{"id":7385,"date":"2024-08-08T18:31:53","date_gmt":"2024-08-08T13:31:53","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7385"},"modified":"2024-08-08T18:45:50","modified_gmt":"2024-08-08T13:45:50","slug":"fuqarolik-qonunchiligidagi-bitimlarning-haqiqiy-emasligiga-doir-normalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7385","title":{"rendered":"FUQAROLIK QONUNChILIGIDAGI BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGIGA DOIR NORMALARI"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-128-moddalarida bitimlar buyicha mahsus normalar belgilangan. Ya\u2019ni mazkur Kodeksning 101-moddasida, bitimlar tushunchasi berilgan bo\u2018lib, o\u2018nga ko\u2018ra bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o\u2018zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi degan norma mavjud. Shuningdek, bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko\u2018p taraflama (shartnomalar) bo\u2018lishi mumkin. Bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va etarli bo\u2018lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan ko\u2018p taraf (ko\u2018p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo\u2018lishi kerak.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolik kodeksining 382-385-moddalarida shartnomani o\u2018zgartirish va bekor qilish buyicha normalar belgilangan. Ya\u2019ni Kodeksning 382-moddasida, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo\u2018lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o\u2018zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.<\/p>\n<p>Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o\u2018zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:<\/p>\n<p>1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;<\/p>\n<p>2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o\u2018zga hollarda.<\/p>\n<p>Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo\u2018lgan narsadan ko\u2018p darajada mahrum bo\u2018ladigan qilib zarar etkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bir taraf shartnomani bajarishdan to\u2018la yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo\u2018l qo\u2018yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o\u2018zgartirilgan hisoblanadi degan normalar mavjud.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy xo\u2018jalik sudi Plenumining 2014- yil 28 noyabrdagi \u201cIqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to\u2018g&#8217;risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo\u2018llashning ayrim masalalari to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi 269-sonli qarorining 3-bandida ko\u2018yidagicha berilgan tushintirishga ko\u2018ra, sudlar bitimni haqiqiy emas deb topish tushunchasini shartnomani bekor qilishdan farqlashlari lozim. Bitimning haqiqiy emasligining shartnomani bekor qilishdan farqi quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>-bitimlarni haqiqiy emas deb topishga Fuqarolik kodeksining 115-126-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo\u2018yicha yo\u2018l qo\u2018yiladi, shartnomani bekor qilish asoslari esa, mazkur kodeksning 382, 383-moddalarida nazarda tutilgan;<\/p>\n<p>-bitimning haqiqiy emasligiga uning g&#8217;ayriqonuniyligi, bekor qilinishiga esa, shartnomani bekor qilishga olib keladigan holatlarning yuzaga kelishi asos bo\u2018ladi, bunda uning qonuniyligi nizolashilmaydi;<\/p>\n<p>-haqiqiy bo\u2018lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog&#8217;liq bo\u2018lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir, shartnomani bekor qilish esa, u amalda bo\u2018lgan vaqtdagi o\u2018zaro huquq va majburiyatlarga ta&#8217;sir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga daxl qiladi;<\/p>\n<p>-shartnomani bekor qilish haqidagi talabni bildirishga shartnoma amal qilishining muddati mobaynida yo\u2018l qo\u2018yiladi, bitim esa uning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin.<\/p>\n<p>Misol: O\u2018zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi boshkarmasi Xalq bank manfaatida sudga murojaat qilib, javobgar <strong>X<\/strong> bilan o\u2018rtalarida 2022 yil 08 iyul k\u04afni tuzilgan kredit shartnomasini bekor qilishni so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Sud, da&#8217;vo talabi asosli bo\u2018lishi sababli uni qanoatlantirishni lozim topgan. Chunki ajratilgan kredit shartnomasining 2.4, 4.2.2-bantlarida javobgar kredit va foizni grafik bo\u2018yicha to\u2018lash majburiyatini olgan bo\u2018lsada, shartnoma shartlari lozim darajada bajarilmagan. Ya\u2019ni javobgarning qarzdorligi jami 4 429 394 031,86 so\u2018mni tashkil qilgan. Bu esa bank uchun javobgar tomonidan shartnomani jiddiy ravishda buzgan hisoblangan.<\/p>\n<p>Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga ko\u2018ra, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo\u2018lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o\u2018zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.<\/p>\n<p>Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o\u2018zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:<\/p>\n<p>1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;<\/p>\n<p>2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o\u2018zga hollarda.<\/p>\n<p>Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo\u2018lgan narsadan ko\u2018p darajada mahrum bo\u2018ladigan qilib zarar etkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bir taraf shartnomani bajarishdan to\u2018la yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo\u2018l qo\u2018yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o\u2018zgartirilgan hisoblanadi.<br \/>\nFuqarolik kodeksining 384-moddasiga ko\u2018ra, shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo\u2018lsa, uni o\u2018zgartirish yoki bekor qilish to\u2018g&#8217;risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa.<\/p>\n<p>Bir taraf shartnomani o\u2018zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko\u2018rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo\u2018lmaganida esa \u2014 o\u2018ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani o\u2018zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.<br \/>\nJavobgarga shartnomani bekor qilish bo\u2018yicha taklif berilgani va unga rad javobi yoki taklifda ko\u2018rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddat ichida javob berilmagani tasdiqlanadi. Shu bois kredit shartnomasini bekor qilishga asos paydo bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Misol: O\u2018zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi boshkarmasi Milliy bank manfaatida sudga murojaat qilib, javobgar <strong>X<\/strong> va O\u2018zbekiston Respublikasi Sanoat qurilish bank o\u2018rtalarida 2022 yil 20-sentyabr k\u04afni tuzilgan ipoteka shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Sud, da&#8217;vo ariza talablari bilan kelishmagan holda uni rad etishni lozim topgan. Chunki Fuqarolik kodeksining 8-moddasi ikkinchi qismi 1-bandiga ko\u2018ra, fuqarolik huquq va burchlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo\u2018lmasa-da, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko\u2018ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.<\/p>\n<p>Fuqarolik kodeksining 113-moddasi ikkinchi qismiga ko\u2018ra, nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish to\u2018g&#8217;risidagi talabni ushbu Kodeksda ko\u2018rsatilgan shaxslar qo\u2018yishlari mumkin.<\/p>\n<p>Iqtisodiy ishidagi da&#8217;vogar milliy bank da&#8217;vo predmeti bo\u2018lgan ipoteka shartnomasining qatnashuvchisi emas. Demak javobgar <strong>X<\/strong> va O\u2018zbekiston Respublikasi Sanoat qurilish bank o\u2018rtalarida tuzilgan ipoteka shartnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi da&#8217;vo arizasi asosli emas deb topilgan. Bu haqida Plenum qarorining 7-bandida, sud muhokamasi davomida da&#8217;vogarda nizoli bo\u2018lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to\u2018g&#8217;risida da&#8217;vo taqdim etish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, da&#8217;voni qanoatlantirish rad etiladi degan tushintirish mavjud.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Berdimurat BAYMURATOV,<\/strong><br \/>\n<strong>Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-128-moddalarida bitimlar buyicha mahsus normalar belgilangan. Ya\u2019ni mazkur Kodeksning 101-moddasida, bitimlar tushunchasi berilgan bo\u2018lib, o\u2018nga ko\u2018ra bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o\u2018zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi degan norma mavjud. Shuningdek, bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko\u2018p taraflama (shartnomalar) bo\u2018lishi mumkin. Bitim tuzish [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4561,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7385","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7385","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7385"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7385\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7387,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7385\/revisions\/7387"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4561"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7385"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7385"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7385"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}