davomida tashqaridan hech kim, na hukumat na bosim o\u2018tkazuvchi guruhlar, na xususiy shaxslar yoki boshqa sudyalar ishga aralashishi yoki aralashish uchun harakat qilishi man etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudya qabul qilgan qaror sud muhokamasi tomonlariga, jamoatchilikka, ommaviy axborot vositalariga, hokimiyatdagi mansabdor shaxslarga, qarindoshlarga va hatto sudyaning do\u2018stlariga yoqadimi yoki yo\u2018qmi bunga e\u2019tibor bermasligi kerak. Sudya u yoki bu siyosiy kuch, jamoatchilik e\u2019tirozi yoki tanqid ostida qolmasligi kerak. Demak sudyalar mustaqilligi deganda, tashqi ta&#8217;sirning barcha shakllaridan mustaqil bo\u2018lish tushuniladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu bois, sudyalar o\u2018z vakolatlari doirasida ishlarni ko\u2018rish chog&#8217;ida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga so\u2018zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha&#8217;ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo\u2018rqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta&#8217;minlashi, beg&#8217;araz va adolatli bo\u2018lishi shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu bilan birga, sudyalar sudyalik sha&#8217;nini, sudyalar odob-axloqi qoidalarini qat\u2019iy saqlashlari, odil sudlovning obro\u2018sini, sudyalik qadr-qimmatini tushurishi va sudyaning xolisligiga shubxa to\u2018g&#8217;dirishi mumkin bo\u2018lgan xatti-harakatlardan o\u2018zlarini tiyishlari lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Bayrambek BEKMURATOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sudya faoliyatining qonuniy asosini 2000 yil 14 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan \u201cSudlar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun bilan birga Sudyalar oliy kengashining 2024 yil 15 maydagi qarori bilan qabul qilingan \u201cSudyalar odobi kodeksi\u201d tashkil etadi. Mazkur Kodeks har bir sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bog&#8217;liq kasbiy faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda majburiy bo\u2018lgan yuksak odob-ahloq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7487,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7486","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7486","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7486"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7486\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7488,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7486\/revisions\/7488"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7487"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7486"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7486"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7486"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}