{"id":10097,"date":"2026-04-06T18:24:40","date_gmt":"2026-04-06T13:24:40","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10097"},"modified":"2026-04-06T18:24:40","modified_gmt":"2026-04-06T13:24:40","slug":"kimga-qanday-imkoniyat-mehnatda-tenglik-masalasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10097","title":{"rendered":"KIMGA QANDAY IMKONIYAT? MEHNATDA TENGLIK MASALASI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so\u02bbng amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli huquqiy islohotlar natijasida jamiyatda bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi huquqiy tafakkur shakllanmoqda. Bu o\u02bbzgarishlar qonunchilik tizimida ham o\u02bbz ifodasini topib, ayniqsa mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasida zamonaviy tamoyillar qaror topmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi hamda mehnatga oid boshqa qonun hujjatlarining takomillashtirilishi natijasida ushbu sohada inson huquq va manfaatlarini ustuvor qo\u02bbyuvchi yangi huquqiy yondashuvlar shakllandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnat huquqi huquq tizimida muhim o\u02bbrin egallaydi. U mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni, xususan yollanma mehnatdan foydalanish va uni tashkil etish jarayonini huquqiy jihatdan tartibga soladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga muvofiq, har bir inson munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsiz va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda ishlash, kamsitishlarsiz adolatli ish haqi olish hamda ishsizlikdan qonun asosida himoyalanish huquqiga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnatga haq to\u02bblashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta\u02bcminlash maqsadida belgilanadi. Shu bilan birga, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularni ishdan bo\u02bbshatish yoki ish haqini kamaytirish qonunan taqiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnat kodeksining 4-moddasiga ko\u02bbra, har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega. Mehnat va bandlik sohasida har qanday kamsitish qat\u02bciyan man etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, mansab mavqei, yashash joyi, dinga munosabati, e\u02bctiqodi yoki boshqa shaxsiy belgilarga qarab to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri yoki bilvosita cheklovlar o\u02bbrnatish yoki imtiyozlar berish kamsitish deb baholanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Biroq ayrim hollarda, mehnatning xususiyati yoki ayrim toifadagi shaxslarning ijtimoiy himoyaga muhtojligi hisobga olinib, qonun doirasida belgilangan farqlar kamsitish hisoblanmaydi. Masalan, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo\u02bblgan shaxslar, homilador ayollar yoki oilaviy vazifalarni bajarayotgan shaxslarga nisbatan qo\u02bbshimcha kafolatlar berilishi shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u02bbzini mehnat sohasida kamsitilgan deb hisoblagan shaxs belgilangan tartibda shikoyat qilish, jumladan sudga murojaat etish, yetkazilgan moddiy va ma\u02bcnaviy zararni qoplatish huquqiga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnat huquqi subyekti bo\u02bblish uchun shaxs muayyan yoshga yetgan va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo\u02bblishi lozim. Amaldagi qonunchilikka ko\u02bbra, mehnat huquqiy subyektlilik odatda 16 yoshdan boshlanadi. Ayrim ishlar uchun esa shaxsning 18 yoshga to\u02bblgan bo\u02bblishi talab etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mehnat qilish huquqi insonning asosiy huquqlaridan biri bo\u02bblib, uning himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi. Xususan, sud orqali huquqlarni himoya qilish imkoniyati muhim ahamiyatga ega. Sud qarori asosida ishga tiklangan xodimning buzilgan huquqlari to\u02bbliq tiklanadi va majburan ishlamagan davri uchun haq to\u02bblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Fuqarolarning mehnat qilish huquqini buzgan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq intizomiy, ma\u02bcmuriy, moddiy, ayrim hollarda esa jinoiy javobgarlikka tortiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cAholini ish bilan ta\u02bcminlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunga muvofiq, fuqarolarning ishsizlikdan himoyalanish huquqi kafolatlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Umuman olganda, mehnatga oid qonun hujjatlari xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvozanatli ta\u02bcminlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish hamda aholining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Saodat KAIPNAZAROVA,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi sudining sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so\u02bbng amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli huquqiy islohotlar natijasida jamiyatda bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi huquqiy tafakkur shakllanmoqda. Bu o\u02bbzgarishlar qonunchilik tizimida ham o\u02bbz ifodasini topib, ayniqsa mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasida zamonaviy tamoyillar qaror topmoqda. &nbsp; Jumladan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi hamda mehnatga oid boshqa qonun hujjatlarining takomillashtirilishi natijasida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10098,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10097","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10097","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10097"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10097\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10099,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10097\/revisions\/10099"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10098"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10097"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10097"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10097"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}