{"id":3665,"date":"2022-02-17T17:14:43","date_gmt":"2022-02-17T12:14:43","guid":{"rendered":"https:\/\/qoraqalpogiston.sud.uz\/?p=3665"},"modified":"2022-03-05T17:25:16","modified_gmt":"2022-03-05T12:25:16","slug":"nimani-xor-qilsang-shunga-zor-bolasan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/3665","title":{"rendered":"Nimani xo\u2018r qilsang &#8211; shunga zor bo\u2018lasan"},"content":{"rendered":"<p>Hayotning turfa xil yo\u2018llarida taqdir sinovlariga duch kelgan, umri davomida yaxshi-yomonni anglay bilgan donishmandlardan biri aytgan ekan, dunyo bozorlarini kezdim, lekin bu uch narsa hech bir bozorda sotilmas ekan: biri mehr, biri qadr, biri ota-onadir.<\/p>\n<p>Haqiqatdan ham mehr va qadrga inson hayoti davomida qalb ila erishsa, xudoning in\u2019omi bilan ota-onamiz borki, biz farzandlar dunyoga kelganmiz. Ba\u2019zan kundalik ishlarimiz bilan band bo\u2018lib, ota-onamizga yetarli e\u2019tibor qilolmay qoldikmi deya savollar beramiz o\u2018zimizga. Ularning yuzlarida xotirjamlik ko\u2018rmasak, ko\u2018nglimiz yorishmaydi. Har bir farzand uchun dunyoda eng yaxshi insonlar bu birinchi navbatda o\u2018zining ota-onasidir. Chunki, ota-onalarimiz hardoim biz farzandlar haqida qayg\u2018uradi, har bir yaxshi ishimizdan, yutug\u2018imizdan olamda yo\u2018q xursand. Bu narsa o\u2018zimizga bog\u2018liq emaski, balki olloh tomonidan berilgan ota-ona va farzand o\u2018rtasidagi \u00abMyehr rishtasi\u00bb deb atalmish buyuk ko\u2018prikdir.<\/p>\n<p>Aytish joizki, amaldagi O\u2018zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida \u00abOta-ona o\u2018z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o\u2018z bolalarining sog\u2018ligi, jismoniy, ruhiy, ma\u2019naviy va axloqiy kamoloti haqida g\u2018amxo\u2018rlik qilishlari shart\u00bb deb ko\u2018rsatilgan.<br \/>\nLekin, ayrim kimsalarning farzandlariga mehrsizligini, ular tarbiyasiga befarqligini ko\u2018rib, axir ularni ham ona dunyoga keltirgan, ota ardoqlab o\u2018stirgan, ular ham bir paytlar bola bo\u2018lganku deb o\u2018ylab qolasan kishi. Shunchalar tuban ketishiga, bemehr bo\u2018lib qolishiga kimdir yoki nimadir sababchi bo\u2018lganmi?<br \/>\nO\u2018zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79-moddasida \u00abOta-onalar ota-onalik vazifalarini bajarishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin\u00bb deb belgilab qo\u2018yilgan.E\u2019tiboringizni shu mavzuga oid bitta masalaga qaratmoqchimiz. (Maqoladagi ism-shariflar, voqealar o\u2018zgartirilgan. Har qanday o\u2018xshashlik tasodifdir.)<\/p>\n<p>Ulug\u2018bek tengdoshlari kabi o\u2018ynab kulmas, har doim g\u2018amgin yurar, huddi katta hayotga qadam qo\u2018yganu, sinovlar girdobida chorasiz qolgan odamlar kabi nigohlari ma\u2019yus edi. Nahotki endigina 6-sinfga qadam qo\u2018ygan bu bolaning ko\u2018zlarida shuncha nafrat, ko\u2018nglida shuncha g\u2018uborlar yashiringan.<\/p>\n<p>U umid ilinjida derazadan tashqariga tinmay qarardi, hozir onasi keladiyu uni olib ketadigandek tuyulardi. Bugun yana tushida onasini ko\u2018rib chiqdi, shunday onasi bag\u2018riga otilgandi, uyg\u2018onib ketdi. Bir dunyo sog\u2018inchlari yana yuragini ezdi.<\/p>\n<p>Nima ro\u2018y berganu bolaning ruhiyati bunchalar a\u2019ziyat chekmoqda\u2026<\/p>\n<p>Sud majlisida da\u2019vogar tuman prokuri fuqarolar Egamberdiyev Mansurbek Maulenovich va Xalmuratova Feruza Nazarovnalarni 2005-yilda tug\u2018ilgan Maulenov Ulug\u2018bekga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish to\u2018g\u2018risida da\u2019vo ariza bilan murojaat qilib, o\u2018smir Maulenov Ulug\u2018bek mana necha yildirki mehribonlik uyida tarbiyalanib kelayotganligini, javobgarlar M.Egamberdiyev va F.Xalmuratovalar shu paytgacha farzandidan umuman xabar olmaganligini, ularning tarbiyasi bilan qiziqmaganligini, moddiy yordam bermaganligini, shu sababli javobgarlarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishni so\u2018raydi.<\/p>\n<p>Fuqarolar Egamberdiyev Mansurbek va Xalmuratova Feruzalar 2003-yili turmush qurib, qonuniy nikohdan o\u2018tmasdan birga yashab keladi. O\u2018rtalarida Maulenov Ulug\u2018bek ismli farzand dunyoga keladi. Er-xotin turmushning dastlabki kunlaridanoq o\u2018zaro kelisholmasdi. Arzimagan narsadan janjal chiqardi. Er-xotin bir-birini tushunmas, Mansurbek ayolini odam o\u2018rnida ko\u2018rmasdi, u badjahl, sal narsaga jig\u2018ibiyron bo\u2018lib janjal chiqaradigan odamlar toifasidan edi. Kezi kelganida farzandini ham ayab o\u2018tirmasdi. Ayol esa er bir gapni o\u2018n tushuntirganda zo\u2018rg\u2018a ilg\u2018ab oladigan, fahm-farosatdan yiroq edi. Feruza farzandi uchun bariga chidab kelayotgandi, lekin uning ham sabr kosasi to\u2018ldimi, nazarida azob-uqubatlardan qochib qutulaman deb o\u2018yladimi, pul topaman bahonasida Qozog\u2018iston Respublikasiga ishlagani ketadigan odat chiqardi. Axir bittayu-bitta farzandi bor bu oilaga nima yetishmasdi o\u2018zi?! Balki o\u2018zaro hurmat va mehr-oqibat yetishmas?! Kim bilsin yana\u2026<\/p>\n<p>Feruza oxirgi ketganida muqaddas sanalgan dargoh &#8211; oila, ulug\u2018 ne\u2019mat \u2013 farzand va uning tarbiyasidan ko\u2018ra o\u2018zining halovatini ustun qo\u2018ydimi, uyga qaytmadi. \u00abUyingga qayt\u00bb deya nasihat qilgan qarindoshlariga erining azoblariga chiday olmasligini pesh qilardi go\u2018yo, lekin jajjigina farzandining kelajagi nima bo\u2018lishini hayoliga ham keltirmasdi. Nahotki bu ayol o\u2018tkinchi hayot qiyinchiliklarini deb, guldek farzandidan voz kechgan bo\u2018lsa?! Koshki, ota farzandiga mehribon bo\u2018lsa, huddi begonalerdek berahm edi. Xalqimiz orasida \u00abAyolning joni qirqta bo\u2018ladi, ayol farzandi uchun harqanday qiyinchilikka bardosh beradi\u00bb degan gaplarni eshitamiz. Haqiqatdan ham farzandlari uchun kerak bo\u2018lsa toshni kemirgan, mashaqqat ila hayot kechirayotgan mo\u2019tabar onalarimiz qancha, farzandi uchun tog\u2018ni talqon qilgan mard otalarimiz qancha?!<\/p>\n<p>Mana, Ulug\u2018bekning bosiq, g\u2018amgin yurishining asl sababi qayerda, ya\u2019ni ota-ona mehri yetishmasligida edi. Unga erkalab bag\u2018riga bosadigan ona, mening o\u2018g\u2018lim hammadan zo\u2018r deb faxr ila yelkasidan qoqib qo\u2018yadigan ota kerak edi. Shunday ota-onasi bor tengdoshlariga ich-ichidan havas qilardi. Lekin insonda hamma narsani tanlash imkoni bo\u2018lsa ham, ota-onani tanlash imkoniyati berilmaganligini u yosh bola bo\u2018lishiga qaramasdan judayam yaxshi tushunardi. Lekin jizzakilikda bir-biridan oshib tushadigan, befarqlikda bir-biridan qolishmaydigan ota-ona bola ko\u2018ngli bilan biron marta qiziqib ko\u2018rdimi, afsuski yo\u2018q.<\/p>\n<p>Sud majlisidagi taraflarning tushuntirishlari, ish hujjatlari va aniqlangan holatlarga atroflicha baho berilib, sud tomonidan da\u2019vo arizani qanoatlantirish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining \u00abBolalar tarbiyasi bilan bog\u2018liq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo\u2018llash amaliyoti to\u2018g\u2018risida\u00bb gi 11.09.1998 yil 23-son Qarorining 15-bandida \u00abOta-onalik majburiyatlarini bajarishdan bo\u2018yin tovlashlik deganda &#8211; ota-onalik burchlarini uzluksiz ravishda bajarmaslik, o\u2018z bolalariga qanday bo\u2018lmasin g\u2018amxo\u2018rlik qilmaslik tushuniladi. Ota-onaning o\u2018z majburiyatlarini bajarishdan bo\u2018yin tovlaganliklari ularning bolalarining ma\u2019naviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, ta\u2019limi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi to\u2018g\u2018risida g\u2018amxo\u2018rlik qilmaganligida namoyon bo\u2018ladi\u00bb deb ko\u2018rsatilgan.<br \/>\nUlug\u2018bek ham kelajakda ismiga mos ulug\u2018 inson bo\u2018lib yetishar balki. Uning ham hayot yo\u2018lida chinakamiga mehribon insonlar topilar.<\/p>\n<p>Ha, ota-onasiz o\u2018sib ulg\u2018ayotgan bolalar qancha dersiz. To\u2018g\u2018ri, mehribonlik uylarida ularga hamma sharoitlar muhayyo. Lekin masalaning muammoli tomoni, ota-ona mehrichi\u2026?! Ularning yarimta ko\u2018nglini kim ham o\u2018z ota-onasi kabi to\u2018ldira olardi. Baxtga qarshi, hechkim.<\/p>\n<p>Biz o\u2018zgalar hayoti, turmush tarziga baho berishdan yiroqmiz, lekin o\u2018z dilbandidan mehrini darig\u2018 tutgan yuqorida nomlari tilga olingan \u00abqalbi so\u2018qirlar\u00bb ertaga kimdan ham muruvvat kutardi. Bir kun kelib qarigan chog\u2018ida farzand dog\u2018i tutmasmikan ularni yoki taqdirim shu deya o\u2018zlarini oqlashga bahonalar qidirarmikan, balki qilmishlaridan afsuslanar, buni vaqt ko\u2018rsatadi?! Shu zamon bir gap beixtiyor esimizga tushadi, xalqimizda \u00abMehr bersang &#8211; mehr topasan, nimani xo\u2018r qilsang &#8211; shunga zor bo\u2018lasan, borida qadriga yetmaganimizning uvoli tutar\u00bb degan gaplari bejizga emasku.<\/p>\n<p><strong>Sh. ABDIJEMILOVA,<\/strong><br \/>\n<strong>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Nukus tumanlararo sudi sudyasi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayotning turfa xil yo\u2018llarida taqdir sinovlariga duch kelgan, umri davomida yaxshi-yomonni anglay bilgan donishmandlardan biri aytgan ekan, dunyo bozorlarini kezdim, lekin bu uch narsa hech bir bozorda sotilmas ekan: biri mehr, biri qadr, biri ota-onadir. Haqiqatdan ham mehr va qadrga inson hayoti davomida qalb ila erishsa, xudoning in\u2019omi bilan ota-onamiz borki, biz farzandlar dunyoga kelganmiz. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3666,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-3665","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3665","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3665"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3665\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3667,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3665\/revisions\/3667"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3666"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3665"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3665"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3665"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}