{"id":3339,"date":"2021-12-14T11:30:41","date_gmt":"2021-12-14T06:30:41","guid":{"rendered":"https:\/\/qoraqalpogiston.sud.uz\/?p=3339"},"modified":"2021-12-15T11:32:32","modified_gmt":"2021-12-15T06:32:32","slug":"xotin-qizlarga-nisbatan-zoravonlikka-birgalikda-kurashamiz-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/3339","title":{"rendered":"Xotin-qizlarga nisbatan zo&#8217;ravonlikka birgalikda kurashamiz"},"content":{"rendered":"<p>Hozirgi kunda butun dunyoda ro&#8217;y berayotgan globallashuv davrida xotin-qizlarning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish juda ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jamiyatda xotin-qizlarning iqtisodiy-siyosiy hamda ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yuksaltirish jarayonlari kechiktirib bo&#8217;lmas davr talabi hisoblanmoqda.<\/p>\n<p>So&#8217;nggi yillarda gender tenglikni ta&#8217;minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo&#8217;yicha ishlar bir necha yo&#8217;nalishlarda olib borilmoqda. Shu ma&#8217;noda Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari Q.Xojamuratov va B.Bekmuratovlar tomonidan ham mazkur sohadagi qonunchilik choralariga to&#8217;xtalinib, quyidagilar ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3341 aligncenter\" src=\"https:\/\/qoraqalpogiston.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/3333333-2-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/3333333-2-300x169.jpg 300w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/3333333-2-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/3333333-2-768x432.jpg 768w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/3333333-2-16x9.jpg 16w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/3333333-2.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><br \/>\nXususan, O&#8217;zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta&#8217;minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil sentyabr oyida \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi hamda \u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi Qonunlar qabul qilindi.<\/p>\n<p>\u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi Qonunga binoan tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan jabrlanuvchi xotin-qizlarning huquqlari belgilab berildi, ayniqsa ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to&#8217;g&#8217;risidagi talab bilan murojaat qilish huquqi mustahkamlanib qo&#8217;yildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan himoya qilish sohasidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati, ichki ishlar, mehnat, ta&#8217;lim va sog&#8217;liqni saqlash tizimini davlat tomonidan boshqarish organlari, O&#8217;zbekiston Xotin-qizlar qo&#8217;mitasi, fuqarolar o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari, NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakolatlari alohida ajratib berildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3340 aligncenter\" src=\"https:\/\/qoraqalpogiston.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/2222-1-300x169.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"169\" srcset=\"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/2222-1-300x169.jpg 300w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/2222-1-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/2222-1-768x432.jpg 768w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/2222-1-16x9.jpg 16w, https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/2222-1.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><br \/>\nO&#8217;zbekiston Xotin-qizlar qo&#8217;mitasiga yordam ko&#8217;rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo&#8217;ravonlik holatlarining oldini olish to&#8217;g&#8217;risida axborot olishni ta&#8217;minlash maqsadida O&#8217;zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog&#8217;i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta&#8217;minlash vazifasi yuklatilgan. Telefon liniyasi tarmog&#8217;i maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.<\/p>\n<p>Tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan jarblanuvchilar uchun Mahalla va oilani qo&#8217;llab-quvvatlash vazirligining 1146 raqamli hamda Og&#8217;ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazining 1169 raqamli ishonch telefonlari yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Qonunda himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish tartibi ham belgilangan bo&#8217;lib, himoya orderi tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o&#8217;tkazgan va (yoki) zo&#8217;ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo&#8217;lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.<br \/>\nGender tenglik bo&#8217;yicha institutsional choralarga kelsak, ayni paytda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta&#8217;minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo&#8217;yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg&#8217;unlashtirish bilan shug&#8217;ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo&#8217;mitasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo&#8217;llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo&#8217;ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida Zo&#8217;rlik ishlatishdan jabr ko&#8217;rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o&#8217;z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzurida \u201cOila\u201d ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.<\/p>\n<p>Xulosa o&#8217;rnida ta&#8217;kidlash joizki, ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning barcha hududlari va xotin-qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak. Bu erda ayniqsa chekka hududlardagi, qishloqlardagi xotin-qizlarga, etnik ozchilik guruhlari, nogironlar va notinch oilalardagi xotin-qizlarga asosiy e\u2019tibor qaratilishi darkor.<\/p>\n<p>O&#8217;tkazilgan tadbir qizg&#8217;in bahs-munozaralarga va savol-javoblarga boy tarzda o&#8217;tganligi bilan katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Bayrambay Bekmuratov,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hozirgi kunda butun dunyoda ro&#8217;y berayotgan globallashuv davrida xotin-qizlarning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish juda ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jamiyatda xotin-qizlarning iqtisodiy-siyosiy hamda ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yuksaltirish jarayonlari kechiktirib bo&#8217;lmas davr talabi hisoblanmoqda. So&#8217;nggi yillarda gender tenglikni ta&#8217;minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo&#8217;yicha ishlar bir necha yo&#8217;nalishlarda olib borilmoqda. Shu ma&#8217;noda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3341,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-3339","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3339","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3339"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3339\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3342,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3339\/revisions\/3342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3341"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3339"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3339"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3339"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}