{"id":10370,"date":"2026-05-23T11:50:20","date_gmt":"2026-05-23T06:50:20","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10370"},"modified":"2026-07-09T11:51:43","modified_gmt":"2026-07-09T06:51:43","slug":"mamuriy-javobgarlikda-odillik-va-individual-yondashuv-sud-amaliyoti-misolida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10370","title":{"rendered":"MA\u2019MURIY JAVOBGARLIKDA ODILLIK VA INDIVIDUAL YONDASHUV: SUD AMALIYOTI MISOLIDA"},"content":{"rendered":"<p class=\"isSelectedEnd\">\n<p class=\"isSelectedEnd\">So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda bu sohada qonuniylikni ta\u2019minlash davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada ma\u2019muriy organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ustidan samarali sud nazoratini amalga oshirish fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Konstitutsiyamizda har bir shaxsning davlat organlari va mansabdor shaxslar qarorlari ustidan sudga murojaat qilish huquqi mustahkamlangan. Shuning uchun ma\u2019muriy jazo qo\u2018llash to\u2018g\u2018risidagi qarorlar ham sud tomonidan har tomonlama, to\u2018liq va xolisona tekshiriladi. Sud bunday ishlarni ko\u2018rib chiqishda nafaqat huquqbuzarlik faktini, balki qarorning qonuniyligi, asosliligi, huquqbuzarning shaxsi, keltirilgan vajlar, taqdim etilgan dalillar hamda ishning boshqa barcha ahamiyatli holatlariga huquqiy baho beradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">To\u2018rtko\u2018l tuman sudi amaliyotida ko\u2018rib chiqilgan ishlardan biri ham aynan ma\u2019muriy organ qarori ustidan berilgan shikoyat bilan bog\u2018liq bo\u2018lib, mazkur ish sud tomonidan qonun ustuvorligi, adolat va xolislik tamoyillari asosida ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">To\u2018rtko\u2018l tuman sudi tomonidan ko\u2018rib chiqilgan ishlardan birida fuqaro Kadastr organi tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining 60-moddasi 3-qismi asosida tayinlangan ma\u2019muriy jarimani bekor qilishni so\u2018rab sudga murojaat qildi. U shikoyatida jarimani to\u2018lash imkoniyati yo\u2018qligini, pensiyada ekanini va moddiy ahvoli og\u2018irligini vaj sifatida keltirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Sud ish materiallarini, huquqbuzarning ko\u2018rsatmalarini, Kadastr organi taqdim etgan dalillarni hamda elektron axborot tizimlari orqali olingan ma\u2019lumotlarni har tomonlama o\u2018rgandi. Tekshirish davomida huquqbuzarning moddiy ahvoli haqidagi ma\u2019lumotlar uning keltirgan vajlarini tasdiqlamasligi, uning mulki va transport vositalari mavjudligi aniqlandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Shu bilan birga, huquqbuzar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarlik oqibatlari ham to\u2018liq bartaraf etilmagani inobatga olindi. Sud mazkur holatlarni huquqiy jihatdan baholab, Kadastr organi qarori qonuniy va asosli qabul qilingan, degan xulosaga keldi hamda shikoyatni qanoatlantirmasdan, ma\u2019muriy organ qarorini o\u2018zgarishsiz qoldirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Mazkur sud amaliyoti shuni ko\u2018rsatadiki, sudlar har bir ishni ko\u2018rishda faqat murojaatchining bayonotlari bilan cheklanib qolmaydi. Aksincha, barcha dalillar, huquqiy normalar va obyektiv ma\u2019lumotlar chuqur tahlil qilinib, qonun ustuvorligi hamda adolat prinsiplari ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Fuqarolar shuni unutmasliklari lozimki, ma\u2019muriy jazoni bekor qilish yoki yengillashtirish haqidagi talablar faqat asosli huquqiy dalillar bilan tasdiqlangan taqdirdagina qanoatlantirilishi mumkin. Sud esa har bir qarorni qonun talablari, xolislik va adolat tamoyillariga tayangan holda qabul qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Qonunga hurmat, yer munosabatlariga mas\u2019uliyat bilan yondashish va belgilangan tartiblarga rioya qilish huquqbuzarliklarning oldini olishning eng samarali vositasi hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Baurjan SABUROV,<\/strong><br \/>\n<strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha To\u2018rtko\u2018l tuman sudining tergov sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda bu sohada qonuniylikni ta\u2019minlash davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada ma\u2019muriy organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ustidan samarali sud nazoratini amalga oshirish fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati hisoblanadi. &nbsp; Konstitutsiyamizda har bir shaxsning davlat organlari va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9631,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10370","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10370","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10370"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10370\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10371,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10370\/revisions\/10371"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9631"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10370"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10370"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10370"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}