{"id":7337,"date":"2024-07-30T18:49:04","date_gmt":"2024-07-30T13:49:04","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7337"},"modified":"2024-07-30T18:49:04","modified_gmt":"2024-07-30T13:49:04","slug":"soddalashtirilgan-tartibda-ish-yuritish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/7337","title":{"rendered":"SODDALASHTIRILGAN TARTIBDA ISH YURITISH"},"content":{"rendered":"<p>Odil sudlov samaradorligini yanada oshirish iqtisodiy protsessual huquqining bugungi dolzarb masalalaridan biri. Korxona, muassasa va tashkilotlar hamda fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini o\u2018z vaqtida himoya qilish esa sud ishlarini yuritishni soddalashtirishga bevosita bog&#8217;liq. Shu tufayli iqtisodiy sud ishini yuritishga soddalashtirilgan tartib joriy etildi.<\/p>\n<p>Soddalashtirilgan tartibdagi ishlar sud muhokamasi o\u2018tkazilmasdan, taraflar chaqirtilmasdan va ularning tushuntirishlari eshtilmasdan, da&#8217;vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo\u2018zg&#8217;atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e\u2019tiboran yigirma kundan oshmagan muddatta da&#8217;vo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat o\u2018tganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda ko\u2018rib chiqilishi nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish da&#8217;vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo\u2018yicha sud tomonidan ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p>Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko\u2018rib chiqiladigan ish bo\u2018yicha da&#8217;vo arizasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko\u2018rib chiqiladigan ish bo\u2018yicha da&#8217;vo arizasiga Iqtisodiy protsessual kodeksining 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek da&#8217;vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko\u2018chirma nusxalari javobgarga topshirilganligi haqidagi dalillar ilova qilinadi.<\/p>\n<p>Ushbu talablarga to\u2018liq amal qilingan bo\u2018lsa, sud ish soddalashtirilgan tartibida ko\u2018rilishi hamda ish ko\u2018rib chiqiladigan sanani ko\u2018rsatgan holda da&#8217;vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo\u2018zg&#8217;atish to\u2018g&#8217;risida ajrim chiqaradi, aks holda da&#8217;vo arizasi qaytariladi.<\/p>\n<p>Javobgar da&#8217;vo arizasi yuzasidan yozma fikrini da&#8217;vo arizasining ko\u2018chirma nusxasi o\u2018ziga topshirilgan paytdan e\u2019tiboran o\u2018n besh kunlik muddatda sudga o\u2018zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning ko\u2018chirma nusxasi da&#8217;vogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.<\/p>\n<p>Da&#8217;vo arizasining sudga yuborilishi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan da&#8217;vo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi da&#8217;vo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko\u2018rib chiqishga to\u2018sqinlik qilmaydi.<\/p>\n<p>Belgilangan muddat o\u2018tganidan keyin sudga kelib tushgan da&#8217;vo arizasi yuzasidan yozma fikr, dalillar va boshqa hujjatlar, agar ularni belgilangan muddatda taqdim etishning imkoni bo\u2018lmaganligi taraf tomonidan asoslantirilgan va ular sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar kelib tushgan bo\u2018lsa, qabul qilinadi.<\/p>\n<p>Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko\u2018rib chiqish muddatini Iqtisodiy protsessual kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzaytirishga yol qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o\u2018tkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko\u2018rib chiqadi.<\/p>\n<p>Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntir ishlarni, etirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko\u2018zdan kechiradi va hal qiluv qarorini qabul qiladi.<\/p>\n<p>Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko\u2018rib chiqilgan ish bo\u2018yicha hal qiluv qarori ixtiyoriy tartibda ijro etiladi.<\/p>\n<p>Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko\u2018rib chiqilgan ish bo\u2018yicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo\u2018lsa, qabul qilinganidan keyin o\u2018n kun o\u2018tgach qonuniy kuchga kiradi.<\/p>\n<p>Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo\u2018lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan etiboran qonuniy kuchga kiradi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy sudlarda ishlarni soddalashtirilgan tartibida ko\u2018rish amaliyotining joriy etilishi da&#8217;vo summasi kam bo\u2018lgan nizolar bo\u2018yicha ishlarni tezkorlik bilan ko\u2018rib chiqish va sud hujjatlarining tezda ijro qilinishini ta&#8217;miynlash imkonini beradi, bunday ishlarning ko\u2018rib chiqish protsessini tezlashtiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Rustam QURBANBAEV,\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odil sudlov samaradorligini yanada oshirish iqtisodiy protsessual huquqining bugungi dolzarb masalalaridan biri. Korxona, muassasa va tashkilotlar hamda fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini o\u2018z vaqtida himoya qilish esa sud ishlarini yuritishni soddalashtirishga bevosita bog&#8217;liq. Shu tufayli iqtisodiy sud ishini yuritishga soddalashtirilgan tartib joriy etildi. Soddalashtirilgan tartibdagi ishlar sud muhokamasi o\u2018tkazilmasdan, taraflar chaqirtilmasdan va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7338,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7337","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7337","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7337"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7337\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7339,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7337\/revisions\/7339"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7338"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7337"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7337"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7337"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}