{"id":10313,"date":"2026-06-26T11:17:57","date_gmt":"2026-06-26T06:17:57","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10313"},"modified":"2026-07-01T11:33:45","modified_gmt":"2026-07-01T06:33:45","slug":"ozbekiston-2030-qonun-ustuvorligi-taraqqiyot-kafolati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10313","title":{"rendered":"\u00abO\u2018ZBEKISTON \u2013 2030\u00bb: QONUN USTUVORLIGI \u2013 TARAQQIYOT KAFOLATI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Har qanday demokratik davlatning mustahkamligi uning iqtisodiy salohiyati yoki tabiiy resurslari bilan emas, eng avvalo, qonun ustuvorligi, odil sudlov va inson huquqlarining ishonchli himoya qilinishi bilan o\u2018lchanadi. Shu ma&#8217;noda, O\u2018zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy va huquqiy islohotlar mamlakat taraqqiyotining mutlaqo yangi modelini shakllantirmoqda. Bu modelning markazida esa inson qadri, adolat va qonunning mutlaq ustuvorligi turibdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prezident tomonidan ilgari surilgan \u00abO\u2018zbekiston \u2013 2030\u00bb strategiyasi ana shu ezgu g&#8217;oyalarning amaliy dasturi sifatida xizmat qilmoqda. Uning to\u2018rtinchi ustuvor yo\u2018nalishi \u2013 \u00abQonun ustuvorligini ta&#8217;minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish\u00bb \u2013 huquqiy davlat qurishning navbatdagi bosqichini belgilab berdi. Xususan, strategiyaning 84, 85, 86 va 88-maqsadlari faqat davlat organlari faoliyatini takomillashtirishga emas, balki jamiyatda adolat muhitini qaror toptirishga qaratilgan yaxlit huquqiy kontseptsiya hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Huquqiy davlatning eng muhim belgisi \u2013 insonning huquq va erkinliklari har qanday manfaatdan ustun qo\u2018yilishidir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquqlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlangani ushbu tamoyilning huquqiy asosini yaratdi. Endi davlat organlarining samaradorligi qabul qilingan qarorlar soni bilan emas, balki inson manfaatlari qay darajada ta&#8217;minlangani bilan baholanadi. Bu esa davlat boshqaruvida mutlaqo yangi huquqiy madaniyatni shakllantirmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Strategiyaning 84-maqsadi aynan shu tamoyilni hayotga to\u2018liq tatbiq etishga xizmat qiladi. Inson huquqlarini ta&#8217;minlash endi faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas, balki barcha davlat idoralari faoliyatining bosh mezoniga aylanmoqda. Davlatning har bir qarori, har bir ma&#8217;muriy tartib va har bir xizmat fuqaro manfaati nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Bu esa huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Adolatning qaror topishi esa mustaqil sud hokimiyatisiz mumkin emas. Bejizga sudni Konstitutsiya kafolatlarining amaliy himoyachisi deb atashmaydi. Sud qarorlari faqat muayyan nizoni hal qilmaydi, balki jamiyatda qonunga ishonchni mustahkamlaydi, davlatning adolat tamoyiliga sodiqligini namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan strategiyaning 85-maqsadi sud hokimiyatining institutsional mustaqilligini yanada kuchaytirish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugun sudlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarning keng joriy etilayotgani, elektron sud xizmatlarining rivojlanishi, sud qarorlarining ochiqligi ta&#8217;minlanayotgani, protsess ishtirokchilari uchun qulayliklar kengayib borayotgani odil sudlovning sifati va shaffofligini yanada oshirmoqda. Eng muhimi, bu islohotlar fuqarolarning sudga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlashga, huquq va erkinliklarning ishonchli himoyasini ta&#8217;minlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Huquqiy davlatning yana bir muhim xususiyati huquqbuzarlik sodir etilgandan keyin jazo tayinlash emas, balki uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishdir. Shu bois strategiyaning 86-maqsadi profilaktik yondashuvni davlat siyosatining muhim qismi sifatida belgilaydi. Bugun huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, xavf omillarini barvaqt bartaraf etish, raqamli tahlil tizimlaridan foydalanish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish orqali huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Bu yondashuv nafaqat jinoyatchilikning kamayishiga, balki aholining davlatga bo\u2018lgan ishonchini yanada mustahkamlashga ham xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qonun ustuvorligi faqat mukammal qonunlar yoki samarali sud tizimi bilan ta&#8217;minlanmaydi. Uning mustahkam poydevori aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongidir. Qonunni bilmagan jamiyatda huquqiy davlatni barpo etish mushkul. Shuning uchun strategiyaning 88-maqsadi huquqiy targ&#8217;ibotni yangi bosqichga olib chiqish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ayniqsa, yoshlarda qonunga hurmat va mas\u2019uliyat tuyg&#8217;usini shakllantirishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugun ommaviy axborot vositalari, sudlar matbuot xizmatlari, raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar huquqiy bilimlarni ommalashtirishning muhim vositasiga aylanmoqda. Sud amaliyotining ochiqligi, qonunchilikdagi yangiliklarning sodda va tushunarli tarzda aholiga etkazilishi fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, huquqiy madaniyat qanchalik yuksak bo\u2018lsa, qonun ustuvorligi shunchalik mustahkam bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u00abO\u2018zbekiston \u2013 2030\u00bb strategiyasida belgilangan mazkur maqsadlar bir-biri bilan chambarchas bog&#8217;liq. Inson huquqlarining kafolatli himoyasi, mustaqil va xolis sud hokimiyati, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuv hamda yuksak huquqiy madaniyat \u2013 bularning barchasi yagona maqsad, ya\u2019ni adolat ustuvor bo\u2018lgan huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shubhasiz, ushbu strategiyada belgilangan vazifalarning to\u2018liq va izchil amalga oshirilishi davlat boshqaruvining xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta&#8217;minlaydi, sud hokimiyatining nufuzini yanada mustahkamlaydi hamda Konstitutsiyada belgilangan inson qadri va adolat tamoyillarini hayotga to\u2018liq tatbiq etishga mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Bu esa Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyotining eng muhim mezoni, qonun ustuvorligining esa eng ishonchli kafolati bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Abilay ADILOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>jinoyat ishlari bo\u2018yicha Xo\u2018jayli tumani sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Har qanday demokratik davlatning mustahkamligi uning iqtisodiy salohiyati yoki tabiiy resurslari bilan emas, eng avvalo, qonun ustuvorligi, odil sudlov va inson huquqlarining ishonchli himoya qilinishi bilan o\u2018lchanadi. Shu ma&#8217;noda, O\u2018zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy va huquqiy islohotlar mamlakat taraqqiyotining mutlaqo yangi modelini shakllantirmoqda. Bu modelning markazida esa inson qadri, adolat va qonunning mutlaq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10315,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10313","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10313","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10313"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10313\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10316,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10313\/revisions\/10316"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10315"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10313"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10313"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10313"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}