{"id":10122,"date":"2026-04-07T15:56:31","date_gmt":"2026-04-07T10:56:31","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10122"},"modified":"2026-04-07T15:56:31","modified_gmt":"2026-04-07T10:56:31","slug":"shaxsni-gayriixtiyoriy-tartibda-psixiatriya-statsionariga-yotqizishning-huquqiy-asoslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10122","title":{"rendered":"SHAXSNI G&#8217;AYRIIXTIYORIY TARTIBDA PSIXIATRIYA STATSIONARIGA YOTQIZISHNING HUQUQIY ASOSLARI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish bilan bog&#8217;liq huquqiy munosabatlar tibbiy yordam ko\u2018rsatishning alohida turi hisoblanadi. Ushbu munosabatlar ixtiyoriy va majburiy davolanish jarayonlarida vujudga kelib, inson salomatligini muhofaza qilish va tiklashga qaratilgan bo\u2018ladi. Bunda ko\u2018rsatiladigan tibbiy xizmat yagona tibbiy standartlar va usullar asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga \u201cShaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada bo\u2018lish muddatini uzaytirish\u201d to\u2018g&#8217;risidagi 32-bobning kiritilishi fuqarolarning sud orqali himoya qilinishini yanada mustahkamladi. Chunki ayrim holatlarda shaxsning ruhiy holati atrofdagilar uchun xavf tug&#8217;dirishi mumkin bo\u2018lib, bu esa noxush oqibatlarning oldini olish maqsadida uni majburiy tartibda davolash zaruratini keltirib chiqaradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur toifadagi ishlar sud tartibida ko\u2018rib chiqilishi huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cPsixiatriya yordami to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonunining 30 va 31-moddalariga muvofiq, shaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish faqat quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:<\/p>\n<p>shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshirish yoki davolash mumkin bo\u2018lganda;<br \/>\nuning ruhiy holati og&#8217;ir bo\u2018lib, o\u2018ziga yoki atrofdagilarga bevosita xavf tug&#8217;dirganda;<br \/>\nshaxs o\u2018zining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsiz bo\u2018lganda;<br \/>\npsixiatriya yordami ko\u2018rsatilmasa, uning sog&#8217;lig&#8217;iga jiddiy zarar etkazilishi ehtimoli mavjud bo\u2018lganda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur holatlarda shaxsni statsionarga joylashtirish masalasi sud tomonidan hal qilinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda bo\u2018lish muddatini uzaytirish haqidagi ishlar sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko\u2018rib chiqiladi. Bu ishlar psixiatriya muassasasi joylashgan hududdagi sudga taalluqlidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Arizada qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar aniq ko\u2018rsatilishi lozim. Shuningdek, unga shifokor-psixiatrlar komissiyasining shaxsni statsionarga yotqizish yoki uning davolanish muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinishi shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud arizani qabul qilar ekan, ishni ko\u2018rib chiqish davrida shaxsning statsionarda bo\u2018lib turishi masalasini ham hal etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu ishlar, qoida tariqasida, o\u2018n kunlik muddatda ko\u2018rib chiqiladi. Sud majlisida shaxsning qonuniy vakili, shifokor-psixiatrlar komissiyasi vakili, prokuror hamda psixiatriya muassasasi vakili ishtirok etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cPsixiatriya yordami to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonunning 10-moddasiga muvofiq, shaxs psixiatriya yordami ko\u2018rsatilayotganda o\u2018z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakil taklif etish huquqiga ega. Vakillik qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ularning vasiylari, voyaga etmaganlarning huquqlarini esa ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari himoya qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ish sudda ko\u2018rib chiqilgandan so\u2018ng hal qiluv qarori qabul qilinadi. Sudning arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori shaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning u erda bo\u2018lish muddatini uzaytirish uchun huquqiy asos hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>G&#8217;ayriixtiyoriy tartibda statsionarga yotqizilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan barcha huquqlardan foydalanadi. Jumladan, ularning huquqlari tibbiyot sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham himoya qilinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cPsixiatriya yordami to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonunning 39-moddasiga muvofiq, shaxs psixiatriya statsionaridan uning sog&#8217;aygani yoki ruhiy holati yaxshilanib, statsionar sharoitida davolanish zarurati qolmagan taqdirda, shuningdek tekshiruv yoki ekspertiza yakunlangan hollarda chiqariladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, shaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish tartibi inson huquqlari va jamiyat xavfsizligi o\u2018rtasidagi muvozanatni ta&#8217;minlashga qaratilgan muhim huquqiy mexanizm hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Saodat KAIPNAZAROVA,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Shaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish bilan bog&#8217;liq huquqiy munosabatlar tibbiy yordam ko\u2018rsatishning alohida turi hisoblanadi. Ushbu munosabatlar ixtiyoriy va majburiy davolanish jarayonlarida vujudga kelib, inson salomatligini muhofaza qilish va tiklashga qaratilgan bo\u2018ladi. Bunda ko\u2018rsatiladigan tibbiy xizmat yagona tibbiy standartlar va usullar asosida amalga oshiriladi. &nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga \u201cShaxsni g&#8217;ayriixtiyoriy tartibda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10044,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10122","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10122","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10122"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10122\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10123,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10122\/revisions\/10123"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10044"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10122"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10122"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10122"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}