{"id":10353,"date":"2026-04-09T11:02:00","date_gmt":"2026-04-09T06:02:00","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10353"},"modified":"2026-07-09T11:03:40","modified_gmt":"2026-07-09T06:03:40","slug":"qonun-ustuvorligi-yer-munosabatlarida-adolat-mezoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10353","title":{"rendered":"QONUN USTUVORLIGI \u2013 YER MUNOSABATLARIDA ADOLAT MEZONI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda er resurslaridan samarali foydalanish, o\u2018zboshimchalik bilan er egallash va noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirildi. Bu borada O\u2018zbekiston Respublikasi Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g&#8217;risidagi kodeksining 60-moddasi er to\u2018g&#8217;risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma&#8217;muriy javobgarlikni belgilaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha To\u2018rtko\u2018l tuman sudi amaliyotida ko\u2018rilgan ishlardan biri mazkur normaning hayotda qanday qo\u2018llanilishini yaqqol namoyon qildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ish materiallariga ko\u2018ra, fuqaro Sh.B tegishli er ajratish hujjatlarisiz 1500 kvadrat metr er maydonini o\u2018zboshimchalik bilan egallab, unda 348 kvadrat metrli turar joy qurgan va undan foydalanib kelgan. Ushbu holat davlat er nazorati tadbirlari jarayonida aniqlanib, tegishli dalolatnomalar, fotoilovalar hamda boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan vakolatli organ tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g&#8217;risidagi kodeksning 60-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ma&#8217;muriy jarima qo\u2018llanilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Fuqaro ushbu qarordan norozi bo\u2018lib, sudga murojaat qildi. U o\u2018zining pensiyada ekanligi, oilasining og&#8217;ir ijtimoiy ahvoli, farzandlarining vaqtincha ishsizligi hamda kelini nogironligi sababli jarima miqdorini kamaytirish yoki qarorni bekor qilishni so\u2018radi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud muhokamasi davomida huquqbuzar o\u2018z harakatlarini inkor etmadi. Aksincha, qurilish uchun zarur huquqni belgilovchi hujjatlarga ega emasligini tan oldi. Shu bilan birga, sudga murojaat qilingan vaqtga qadar noqonuniy qurilgan ob\u2019ekt buzilmagani va er uchastkasining avvalgi holati tiklanmagani ham aniqlandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud ish materiallarini har tomonlama, to\u2018liq va xolisona tahlil qildi. Davlat er nazorati hujjatlari, huquqbuzarning tushuntirishlari hamda boshqa dalillar uning harakatlarida ma&#8217;muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjudligini to\u2018liq tasdiqladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Muhimi, sud qaror qabul qilishda Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g&#8217;risidagi kodeksning 31 va 33-moddalari talablarini ham inobatga oldi. Ushbu normalarga ko\u2018ra, ayrim hollarda javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar mavjud bo\u2018lsa, sud engilroq jazo tayinlashi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Biroq mazkur ishda huquqbuzar noqonuniy qurilishni bartaraf etmagan, erni qonun talablariga muvofiq holatga keltirmagan va huquqbuzarlik oqibatlarini tugatish bo\u2018yicha amaliy choralar ko\u2018rmagan. Shu bois faqatgina moddiy ahvolning og&#8217;irligi jazoni engillashtirish uchun etarli huquqiy asos bo\u2018la olmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud qonun ustuvorligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi va er munosabatlarida belgilangan tartibga qat\u2019iy rioya qilinishi tamoyillaridan kelib chiqqan holda vakolatli organ qarori qonuniy va asosli ekanligini e\u2019tirof etdi hamda shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur sud amaliyoti bir muhim haqiqatni anglatadi: ijtimoiy yoki moddiy ahvol, albatta, sud tomonidan e\u2019tiborga olinadi. Biroq huquqbuzarlik oqibatlari bartaraf etilmagan va qonun talablari bajarilmagan hollarda bu holatlar javobgarlikdan ozod qilish yoki jazoni bekor qilish uchun mustaqil huquqiy asos bo\u2018la olmaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qonunga hurmat, er munosabatlarida belgilangan tartibga rioya qilish va davlatning er siyosatiga mas\u2019uliyat bilan yondashish har bir fuqaroning burchidir. Ana shu tamoyillarga amal qilish orqali qonun ustuvorligi ta&#8217;minlanadi, jamiyatda huquqiy madaniyat yuksaladi va adolat qaror topadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Baurjan SABUROV,<\/strong><br \/>\n<strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha To\u2018rtko\u2018l tuman sudining tergov sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda er resurslaridan samarali foydalanish, o\u2018zboshimchalik bilan er egallash va noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirildi. Bu borada O\u2018zbekiston Respublikasi Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g&#8217;risidagi kodeksining 60-moddasi er to\u2018g&#8217;risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma&#8217;muriy javobgarlikni belgilaydi. &nbsp; Jinoyat ishlari bo\u2018yicha To\u2018rtko\u2018l tuman sudi amaliyotida ko\u2018rilgan ishlardan biri mazkur normaning hayotda qanday qo\u2018llanilishini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9389,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10353","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10353","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10353"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10353\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10354,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10353\/revisions\/10354"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9389"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10353"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10353"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10353"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}