{"id":7800,"date":"2024-10-02T16:47:02","date_gmt":"2024-10-02T11:47:02","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=7800"},"modified":"2024-10-14T16:49:49","modified_gmt":"2024-10-14T11:49:49","slug":"talabdan-boshqa-shaxs-foydasiga-voz-kechish-asoslari-va-tartibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/archives\/7800","title":{"rendered":"TALABDAN BOSHQA SHAXS FOYDASIGA VOZ KECHISH ASOSLARI VA\u00a0 TARTIBI"},"content":{"rendered":"<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><strong>Majburiyat asosida kreditorga tegishli bo\u2018lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo\u2018yicha boshqa shaxsga o\u2018tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) mumkin. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitim hisoblanadi, ushbu majburiyatda shaxs (kreditor) so\u2018zsiz almashadi.<\/strong><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasiga asosan dastlabki kreditor asosiy majburiyat bo\u2018yicha talab qilish huquqini topshirish, yangi kreditor esa bu huquqlarni qabul qilish majburiyatini oladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi, agarda qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Kreditorning o\u2018z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonun hujjatlariga yoki shartnomaga zid bo\u2018lmasa, yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganda dastlabki kreditor asosiy majburiyat bo\u2018yicha shaxs almashtirilishi munosabati bilan majburiyatdan chiqadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Kreditorning majburiyat bo\u2018yicha huquqlari belgilangan tartibda nafaqat talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish asosida, balki qonunda nazarda tutilgan hollarda ham boshqa shaxslarga o\u2018tishiga ruxsat beriladi.<\/div>\n<div>Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo\u2018lmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq o\u2018tish paytida mavjud bo\u2018lgan hajmda va shartlar asosida o\u2018tadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Yangi kreditorga, xususan, pul majburiyatining bajarilishini ta&#8217;minlaydigan huquqlar, shuningdek talab bilan bog&#8217;liq boshqa huquqlar, shu jumladan to\u2018lanmagan foizlarga bo\u2018lgan huquq ham o\u2018tadi. Vaholanki, pul majburiyatida kreditor o\u2018zgargan har qanday holda ham dastlabki kreditordan yangi kreditorga barcha huquq va majburiyatlar o\u2018tadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida qanday talablar qaysi majburiyatlarga asosan o\u2018tayotganligi aniq ko\u2018rsatilgan bo\u2018lishi lozim.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018tkazilayotgan talablar hajmini belgilashda u qanday majburiyatdan kelib chiqqanligi ko\u2018rsatilib, har qanday shartnomaning muhim sharti hisoblangan shartnoma predmeti ham bitim ishtirokchilari tomonidan belgilanadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining predmeti uning muhim shartlaridan biri hisoblanib, taraflar (dastlabki va yangi kreditor) shartnomada o\u2018tkaziladigan huquq predmetini aniq, ravshan tarzda asosiy majburiyatga bog&#8217;lagan holda ko\u2018rsatishlari shart.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida voz kechilayotgan huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat aniq ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi tuzilmagan deb hisoblanadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga o\u2018tkazilgan talabning haqiqiy emasligi uchun javob beradi, biroq qarzdor tomonidan bu talabning bajarilmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun o\u2018z zimmasiga kafolatni olgan hollar bundan mustasno.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining xususiyati shundaki, bunda qonun yoki asosiy shartnomada to\u2018g&#8217;ridan-to\u2018g&#8217;ri boshqacha tartib nazarda tutilgan bo\u2018lmasa, majburiyatdagi boshqa tarafnint (qarzdorning) roziligi talab qilinmaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Ammo, talab qilish huquqi o\u2018tgan yangi kreditor qarzdorni bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi shart. Aks holda u bunday xabar bermaslik tufayli kelib chiqqan o\u2018zi uchun noqulay oqibatlar xavfini o\u2018z zimmasiga oladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorga ham ma&#8217;lum majburiyatlar yuklatiladi. U yangi kreditorga talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli bo\u2018lgan ma&#8217;lumotlarni bildirishi kerak. Qarzdor talablar yangi kreditorga o\u2018tganligini isbotlovchi hujjatlar o\u2018ziga taqdim etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bunda, qarzdor majburiyat bo\u2018yicha huquqlar yangi kreditorga o\u2018tganligi haqida ogohlantirish olgan paytida dastlabki kreditorga qarshi e\u2019tirozlarini yangi kreditorning talabiga qarshi qo\u2018yishga haqli ekanligi inobatga olinishi lozim.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o\u2018tganligi haqida qarzdorning xabardor qilinmaganligi yoki o\u2018z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni unga bermaganligi uning huquqlarini boshqa shaxsga haqiqatan o\u2018tkazilganligiga ta&#8217;sir qilmaydi va o\u2018z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini tuzilmaganligiga (haqiqiy emasligiga) olib kelmaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Dastlabki kreditordan yangi kreditorga huquqlarning o\u2018tkazilishi qarzdorni bitim tuzilganligi to\u2018g&#8217;risida xabardor qilish payti bilan bog&#8217;liq emas. Qarzdorni xabardor qilish huquqlar boshqa shaxsga o\u2018tkazilganligiga binoan amalga oshirilib, bu majburiyat bo\u2018yicha talab qilish huquqini o\u2018tkazishning zarur sharti sifatida qaralmaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan voz kechish ham xuddi boshqa bitimlar kabi muayyan shaklda bajariladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Xususan, oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimdan kelib chiqadigan talabdan voz kechilishida, xuddi o\u2018sha oddiy yozma shaklga amal qilinadi. Agar talabdan voz kechish ob\u2019ekti notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo\u2018lsa, talabdan voz kechish ham notarial asosda amalga oshirilishi shart.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazilgan bitim bo\u2018yicha talabdan voz kechilganda, voz kechish ham ana shunday bitimlarni ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish uchun o\u2018rnatilgan tartibda ro\u2018yxatga olinishi shart. Masalan, agar ipotekaga oluvchi o\u2018zining shartnoma asosidagi talab qilish huquqini bitim asosida boshqa shaxsga o\u2018tkazib berayotgan bo\u2018lsa, ushbu bitimni ham ipoteka bitimlarini davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazish tartibida ro\u2018yxatga qo\u2018yilishi shart.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini tuzish vaqtida asosiy bitimni davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazish shartligini nazarda tutuvchi qonun hujjatlarining talablari o\u2018zgargan va bunday toifadagi bitimlarni ro\u2018yxatga olish shartligi bekor qilingan hollarda talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini ro\u2018yxatga olish talab qilinmaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga qonun hujjatlari bilan cheklanganlik mavjudligini nazarda tutish lozim.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog&#8217;langan huquqlarning, xususan alimentlar to\u2018g&#8217;risidagi va hayotga yoki sog&#8217;liqqa etkazilgan zararni to\u2018lash to\u2018g&#8217;risidagi talablarning boshqa shaxsga o\u2018tishiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shuningdek, doimiy renta shartnomasi bo\u2018yicha renta oluvchining huquqlari faqat fuqarolar va notijorat tashkilotlariga o\u2018tkazilishi mumkin (FKning 518-moddasi);<\/div>\n<div><\/div>\n<div>&#8211; prokat shartnomasi bo\u2018yicha ijiraga oluvchi o\u2018zining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o\u2018tkazishiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi (FKning 563-moddasi ikkinchi qismi);<\/div>\n<div><\/div>\n<div>&#8211; korxonani ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shug&#8217;ullanishi uchun maxsus ruxsatnoma asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas;<\/div>\n<div><\/div>\n<div>&#8211; kafolat bo\u2018yicha benefitsiarga tegishli bo\u2018lgan kafilga talab qo\u2018yish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo\u2018lmasa, boshqa shaxsga o\u2018tkazilishi mumkin emas va boshqalar.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ta&#8217;qiqlash va har qanday cheklashlar yohud talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishning qo\u2018shimcha shartlari taraflarning kelishuvlariga binoan shartnomada nazarda tutilishi mumkin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shu bilan birga, shartnomada bunday ta&#8217;qiq yohud cheklashlar mavjud bo\u2018lsada, lekin qonun talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo\u2018l qo\u2018yadigan ba&#8217;zi bir alohida holatlarga mavjud.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Masalan, Fuqarolik Kodeksining 753-moddasiga muvofiq, mijoz bilan uning qarzdori o\u2018rtasida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ta&#8217;qiqlash yoki cheklash haqida kelishuv bo\u2018lgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><strong>Gawhar ZARIPOVA,<\/strong><\/div>\n<div><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining sudyasi\u00a0<\/strong><\/div>\n<div><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Majburiyat asosida kreditorga tegishli bo\u2018lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo\u2018yicha boshqa shaxsga o\u2018tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) mumkin. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitim hisoblanadi, ushbu majburiyatda shaxs (kreditor) so\u2018zsiz almashadi. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasiga asosan dastlabki kreditor asosiy majburiyat bo\u2018yicha talab qilish huquqini topshirish, yangi kreditor esa [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7801,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-7800","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7800","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7800"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7800\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7802,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7800\/revisions\/7802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7801"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7800"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7800"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/qql\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7800"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}