{"id":10043,"date":"2026-03-03T14:41:31","date_gmt":"2026-03-03T09:41:31","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=10043"},"modified":"2026-03-30T14:42:52","modified_gmt":"2026-03-30T09:42:52","slug":"giyohvandlik-jamiyatga-tahdid-qonun-muqarrar-jazoni-taminlaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/10043","title":{"rendered":"GIYOHVANDLIK \u2014 JAMIYATGA TAHDID: QONUN MUQARRAR JAZONI TA\u2019MINLAYDI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi jamiyat xavfsizligi, aholi salomatligi hamda yoshlar tarbiyasiga jiddiy tahdid soluvchi o\u2018ta og&#8217;ir jinoyatlardan hisoblanadi. Bunday qilmishlar nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyat barqarorligiga salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik bilan bog&#8217;liq jinoyatlar uchun qat\u2019iy javobgarlik belgilangan bo\u2018lib, xususan, Kodeksning 270\u2013276-moddalarida taqiqlangan ekinlarni etishtirishdan tortib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash, saqlash, tashish, o\u2018tkazish hamda ularni iste\u2019mol qilishga jalb etish kabi barcha noqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud amaliyotida mazkur toifadagi ishlar qonuniylik, adolat va jazoning muqarrarligi printsiplari asosida ko\u2018rib chiqilib, jamiyat manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa sifatida ta&#8217;minlanmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019ati taftish instantsiyasi tomonidan ochiq sud majlisida sudlangan I.S.ga nisbatan jinoyat ishi taftish tartibida ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ish materiallariga ko\u2018ra, I.S. 2024 yil 4 may kuni tezkor tadbir davomida shartli xaridorga giyohvandlik vositasi \u2014 opiyni pul evaziga sotish vaqtida jinoyat ustida ushlangan. Shuningdek, u o\u2018z yashash manzilida yana giyohvandlik vositalarini saqlaganligi aniqlanib, ularni ixtiyoriy ravishda taqdim etgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud-kimyoviy ekspertizalar xulosalariga ko\u2018ra, ushbu moddalar tarkibida morfin, kodein va tebain kabi faol giyohvand moddalar mavjudligi tasdiqlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Birinchi instantsiya sudi tomonidan I.S.ning harakatlari O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan to\u2018g&#8217;ri kvalifikatsiya qilinib, unga nisbatan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Apellyatsiya instantsiyasi tomonidan mazkur hukm o\u2018zgarishsiz qoldirilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng, sudlangan I.S. taftish tartibida shikoyat berib, o\u2018z aybini qisman inkor etgan holda jazoni engillashtirishni so\u2018ragan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Biroq sudlov hay\u2019ati ish materiallarini har tomonlama, to\u2018liq va xolisona o\u2018rganib chiqib, birinchi va apellyatsiya instantsiyalari qarorlari qonuniy va asosli ekanligiga ishonch hosil qildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan:<\/p>\n<p>aybdorning ko\u2018rsatmalari,<br \/>\ntezkor tadbir bayonnomalari,<br \/>\nashyoviy dalillar,<br \/>\nsud-kimyoviy ekspertiza xulosalari<br \/>\nkabi dalillar yig&#8217;indisi uning aybini to\u2018liq tasdiqlagan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud, shuningdek, jazo tayinlashda aybdorning shaxsi, oilaviy ahvoli va pushaymonligi kabi engillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda, unga nisbatan adolatli jazo tayinlanganini qayd etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu asosda taftish instantsiyasi tomonidan sud qarorlarini o\u2018zgartirish yoki bekor qilish uchun huquqiy asoslar mavjud emasligi aniqlandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud tomonidan mazkur ish yuzasidan qabul qilingan qaror qonun ustuvorligi, adolat va jazoning muqarrarligi printsiplarining amaliy ifodasidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Giyohvandlik vositalari bilan bog&#8217;liq jinoyatlar jamiyat uchun o\u2018ta xavfli ekanligi sababli, bunday qilmishlarga nisbatan murosasiz kurash olib borish davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Har bir shaxs shuni anglashi lozimki, giyohvandlik bilan bog&#8217;liq noqonuniy harakatlar og&#8217;ir huquqiy oqibatlarga olib keladi va qonun oldida javobgarlik muqarrardir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudlar esa bunday jinoyatlarga nisbatan qat\u2019iy va adolatli qarorlar qabul qilish orqali jamiyatda qonun ustuvorligini ta&#8217;minlashda muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Xamra BERDIKLIChEV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi jamiyat xavfsizligi, aholi salomatligi hamda yoshlar tarbiyasiga jiddiy tahdid soluvchi o\u2018ta og&#8217;ir jinoyatlardan hisoblanadi. Bunday qilmishlar nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyat barqarorligiga salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi. &nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik bilan bog&#8217;liq jinoyatlar uchun qat\u2019iy javobgarlik belgilangan bo\u2018lib, xususan, Kodeksning 270\u2013276-moddalarida taqiqlangan ekinlarni etishtirishdan tortib, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10044,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-10043","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10043","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10043"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10043\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10045,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10043\/revisions\/10045"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10044"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10043"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10043"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10043"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}