{"id":3914,"date":"2022-05-26T16:48:16","date_gmt":"2022-05-26T11:48:16","guid":{"rendered":"https:\/\/qoraqalpogiston.sud.uz\/?p=3914"},"modified":"2022-05-27T16:50:41","modified_gmt":"2022-05-27T11:50:41","slug":"sud-hujjatlarining-ijrosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/3914","title":{"rendered":"Sud hujjatlarining ijrosi"},"content":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining (keyin-IPK) 334-moddasiga ko&#8217;ra, sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari mustasno.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Da&#8217;voni ta&#8217;minlash bo&#8217;yicha choralar ko&#8217;rish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to&#8217;g&#8217;risidagi ajrim, shuningdek soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko&#8217;rib chiqilgan ishlar bo&#8217;yicha hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo&#8217;lsa, sud hujjatining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>IPKning 335-moddasida, sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir \u2013 deb belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, IPKning 337-moddasi birinchi qismi 5-bandiga ko&#8217;ra, sud hujjatining xulosa qismi ijro varaqasida ko&#8217;rsatilgan bo&#8217;lishi kerak.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Lekin amaliyotida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasida javobgarning manzili xato ko&#8217;rsatilgan holatlari mavjud. Ya\u2019ni bir misol: ushbu sudning 4-2301-2203\/99-sonli iqtisodiy ish bo&#8217;yicha qo&#8217;shimcha javobgar manzili Toshkent shahri, Muqumiy ko&#8217;chasi XX uy deb ko&#8217;rsatilishi lozim bo&#8217;lsada, qo&#8217;shimcha javobgarning Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi filial manzili ko&#8217;rsatilgan. Natijada sudning ijro varaqasi integratsiyalangan elektron ma&#8217;lumotlar bazasi orqali Nukus shahar Majburiy ijro bo&#8217;limiga elektron shaklda jo&#8217;natilgan. Bu esa o&#8217;z navbatida Majburiy ijro bo&#8217;limi tomonidan qo&#8217;shimcha javobgarning Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi filialining hisob-raqamlarini xatlashga asos bo&#8217;lgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Respublikasining \u00abSud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to&#8217;g&#8217;risida\u00bbgi Qonuning 31-moddasiga ko&#8217;ra, ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo&#8217;lgan taqdirda davlat ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos bo&#8217;lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga ko&#8217;ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni so&#8217;rab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan e\u2019tiboran o&#8217;n kunlik muddat ichida uni ko&#8217;rib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos bo&#8217;lgan o&#8217;zi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga ko&#8217;ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini o&#8217;zgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish to&#8217;g&#8217;risida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Nukus shahar Majburiy ijro bo&#8217;limining ijro hujjatiga tushuntirish berish haqidagi arizasi bo&#8217;yicha chiqarilgan sud ajrimida xato kamchilik to&#8217;g&#8217;rilang&#8217;an va sudning ijro varaqasi tegishli majburiy ijro byurosiga jo&#8217;natilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong> Berdimurat Baymuratov,<\/strong><\/p>\n<p><strong> Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi <\/strong><strong>sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining (keyin-IPK) 334-moddasiga ko&#8217;ra, sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari mustasno. &nbsp; Da&#8217;voni ta&#8217;minlash bo&#8217;yicha choralar ko&#8217;rish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3915,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[17],"tags":[],"class_list":["post-3914","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3914","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3914"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3914\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3916,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3914\/revisions\/3916"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3915"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3914"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3914"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3914"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}