{"id":3331,"date":"2021-12-14T11:18:23","date_gmt":"2021-12-14T06:18:23","guid":{"rendered":"https:\/\/qoraqalpogiston.sud.uz\/?p=3331"},"modified":"2021-12-14T15:59:08","modified_gmt":"2021-12-14T10:59:08","slug":"xotin-qizlarga-nisbatan-zoravonlikka-birgalikda-kurashamiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/3331","title":{"rendered":"XOTIN-QIZLARGA NISBATAN ZO&#8217;RAVONLIKKA BIRGALIKDA KURASHAMIZ"},"content":{"rendered":"<p>Hozirgi kunda butun dunyoda ro&#8217;y berayotgan globallashuv davrida xotin-qizlarning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish juda ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jamiyatda xotin-qizlarning iqtisodiy-siyosiy hamda ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yuksaltirish jarayonlari kechiktirib bo&#8217;lmas davr talabi hisoblanmoqda.<\/p>\n<p>So&#8217;nggi yillarda gender tenglikni ta&#8217;minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo&#8217;yicha ishlar bir necha yo&#8217;nalishlarda olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur sohadagi qonunchilik choralariga to&#8217;xtaladigan bo&#8217;lsak, O&#8217;zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta&#8217;minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil sentyabr oyida \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi hamda \u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi Qonunlar qabul qilindi.<\/p>\n<p>\u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi Qonunga binoan tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan jabrlanuvchi xotin-qizlarning huquqlari belgilab berildi, ayniqsa ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to&#8217;g&#8217;risidagi talab bilan murojaat qilish huquqi mustahkamlanib qo&#8217;yildi.<br \/>\nShuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan himoya qilish sohasidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati, ichki ishlar, mehnat, ta&#8217;lim va sog&#8217;liqni saqlash tizimini davlat tomonidan boshqarish organlari, O&#8217;zbekiston Xotin-qizlar qo&#8217;mitasi, fuqarolar o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari, NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakolatlari alohida ajratib berildi.<\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Xotin-qizlar qo&#8217;mitasiga yordam ko&#8217;rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo&#8217;ravonlik holatlarining oldini olish to&#8217;g&#8217;risida axborot olishni ta&#8217;minlash maqsadida O&#8217;zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog&#8217;i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta&#8217;minlash vazifasi yuklatilgan. Telefon liniyasi tarmog&#8217;i maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.<\/p>\n<p>Tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan jarblanuvchilar uchun Mahalla va oilani qo&#8217;llab-quvvatlash vazirligining 1146 raqamli hamda Og&#8217;ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazining 1169 raqamli ishonch telefonlari yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Qonunda himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish tartibi ham belgilangan bo&#8217;lib, himoya orderi tazyiq va zo&#8217;ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o&#8217;tkazgan va (yoki) zo&#8217;ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo&#8217;lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.<\/p>\n<p>Shu o&#8217;rinda, gender tenglik bo&#8217;yicha institutsional choralarga kelsak, ayni paytda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta&#8217;minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo&#8217;yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg&#8217;unlashtirish bilan shug&#8217;ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo&#8217;mitasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo&#8217;llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo&#8217;ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida Zo&#8217;rlik ishlatishdan jabr ko&#8217;rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o&#8217;z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzurida \u201cOila\u201d ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.<\/p>\n<p>Xulosa o&#8217;rnida ta&#8217;kidlash joizki, ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning barcha hududlari va xotin-qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak. Bu erda ayniqsa chekka hududlardagi, qishloqlardagi xotin-qizlarga, etnik ozchilik guruhlari, nogironlar va notinch oilalardagi xotin-qizlarga asosiy e\u2019tibor qaratilishi darkor.<\/p>\n<p><strong>Quwanishbay XOJAMURATOV,<\/strong><br \/>\n<strong>Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hozirgi kunda butun dunyoda ro&#8217;y berayotgan globallashuv davrida xotin-qizlarning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish juda ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jamiyatda xotin-qizlarning iqtisodiy-siyosiy hamda ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yuksaltirish jarayonlari kechiktirib bo&#8217;lmas davr talabi hisoblanmoqda. So&#8217;nggi yillarda gender tenglikni ta&#8217;minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo&#8217;yicha ishlar bir necha yo&#8217;nalishlarda olib borilmoqda. Mazkur sohadagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3332,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-3331","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3331","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3331"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3331\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3333,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3331\/revisions\/3333"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3332"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3331"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3331"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3331"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}