{"id":10366,"date":"2026-06-22T11:22:37","date_gmt":"2026-06-22T06:22:37","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10366"},"modified":"2026-07-09T11:23:56","modified_gmt":"2026-07-09T06:23:56","slug":"huquqiy-dalil-va-obyektiv-malumotlar-odil-sudlovning-asosiy-mezoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10366","title":{"rendered":"HUQUQIY DALIL VA OBYEKTIV MA\u2019LUMOTLAR \u2013 ODIL SUDLOVNING ASOSIY MEZONI"},"content":{"rendered":"<p class=\"isSelectedEnd\">\n<p class=\"isSelectedEnd\">Sudga murojaat qilish huquqi har bir fuqaroga Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Biroq sudga qilingan har bir murojaatning qanoatlantirilishi uchun da\u2019vo yoki shikoyat ishonchli huquqiy dalillar bilan asoslantirilgan bo\u2018lishi lozim. Sud qaror qabul qilishda his-tuyg\u2018u yoki taxminlarga emas, balki qonun talablari va ishdagi obyektiv dalillarga tayanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bu jihat ayniqsa yer munosabatlari bilan bog\u2018liq ma\u2019muriy huquqbuzarliklar bo\u2018yicha ishlarda yaqqol namoyon bo\u2018ladi. Amalda uchraydigan holatlardan biri sifatida To\u2018rtko\u2018l tuman sudida ko\u2018rib chiqilgan ishni misol keltirish mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Fuqaro I.R. Kadastr organi tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining 60-moddasi 3-qismi asosida tayinlangan 82 million 400 ming so\u2018mlik ma\u2019muriy jarimani asossiz deb hisoblab, sudga shikoyat bilan murojaat qildi. U o\u2018z murojaatida do\u2018koniga nisbatan tekshiruv asossiz o\u2018tkazilganini, qurilish uchun tegishli hujjatlari mavjudligini hamda jarimani to\u2018lash imkoniyati yo\u2018qligini bildirib, jazoni yengillashtirish yoki undan ozod qilishni so\u2018radi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Biroq sud muhokamasi jarayonida ishning barcha holatlari atroflicha o\u2018rganildi. Kadastr organi inspektorining ko\u2018rsatmalari, davlat yer nazorati dalolatnomasi, fotohujjatlar, Davlat kadastrlari palatasi bayonnomasi hamda arxiv ma\u2019lumotlari bir-biri bilan taqqoslanib tahlil qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Tekshirish davomida fuqaro foydalanayotgan 40 kvadrat metr yer maydoniga davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazish uchun asos sifatida ko\u2018rsatilgan tuman hokimining qarorida uning nomi mavjud emasligi arxiv hujjatlari bilan tasdiqlandi. Shuning uchun mazkur davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazish bekor qilingan va yer maydoni tegishli huquqiy asoslarsiz egallangani aniqlandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Shuningdek, sud huquqbuzarning moddiy ahvoliga ham huquqiy baho berdi. Elektron axborot tizimi orqali olingan ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, uning bir nechta transport vositalari mavjudligi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug\u2018ullanishi, doimiy ish haqi olishi, turmush o\u2018rtog\u2018ining ham rasmiy daromadga ega ekani aniqlandi. Bu holatlar uning jarimani to\u2018lash imkoniyati yo\u2018qligi haqidagi vajlarini tasdiqlamadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">MJtKning 31 va 33-moddalari sudga jazoni yengillashtirish huquqini bersa-da, bunday qaror faqat yetarli huquqiy asoslar va ishonchli dalillar mavjud bo\u2018lgandagina qabul qilinishi mumkin. Mazkur ishda esa bunday asoslar aniqlanmagani sababli sud Kadastr organining qarorini qonuniy va asosli deb topdi hamda shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bu ish yana bir bor shuni ko\u2018rsatadiki, sud uchun eng muhim mezon \u2014 ishonchli dalil va obyektiv ma\u2019lumotdir. Fuqaroning shaxsiy fikri yoki subyektiv e\u2019tirozlari huquqiy dalillar bilan tasdiqlanmagan taqdirda sud qarorini o\u2018zgartirish uchun asos bo\u2018la olmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Yer munosabatlari sohasida har qanday qurilish yoki yerdan foydalanish ishlarini faqat qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish, tegishli hujjatlarni to\u2018liq rasmiylashtirish kelgusida huquqiy nizolarning oldini oladi. Sud amaliyoti ham aynan qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va har bir ish bo\u2018yicha xolis, adolatli qaror qabul qilishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Baurjan SABUROV,<\/strong><br \/>\n<strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha To\u2018rtko\u2018l tuman sudining tergov sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sudga murojaat qilish huquqi har bir fuqaroga Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Biroq sudga qilingan har bir murojaatning qanoatlantirilishi uchun da\u2019vo yoki shikoyat ishonchli huquqiy dalillar bilan asoslantirilgan bo\u2018lishi lozim. Sud qaror qabul qilishda his-tuyg\u2018u yoki taxminlarga emas, balki qonun talablari va ishdagi obyektiv dalillarga tayanadi. &nbsp; Bu jihat ayniqsa yer munosabatlari bilan bog\u2018liq ma\u2019muriy huquqbuzarliklar bo\u2018yicha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8989,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10366","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10366","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10366"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10366\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10367,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10366\/revisions\/10367"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8989"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10366"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10366"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10366"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}