{"id":5572,"date":"2023-06-16T15:51:48","date_gmt":"2023-06-16T10:51:48","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=5572"},"modified":"2023-07-04T14:54:03","modified_gmt":"2023-07-04T09:54:03","slug":"1600-aqsh-dollari-evaziga-ishga-kiritib-berishni-vada-qilgan-firibgar-ushlandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/5572","title":{"rendered":"1600 AQSh dollari evaziga ishga kiritib berishni va&#8217;da qilgan firibgar ushlandi"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hayotda birovning haqiga xiyonat qilish, firib berish orqali mo&#8217;may daromad topishga intilish tufayli yuzi qaro bo&#8217;lgan, el oldida jinoyatchi sifatida boshi egilgan odamlar uchrab turadi. Biroq, ularning achchiq qismati negadir boshqalarga o&#8217;rnak bo&#8217;lmaydi, bu boshi berk ko&#8217;chani tark etishga undamaydi. Go&#8217;yoki o&#8217;zini hammadan aqlliday hisoblab, qilmishimni hech kimga sezdirmayman , yopiqlik qozon yopiqligicha qolaveradi, deb o&#8217;ylaydi. Lekin qing&#8217;ir ishning oxiri voy ekanligini hayot qayta-qayta tasdiqlamoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tumandagi davlat muassasalaridan birida ishlab yurgan, gulday ikki farzandning onasi Gulruh (ismlar o&#8217;zgartirildi) ham topganiga qanoat qilmay, oson pul topish yo&#8217;liga o&#8217;tganida bu haqda chuqurroq o&#8217;ylab ko&#8217;rmadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hamkasb dugonasi Halimadan uning bir qarindoshi o&#8217;z mutaxassisligi bo&#8217;yicha ish izlayotganini, ishsiz qiynalayotganini eshitib, buni go&#8217;yo o&#8217;zi uchun oson pul topishga imkonday qabul qildi. Darrov tanishlari orqali uning ishini hal qilib berishini, buning uchun o&#8217;sha qiz tezroq 1600 dollar pulni topib berishi kerakligini aytdi. Dugonasini pora bersa, ishi oson bitishini aytib, qiziqtirdi. U rozilik bildirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Gulruh o&#8217;sha kuni aytilgan joyda Halimaning qarindoshi pullarni olib kelsa, undan keyingi ishlarini o&#8217;zicha xomcho&#8217;t qilib turganida go&#8217;yo xayollari ro&#8217;yoga aylanganday bo&#8217;ldi: o&#8217;sha qizdan aytilgan summadagi dollarni va hujjatlarini olib sumkasiga solib, endi jo&#8217;namoqchi bo&#8217;layotgan vaqtida uni ma&#8217;muriy organlar xodimlari qo&#8217;lga olishdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yaqinda sodir etgan ushbu holati uchun Gulruhning qarshisiga ochilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo&#8217;yicha tuman sudida batafsil muhokama qilindi. Sud hay\u2019ati ish bo&#8217;yicha to&#8217;plangan barcha hujjatlarni o&#8217;rganib, taraflarning ko&#8217;rsatmalarini eshitib, Gulruhning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Asqar SAFAROV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>jinoyat ishlari bo&#8217;yicha Amudaryo\u00a0 tuman sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Hayotda birovning haqiga xiyonat qilish, firib berish orqali mo&#8217;may daromad topishga intilish tufayli yuzi qaro bo&#8217;lgan, el oldida jinoyatchi sifatida boshi egilgan odamlar uchrab turadi. Biroq, ularning achchiq qismati negadir boshqalarga o&#8217;rnak bo&#8217;lmaydi, bu boshi berk ko&#8217;chani tark etishga undamaydi. Go&#8217;yoki o&#8217;zini hammadan aqlliday hisoblab, qilmishimni hech kimga sezdirmayman , yopiqlik qozon yopiqligicha qolaveradi, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5573,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-5572","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5572"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5574,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5572\/revisions\/5574"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5573"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}