{"id":10286,"date":"2026-06-17T11:36:01","date_gmt":"2026-06-17T06:36:01","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10286"},"modified":"2026-06-30T11:41:28","modified_gmt":"2026-06-30T06:41:28","slug":"yoshlar-kelajagiga-tahdid-giyohvandlik-va-uning-oqibatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10286","title":{"rendered":"YOSHLAR KELAJAGIGA TAHDID: GIYOHVANDLIK VA UNING OQIBATLARI"},"content":{"rendered":"<p>Giyohvandlik \u2014 bu nafaqat bir insonning sog&#8217;ligi va taqdiriga tahdid soluvchi illat, balki butun jamiyat barqarorligiga jiddiy xavf tug&#8217;diradigan og&#8217;ir ijtimoiy muammodir. U insonning ongini zaiflashtirib, irodasini sindiradi, uni ma&#8217;naviy tanazzul va jinoyat yo\u2018liga etaklaydi. Giyohvandlikka mubtalo bo\u2018lgan shaxs nafaqat o\u2018z hayotini izdan chiqaradi, balki uning oilasi, farzandlari va yaqinlari ham ruhiy va moddiy jihatdan og&#8217;ir zarba oladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu illat jamiyatda jinoyatchilikning ortishiga, oilalar parokandaligiga, yoshlar kelajagining izdan chiqishiga sabab bo\u2018ladi. Ayniqsa, yosh avlodning giyohvandlik domiga tushib qolishi millat kelajagi uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Shu bois, giyohvandlikka qarshi kurashish, uning oldini olish va aholi o\u2018rtasida huquqiy ongni oshirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Agar amaliyotga murojaat qiladigan bo\u2018lsak, Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Mo\u2018ynoq tuman sudida giyohvandlik vositalari bilan bog&#8217;liq jinoyat ishi ko\u2018rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan qonuniy hukm chiqarildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudda aniqlanishicha, fuqaro R.B 2025 yil 10 yanvar kuni giyohvandlik moddasi \u2014 gashishni qonunga xilof ravishda boshqa shaxsga o\u2018tkazish maqsadida saqlab, uni etkazib berishga uringan. Ushbu harakat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o\u2018tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fosh etilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tekshiruv jarayonida sudlanuvchining turli joylarga yashirib qo\u2018yilgan jami 4 bo\u2018lak gashish giyohvandlik moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiy tartibda olingan. Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko\u2018ra, ushbu moddalar tarkibida faol giyohvand modda \u2014 tetragidrokannabinol mavjud bo\u2018lib, umumiy sof og&#8217;irligi 1,3 grammni tashkil etgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud majlisida sudlanuvchi o\u2018z aybiga qisman iqror bo\u2018lib, giyohvandlik moddasini avval shaxsiy iste\u2019mol uchun sotib olganini, keyin esa tanishining taklifi bilan uni birgalikda iste\u2019mol qilish maqsadida olib chiqqanini bildirgan. Shu bilan birga, u qilmishidan pushaymonligini bayon etgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud tomonidan ish materiallari, guvohlar ko\u2018rsatuvlari va ekspertiza xulosalari har tomonlama tahlil qilinib, dastlabki tergov organi tomonidan berilgan huquqiy baho qayta ko\u2018rib chiqildi. Aniqlanishicha, giyohvandlik moddasi boshqa shaxsga amalda o\u2018tkazilmagani sababli, jinoyat oxiriga etkazilmagan deb topilib, harakatlar O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddalariga muvofiq qayta kvalifikatsiya qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud jazo tayinlashda sudlanuvchining aybiga iqrorligi, chin ko\u2018ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani, oilali ekani va ikki nafar farzandi borligini engillashtiruvchi holatlar sifatida inobatga oldi. Shu asosda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo\u2018llanilib, engilroq jazo tayinlandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud hukmiga ko\u2018ra, R.B Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o\u2018taydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, ish bo\u2018yicha ashyoviy dalillar qonuniy tartibda yo\u2018q qilinishi, protsessual chiqimlar esa aybdordan undirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur holat yana bir bor giyohvandlik vositalari bilan bog&#8217;liq har qanday noqonuniy harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo\u2018lishini ko\u2018rsatadi. Sudlar tomonidan bunday jinoyatlarga nisbatan qat\u2019iy va adolatli choralar qo\u2018llanilishi jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta&#8217;minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugungi kunda giyohvandlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylangan bo\u2018lib, mazkur jinoyat turiga nisbatan murosasiz va qat\u2019iy choralar ko\u2018rilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud idoralari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi keng ko\u2018lamli profilaktik va tezkor tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud amaliyoti shuni ko\u2018rsatmoqdaki, giyohvandlik bilan bog&#8217;liq har qanday huquqbuzarlikka nisbatan qonun doirasida qat\u2019iy javobgarlik muqarrar. Bu esa jamiyatda qonuniylikni ta&#8217;minlash, aholi, ayniqsa yoshlarni bunday illatdan asrashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Damir ZIYAMBETOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Mo\u2018ynoq tumani sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Giyohvandlik \u2014 bu nafaqat bir insonning sog&#8217;ligi va taqdiriga tahdid soluvchi illat, balki butun jamiyat barqarorligiga jiddiy xavf tug&#8217;diradigan og&#8217;ir ijtimoiy muammodir. U insonning ongini zaiflashtirib, irodasini sindiradi, uni ma&#8217;naviy tanazzul va jinoyat yo\u2018liga etaklaydi. Giyohvandlikka mubtalo bo\u2018lgan shaxs nafaqat o\u2018z hayotini izdan chiqaradi, balki uning oilasi, farzandlari va yaqinlari ham ruhiy va moddiy jihatdan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10287,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10286","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10286","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10286"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10286\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10288,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10286\/revisions\/10288"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10287"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10286"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10286"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10286"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}