{"id":3917,"date":"2022-05-27T16:52:53","date_gmt":"2022-05-27T11:52:53","guid":{"rendered":"https:\/\/qoraqalpogiston.sud.uz\/?p=3917"},"modified":"2022-05-27T17:03:15","modified_gmt":"2022-05-27T12:03:15","slug":"mustahkam-oila-jamiyat-tayanchi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/3917","title":{"rendered":"Mustahkam oila \u2013jamiyat tayanchi"},"content":{"rendered":"<hr \/>\n<p>Oila-inson tafakkurining oliy mahsuli. Zotan, bu mo\u2019\u2019jaz maskan umrimizga mazmun, hayotimizga fayz beribgina qolmay, jamiyat ravnaqi, yurt taraqqiyotida muhim o\u2019rin tutadi. Ayni chog\u2019da oiladagi totuvlik\u00a0va ahillik kishining ongu shuurida hayotga muhabbat, kasbga sadoqat, atrofdagilarga nisbatan hurmat va e\u2019tibor singari yuksak insoniy fazilatlarni ham shakllantiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ammo so\u2019nggi yillarda turli sabablarga ko\u2019ra, oila ajrimlarining oshib borayotganiga guvoh bo\u2019lyapmiz. Misol uchun, respublika bo\u2019yicha o\u2019tgan 2021 yil davomida 277,4 ming nikoh qayd etilgan bo\u2019lsa, 28,7 ming oila ajrashgan. Bu yangi tuzilgan har 10 oiladan bittasida ajrim ro\u2019y berdi, deganidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudga ajrim uchun ariza topshirayotgan er-xotin tanlagan qarori ham o\u2019ziga, ham jamiyatga, ayniqsa, uning safiga endi qo\u2019shilgan kichik yoshdagi farzandining taqdiriga salbiy ta\u2019sir qilishini anglaydi. Ammo anglash boshqa, natija esa amalda boshqacha tus olmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oilaviy ajrimlar masalasi bugun yo kechaning gapi emas. Bu borada yozilmagan gap, uni bosib chiqarmagan gazeta, mavzu yangramagan ko\u2019rsatuv qolmadi, hisob. Mutasaddilardan so\u2019rasangiz, \u201cloyihalar amalga oshirilyapti, yarashtirish komissiyalari ishlayapti\u201ddan nariga o\u2019tishmaydi. Lekin murg\u2019ak qalbning tirik etim bo\u2019lishi zamonaviy jamiyatda odatiy holga aylanib bormoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tahlillar shuni ko\u2019rsatmoqdaki, ajrashish arafasida turgan, ajrim qayd etilgan oilalarning muammolari bir-biriga o\u2019xshamaydi. Ammo har biri o\u2019z echimiga ega, ajrimga qadar oilani saqlab qolishning imkoniyati ancha yuqori bo\u2019lgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ajrashishlarning aksariyat qismiga urf-odatlar, qaynonaning kelinga soliq solishi, kuyovning esa kelin tomondan mulk ta\u2019ma qilishi, kelinlarning ota uyiga \u201cgap tashishi\u201d, telefon va ijtimoiy tarmoqlar, yoshlarning na fikrlash, na pul topish borasida mustaqil emasligi, yigitlarning o\u2019z so\u2019zini o\u2019tkazishga harakat qilishi, qizlarning esa \u201cxo\u2019p\u201ddan\u00a0yiroqligi, diniy bilimdan bexabarlik, o\u2019zaro hurmat tushunchasining yo\u2019qolishi, besabrlik, aybini tan olmaslik kabi holatlar sabab bo\u2019lmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Achinarlisi, nikoh bekor qilinar ekan uning qiyinchiliklari asosan ayolning zimmasiga tushadi. Chunki aksar hollarda u yashab turgan uyidan bolalari bilan chiqib ketishi hamda\u00a0 o\u2019zi va bolalarning ta\u2019minotini o\u2019ylashga majbur bo\u2019ladi. Ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, ajrashgan ayollarning beshdan to\u2019rt qismi bugun qayta turmush qurmasdan yolg\u2019iz hayot kechiryapti. Buning oqibatida hozirgi kunda Respublika bo\u2019yicha 220 ming nafar voyaga etmagan bolalar to\u2019liq bo\u2019lmagan oilada ota mehriga zor bo\u2019lib ulg\u2019aymoqda\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuncha norasida bolani tirik etimga aylantirgan sabab nima?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bunga yosh oilalar vakillarining nikohga bo\u2019lgan mas\u2019uliyatsizligi, farzand taqdiriga bo\u2019lgan loqaydlik bir sabab bo\u2019lsa, yosh oilalarga maslahat berib, ularga bosh bo\u2019lish o\u2019rniga g\u2019urur va kibrga berilgan, bolasining ayblarini xaspo\u2019shlaydigan ota-onalardagi shoshqaloqlik yana bir sabab bo\u2019lmoqda. Aslida oila haqidagi qadriyatlar yoshlar ongiga bolalikdanoq singdirilishi kerak emasmi\u2026?!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Inson oilani o\u2019ziga juft tanlash bilan boshlaydi. Munosib umr yo\u2019ldoshi tanlash inson hayotidagi eng muhim hayot mamot masalalaridan biri hisoblanadi. Nasl nasabning qanday davom etishi, farzandlarning tarbiyasi, odob axloqi, sog\u2019lik salomatligi hatto, yaqin qarindoshlar bilan bordi keldining saqlanib qolishi ham bo\u2019lajak umr yo\u2019ldoshiga bog\u2019liq. Oila mustahkam bo\u2019lishi uchun oilada er va xotin shariatimiz ko\u2019rsatmalariga mos holda o\u2019z majburiyatlarni to\u2019liq ado qilishlari shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Nikohlanuvchilarning avvalo, ish bilan band bo\u2019lishga intilishi, ikkinchidan, oilasini moddiy ta\u2019minlash maqsadida ishlash uchun uzoqqa ketishga oid istaklari keyinchalik boshqa omillar ta\u2019sirida oilaning buzilishiga olib kelgan, deyish mumkin. Er-xotinni ish bilan ta\u2019minlash, oila byudjetini qo\u2019shimcha daromad evaziga mustahkamlash singari muammolarni bartaraf etish u qadar mushkul emas, ya\u2019ni echimini topish mumkin bo\u2019lgan masaladir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, oilani asrab-avaylash, uning mustahkamligini ta\u2019minlash, ajrashish arafasidagi oilalarni yarashtirish eng ezgu amallardan hisoblanadi. Shunday ekan, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, er-xotinni o\u2019zaro murosaga keltirish borasida nafaqat sudlar, balki keng jamoatchilik ham alohida jonbozlik ko\u2019rsatishi jamiyatimiz rivojiga\u00a0munosib ulush qo\u2019shishi shubhasizdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Zuxra Bayimbetova,\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2019yicha Bo\u2019zatov tuman sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oila-inson tafakkurining oliy mahsuli. Zotan, bu mo\u2019\u2019jaz maskan umrimizga mazmun, hayotimizga fayz beribgina qolmay, jamiyat ravnaqi, yurt taraqqiyotida muhim o\u2019rin tutadi. Ayni chog\u2019da oiladagi totuvlik\u00a0va ahillik kishining ongu shuurida hayotga muhabbat, kasbga sadoqat, atrofdagilarga nisbatan hurmat va e\u2019tibor singari yuksak insoniy fazilatlarni ham shakllantiradi. &nbsp; Ammo so\u2019nggi yillarda turli sabablarga ko\u2019ra, oila ajrimlarining oshib borayotganiga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3918,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-3917","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3917","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3917"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3917\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3922,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3917\/revisions\/3922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3918"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3917"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3917"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3917"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}