{"id":10424,"date":"2026-08-10T18:08:29","date_gmt":"2026-08-10T13:08:29","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10424"},"modified":"2026-08-12T18:11:15","modified_gmt":"2026-08-12T13:11:15","slug":"sud-tizimi-islohotlari-izchil-davom-etmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10424","title":{"rendered":"SUD TIZIMI ISLOHOTLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026 yil 8 iyun kuni \u00abSudlarda komplaens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo\u2018shimcha chora-tadbirlari to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Farmon imzolandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur Farmon sud organlarining ichki boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bo\u2018lib, unda uchta muhim maqsad belgilab berilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Birinchi maqsad \u2014 sudlarda korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning professional tizimini joriy etish orqali korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish.<\/p>\n<p>Ikkinchi maqsad \u2014 sud apparatiga ishga qabul qilishda shaffof tartib-taomillarga asoslangan ochiq tanlov hamda meritokratiya tamoyilini joriy etish.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Uchinchi maqsad \u2014 sud tizimiga jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va sud organlarini Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish yo\u2018lidagi islohotlarning amaliy ishtirokchisiga aylantirish.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonda belgilangan vazifalar quyidagi to\u2018rt asosiy yo\u2018nalishni qamrab oladi:<\/p>\n<p>\u2014 sud apparati xodimlari o\u2018rtasida korruptsiyaning oldini olish;<\/p>\n<p>\u2014 Komplaens nazorat xizmatini tashkil etish;<\/p>\n<p>\u2014 sudyalar korpusida korruptsiyaga murosasizlik madaniyatini shakllantirish;<\/p>\n<p>\u2014 Farmon ijrosini ta&#8217;minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish.<\/p>\n<p>Har bir yo\u2018nalish bo\u2018yicha aniq muddatlar, mas\u2019ul idoralar va amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi \u00abyo\u2018l xaritasi\u00bb belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonning eng muhim tashkiliy yangiliklaridan biri \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatida Komplaens nazorat xizmatini tashkil etishdir. Mazkur xizmat Oliy sud raisiga bevosita bo\u2018ysunadi va 3 ta shtat birligidan iborat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida jami 15 ta komplaens inspektori lavozimini joriy etish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Komplaens nazorat xizmatining asosiy vazifalariga korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, kasb etikasi qoidalariga rioya etilishini doimiy monitoring qilish, ishga qabul qilish jarayonida oshkoralik va xolislikni ta&#8217;minlash, shuningdek, xodimlar va ularning oila a&#8217;zolari \u2014 turmush o\u2018rtog&#8217;i hamda voyaga etmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini yuritish kiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmon bilan sud apparatini boshqarishda yangi yondashuv \u2014 HR-meritokratik tamoyillarni joriy etish ko\u2018zda tutilmoqda. Jumladan, \u00abvacancy.sud.uz\u00bb portalini ishlab chiqish va ishga tushirish nazarda tutilgan. Mazkur platforma orqali sud apparatidagi barcha bo\u2018sh lavozimlar ochiq va raqobatli tanlov asosida e\u2019lon qilinadi. Nomzodlar sun\u2019iy intellekt yordamida saralash, test sinovlari hamda kasbiy ko\u2018nikmalarni baholash bosqichlaridan o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u00abSudHR\u00bb elektron platformasi esa sud tizimida xodimlar bilan ishlashning zamonaviy usullarini joriy etishga qaratilgan. U orqali xodimlar faoliyati monitoringi, ularning kasbiy o\u2018sish traektoriyasi, malaka oshirish rejalari va samaradorlik ko\u2018rsatkichlarini baholash jarayonlari raqamli, shaffof va ob\u2019ektiv tarzda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonda belgilangan chora-tadbirlar rivojlangan davlatlar sud tizimining ilg&#8217;or va sinovdan o\u2018tgan tajribasini milliy sud tizimiga moslashtirish, korruptsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga ko\u2018tarish, korruptsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Ibrayim ALLANIYAZOV<\/strong><br \/>\n<strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Beruniy tuman sudining tergov sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026 yil 8 iyun kuni \u00abSudlarda komplaens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo\u2018shimcha chora-tadbirlari to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Farmon imzolandi. &nbsp; Mazkur Farmon sud organlarining ichki boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bo\u2018lib, unda uchta muhim maqsad belgilab berilgan. &nbsp; Birinchi maqsad \u2014 sudlarda korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning professional tizimini joriy etish orqali korruptsiyani [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10427,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10424","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10424","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10424"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10424\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10428,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10424\/revisions\/10428"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10427"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10424"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10424"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10424"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}